8-mavzu. Moddiy, mehnat haqi va ustama xarajatlari hisobi mavzu rejasi: Xarajatlar to‘g‘risida tushuncha



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/12
Sana30.05.2023
Hajmi0,71 Mb.
#946000
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
8-mavzu Moddiy, mehnat haqi va ustama xarajatlari hisobi



8-MAVZU. MODDIY, MEHNAT HAQI VA USTAMA XARAJATLARI 
HISOBI 
 
Mavzu rejasi: 
1. Xarajatlar to‘g‘risida tushuncha. 
2. Xarajatlarni hisobini tashkil qilishning xuquqiy-me’yoriy asoslari. 
3. Xarajatlarni guruhlanishi. 
4.Egri va to‘g‘ri xarajatlar tarkibi hamda ularning hisobi. 
5. Mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish usullari. 
6. Asosiy ishlab chiqarish xarajatlari va uni hisobdan chiqarish hisobi. 
7. Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari va ularni hisobni tashkil qilish. 
8. Umumishlab chiqarish xarajatlari va ularning taqsimlanishi hisobi. 
9. Xizmat ko‘rsatish xarajatlari va hisobi. 
10. Davr xarajatlari hisobi. 
 
Tayanch iboralar: xarajatlar, egri xarajatlar, to‘g‘ri xarajatlar, bilvosita va 
bevosita xarajatlar, tannarx, kalkulyatsiya. Aosiy ishlab chiqarish, yordamchi ishlab 
chiqarish, davr xarajatlari, tannarxni hisoblashning zamonaviy usullari.
1. Xarajatlar to‘g‘risida tushuncha. 
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida ishlab chiqarish samaradorligini 
oshirishda xarajatlar alohida o‘rin tutadi. Xarajatlar mahsulotlarni ishlab chiqarish
tovarlar sotish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan sarflarning 
puldagi ifodasidir. Xarajat - bu moddiy resurslarni sotib olishga qilingan sarflar bo‘lib‚ 
daromadlar va xarajatlar konsepsiyasiga ko‘ra‚ shu davrning o‘zida daromad keltirishi 
kerak.
 
Xarajatlarga milliy standartlarda quyidagicha ta’rif beriladi: «
Xarajatlar
-
 
aktivlarni qisqarishi yoki sarflanishi natijasida iqtisodiy resurslarni kamayishi, 
shuningdek daromadlarni olishga oid xo‘jalik sub’ektni odatiy faoliyati natijasida 
majburiyatlarni paydo bo‘lishidir»
1
Xarajatlarini hisobga olishning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi: 
- iqtisodiy natijalarini hisobga olgan holda boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun 
sub’ekt ma’muriyatini zarur ma’lumotlar bilan ta’minlash; 
- chetga chiqishlarni aniqlash maqsadida haqiqatda sarflangan xarajatlarni kuzatish 
va nazorat o‘rnatish, ularni me’yoriy va rejadagi hajmi bilan taqqoslash va kelgusidagi 
iqtisodiy strategiyasini shakllantirish; 
- ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarni baholash va moliyaviy natijalarni hisoblash 
uchun ishlab chiqarilgan mahsulotlarning tannarxini hisoblash; 
- sub’ektning tarkibiy bo‘linmalarining ishlab chiqarish faoliyatining iqtisodiy 
natijalarini aniqlash va baholash; 
- uzoq muddatli xususiyatga ega bo‘lgan ishlab chiqarish texnologiyalarining 
qoplanishi, bozorlarda sotilayotgan mahsulotlarning turlari bo‘yicha rentabellik darajasi, 
ularga qo‘yilgan kapitallarning samaradorligi va faoliyati bo‘yicha boshqaruv hisobi 
ma’lumotlarini bir tizimga keltirish.
 
Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari xarajat kalkulyatsiya moddalari bo‘yicha ishlab 
chiqarish turlari, xarajatlarning vujudga kelish joylari, mahsulot turlari bo‘yicha 
buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. Xarajatlarni hisobga olish hamda mahsulot tannarxini 
kalkulyatsiya qilishdan asosiy maqsad ishlab chiqarish va sotish bilan bog‘liq xarajatlarni 
1
1-сон БҲМС Ҳисоб сиёсати ва молиявий ҳисобот. 


o‘z vaqtida, to‘laligicha va haqqoniy aniqlash, shu bilan birga ayrim mahsulotlarning 
haqiqiy tannarxini hisoblash hamda korxona resurslari va pul mablag‘lari ishlatilishi 
ustidan nazoratni o‘rnatishdir.
Moliyaviy hisobning asosiy vazifasi foydalanuvchilarni korxona faoliyatining 
moliyaviy natijalari, uning moliyaviy holati, xususan, mulkiy holati hamda to‘lov 
qobiliyati haqidagi axborot bilan ta’minlashdir. Demak, bu jihatdan, xarajatlar hisobi 
oldida quyidagi vazifalar turadi: 
- korxona faoliyati bilan bog‘liq barcha xarajatlarni o‘z vaqtida to‘laligicha hisobga 
olish; 
- xarajatlar haqidagi ma’lumotlarni alohida hisob varaqalarida hamda hisobot 
shakllarida to‘g‘ri aks ettirish va soliqlarni hisoblash uchun yetarli darajadagi ishonchli 
ma’lumotlar bilan ta’minlash. 
Bu vazifalarni bajarish uchun xarajatlarni moliyaviy hisob tamoyillari, xususan, ikki 
yoqlama yozuv asosida hisobga olish yetarlidir. Boshqaruv hisobining eng asosiy 
xususiyati esa uning ma’lumotlari boshqaruv uchun foydaliligidir. Jumladan, boshqaruv 
hisobi xarajatlar haqida shunday batafsil ma’lumotlarni berishi kerakki, toki uning asosida 
eng to‘g‘ri boshqaruv qarorlari qabul qilishning imkoniyati paydo bo‘lsin. Bu sohadagi 
xalqaro tajribalardan kelib chiqqan holda xarajatlar hisobi haqidagi ma’lumotlarni korxona 
quyidagi holatda shakllantirishi kerak: 
- xarajatlarni ularni paydo bo‘lish joylari bo‘yicha hisobga olish; 
- xarajatlar hisobini javobgar xo‘jalik markazlari bo‘yicha tashkil qilish; 
- xarajatlarni ularni paydo qilgan ob’ektlari yoki ularni tashuvchilari, ya’ni alohida 
mahsulot turlari bo‘yicha jamlab berish. 
Bu vazifalar boshqaruv hisobining asosiy vazifasini bajarishga imkon beradi. 
Masalan, xarajatlarni ularning paydo bo‘lish joylari va javobgar xo‘jalik markazlari 
bo‘yicha hisobga olish eng muhim boshqaruv qarorlarini qabul qilishga imkon yaratadi. 
Demak, xarajatlarni hisobga olishning quyidagi vazifalarini ham sanab o‘tishimiz 
kerak ekan: 
- alohida ishlab chiqarish jarayonlari yoki bo‘linmalari bo‘yicha xarajatlar hisobini 
tashkil qilish va ular ustidan nazoratni ta’minlash; 
- alohida mahsulot turlari bo‘yicha asosiy ishlab chiqarish xarajatlari haqidagi 
ma’lumotni shakllantirib berish; 
- korxonaning ishlab chiqarishdan tashqari barcha boshqaruv xarajatlarining tahliliy 
ma’lumotlarini yig‘ib berish va ularning talqinini amalga oshirish. 

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish