~ 40 ~
ajratilgan yer maydonlari qancha ko‗p bo‗lsa, qurilish uchun buyurtmalar ―portfeli‖
ham shunchalik to‗laroq bo‗ladi.
Endi esa investitsiya loyihalariga qaytamiz. Aytib o‗tilganlardan tashqari,
investitsiya loyihalari kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, bank va umumuan
moliya-kredit
tiziminining
faoliyatini
yaxshilash,
mavjud
injener
kommunikatsiyalarini
modernizatsiyalash,
ekologiyani
va
atrof-muhitni
sog‗lomlashtirish, biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ishlab chiqilishi
va kelgusida amalga oshirilishi mumkin.
Ayrim investitsiya loyihalari global xarakterga ega bo‗lib, alohida bir
mamlakat manfaatlari doirasidan tashqariga ham chiqishi mumkin. Xuso‗san, ―Orolni
saqlab qolish loyihasi‖ ham hozirgi kunda shunday loyihalardan biri bo‗lib, unda
O‗zbekiston, qozog‗iston va boshqa Markaziy Osiyo respublikalaridan tashqari
progressiv jamiyatlar va dunyodagi bir necha mamlakatlarning rasmiy institutlari ham
ishtiroq etmoqdalar.
Masalan, bugungi kunda O‗zbekistonda xorijiy kredit liniyalar bo‗yicha
ochilgan jami summasi 200 mln AQSH dollaridan ortiq bo‗lgan 185 dan ortiq
loyihalar ishlab turibdi.
Ko‗rinib turibdiki, investitsiya loyihalari turli miqyosda va turli maqsadlarda
ishlab chiqilishi mumkin. Korxonalar iqtisodiyotning asosiy bo‗g‗ini bo‗lganliklari
hamda avval aytib o‗tilganidek, milliy daromadning ―salmog‗ini‖ sezilarli darajada
belgilashlari tufayli, investitsiya loyihalarini aynan shu bo‗g‗in miqyosida ishlab
chiqish strategiyasi alohida e‘tiborga loyiqdir.
Bugungi kunda korxonalar miqyosidagi investitsiya loyihalari, odatda,
investitsiya tanloviga havola etish uchun ularning xususiylashtirish dasturiga mos
ravishda ishlab chiqilmoqda. Bunda masalan, qurilishi bilan bog‗liq bo‗lgan
investitsiya loyihasini tayyorlash va uni amalga oshirish quyidagi bosqichlarni o‗z
ichiga oladi:
investitsiya g‗oyasini shakllantirish;
investitsiya imkoniyatlarini o‗rganib chiqish;
loyihani texnik-iqtisodiy asoslash;
er maydoni ajratish, sotib olish yoki ijaraga olish;
kontrakt hujjatlarini tayyorlash;
loyiha hujjatlarini tayyorlash;
qurilish-montaj ishlarini, shu jumladan ishga tushirish va sozlash ishlarini
amalga oshirish;
ob‘yektdan foydalanish, iqtisodiy ko‗rsatkichlar monitoringi.
Tabiiyki, bir korxonaning investitsiya loyihasi mazmun jihatdan boshqa
korxonaning loyihasi bilan bir xil bo‗lmasligi mumkin. Har bir investitsiya loyihasi
ma‘lum bir maqsad va vazifalarga qaratilgan bo‗ladi va binobarin, ulaning
moliyalashtirish manbalari ham, pirovard natijalari ham turlicha bo‗ladi.
Ma‘lum bir maqsadga qaratilgan investitsiya loyihalari yoki takliflar
majmumasi
Do'stlaringiz bilan baham: