O„zbekiston respublikasi qurilish vazirligi samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti


 Investitsiya dasturini shakllantirish tartibi



Download 2,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/103
Sana30.05.2023
Hajmi2,31 Mb.
#946288
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   103
Bog'liq
13f802c374a4712168e6b21f02190ca4 tarmoq iqtisodiyoti (3)

3.4. Investitsiya dasturini shakllantirish tartibi 
Investitsiya dasturi respublika iqtisodiyotini barqaror va tadrijiy 
rivojlantirishga erishishga, tabiiy, mineral-xom ashyo, moliyaviy, moddiy va mehnat 
resurslaridan oqilona foydalanish yo‗li bilan respublika ayrim tarmoqlari va 
mintaqalarini tarkibiy o‗zgartirishning asosiy ustuvorliklarini va strategik vazifalarini 
amalga oshirishga yo‗naltirilgan bir-biri bilan o‗zaro bog‗langan chora-tadbirlar 
kompleksi hisoblanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 12 sentyabrdagi 395-son qaroriga ko‗ra 
«O‗zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirish tartibi to‗g‗risida 
NIZOM» qabul qilindi va unda investitsiya dasturini shakllantirishning umumiy 
qoidalari, moliyalashtirish va amalga oshirish monitoringi yoritib berilgan. 
Investitsiya 
dasturi 
respublikani 
ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirish 
prognozlarining tarkibiy qismi hisoblanadi va davlat investitsiya siyosatining ustuvor 
yo‗nalishlarini aks ettiradi.
Shu bilan birga loyiha-qidiruv ishlaridan boshlab mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirishning umumdavlat dasturlari bajarilishini ta‘minlash uchun ob‘yektni 
foydalanishga topshirishgacha bosqichlarni hisobga olgan holda, investitsiya 
loyihalarini amalga oshirish muddatlarini va moliyalashtirish manbalarini hisobga 
olib, har yili Dasturning asosiy ko‗rsatkichlari aniqlashtirilgan va aniq ro‗yxati 
yangilangan holda uch yillik davrga shakllantiriladi.
Dasturni shakllantirishning asosiy prinsiplpriga quyidagilar kiradi: 
-
investitsiya jarayonlarini boshqarish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, 
shu jumladan zarur hajmlarda, maqbul shartlarda xorijiy investitsiyalarni va 
kreditlarni jalb etish, shuningdek loyihalarni tanlab olishning amaliy 
mexanizmini shakllantirish va ularning amalga oshirilishi monitoringini olib 
borish asosida ulardan samarali foydalanish mexanizmini yaratish;
-
belgilangan davlat ustuvorliklari asosida eng muhim tarmoqlarni, ishlab 
chiqarishlarni va faoliyat sohalarini qo‗llab-quvvatlash;
-
ijtimoiy ahamiyatga ega bo‗lgan tarmoqlarni (ta‘lim, sog‗liqni saqlash, uy-joy-
kommunal xo‗jaligi) aholi turmush darajasi va sifatini oshirishni, iste‘mol 
talabini 
faollashtirishni 
ta‘minlovchi 
hajmlarda 
birinchi 
navbatda 
investitsiyalash;
-
mineral-xom ashyo resurslarini va qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini chuqur 
qayta ishlashni, tayyor mahsulotni tashqi bozorda raqobatbardoshli darajaga 
etkazishni 
ta‘minlashga 
yo‗naltirilgan 
ishlab 
chiqarishlarni 
jadal 
rivojlantirishga qaratilgan investitsiya loyihalarini qo‗llab-quvvatlash; 
-
transport infratuzilmasini rivojlantirish va takomillashtirish, shu jumladan 
trankontinental transport yo‗laklariga integratsiyalash, logistika komplekslarini 
shakllantirish;
-
tarkibiy o‗zgartirishlar vazifalari va amalga oshirilayotgan investitsiya 
siyosatiga muvofiq mablag‗ qo‗yishning o‗zaro manfaatliligi asosida xorijiy 
sarmoyalarni jalb qilish, tomonlarning investitsiya majburiyatlari asosida 
shartnomalar tuzish amaliyotini joriy etish; 


~ 43 ~ 
-
investitsiya loyihalarini Dasturning aniq ro‗yxatiga oldindan belgilangan 
mezonlar asosida kiritish;
-
ilgari 
boshlangan 
ob‘yektlarni 
tugallash 
uchun 
markazlashtirilgan 
investitsiyalarni birinchi navbatda ajratish.
Loyihalarni tanlab olishda ularning samaradorligi, respublika iqtisodiyoti ayrim 
tarmoqlarini va mintaqalarini rivojlantirish ustuvorliklari, mahsulot sotish 
ko‗rsatkichlari, shu jumladan eksportga yo‗natirilganlik, butlovchi buyumlar va 
komponentlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishda qatnashish va shu kabilar asosiy 
mezonlar hisoblanadi.
Dasturda loyihaning baholash qiymati, tugallanmagan qurilish va qurilishni 
tugallash hamda foydalanishga topshirish uchun yillar bo‗yicha joriy narxlarda 
moliyalashtirishga ehtiyoj, moliyalashtirishning tasdiqlangan manbalari to‗g‗risidagi 
ma‘lumotlar ko‗rsatiladi.
Dasturni ishlab chiqishda yirik va o‗ta muhim loyihalar alohida, katta 
bo‗lmagan bir tipdagi loyihalar yaxlit kiritilishi mumkin (masalan: maktablar, qishloq 
vrachlik punktlari qurilishi va boshqalar). 
Dastur yig‗ma jadvallari bilan tahliliy qismdan, aniq dasturdan va ustuvor 
investitsiya takliflarining yig‗ma ro‗yxatidan iborat bo‗ladi.
Dasturni ishlab chiqish va amalga oshirish bo‗yicha barcha ishlarni 
O‗zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi muvofiqlashtiradi.
Dastur O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan 
tasdiqlanadi. 
Investitsiya 
dasturining 
tahliliy 
qismi 
respublika 
iqtisodiyotini 
rivojlantirishning asosiy makroiqtisodiy ko‗rsatkichlari bilan o‗zaro bog‗langan 
holdagi kapital qo‗yilmalar hajmlari va moliyalashtirish manbalarini asoslashdan, 
Dastur samaradorligini baholash, loyihalarni tanlab olish mezonlaridan iborat bo‗ladi.
Tahliliy qism tarkibida investitsiyalarning takror ishlab chiqarish va texnologik 
tarkibini hisobga olgan holda umuman Dastur, iqtisodiyot sektorlari va tarmoqlari, 
moliyalashtirish manbalari va hududlar, amalga oshirish yillari bo‗yicha kapital 
qo‗yilmalar tarkibi belgilanadi. 
Dasturning yalpi ichki mahsulot o‗sishiga, iqtisodiyotning tarmoq va hududiy 
o‗zgarishiga, eksport va import tarkibiga, ishlab chiqarish quvvatlarini va ijtimoiy 
soha ob‘yektlarini ishga tushirish hajmlariga ta‘sirining prognozlashtirilayotgan 
natijalari hisob-kitob qilinadi.
Dasturning barcha hisob-kitoblari tadrijiy tarzda, respublikani uch yillik davrda 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozlari va investitsiya loyihalarining aniq dasturi 
asosida ishlab chiqiladi.

Download 2,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish