Vaxobov h, mirzamahmudov o. T


-30 yillarida geografiya ta’limiga e’tibor yana pasaydi.  1924



Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/145
Sana27.05.2023
Hajmi2,49 Mb.
#944786
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   145
Bog'liq
УКУВ КУЛЛАНМА география методика (1)

25-30
yillarida geografiya ta’limiga e’tibor yana pasaydi. 
1924
yildan maktablar yangi dasturga o’tdi, bu dastur bo’yicha alohida 
fanlar o’tilmas, balki tabiiy va ijtimoiy fanlar asosi majmuasi o’tilar edi. 
192
7
-28
yildan boshlab geografiya yana alohida fan sifatida o’qitila 
boshlandi. 
1934-
yil 
15
mayda geografiya fanini o’qitish bo’yicha davlat 
qarori chiqdi. Unda geografiya o’qitishni sifatini o’ta pastligi qattiq tanqid 
qilindi. Mazkur qarorga muvofiq geografiya fani uch bo’g’inga bo’lib 
o’qitila boshlandi: boshlang’ich 3
-
sinfda o’z turar joyining tabiiy geogra-
fiyasi, 4-sinfda tabiat zonalari, 5- sinfda umumiy tabiiy geografiya, 6-sinfda 
qit’alar tabiiy geografiyasi, 7-sinfda mamlakat iiqtisodiy geografiyasi,
soatlar miqdori ko’paytirildi. ‚Geografiya v shkole‛ jurnali nashr qilina 
boshlandi. 
1958-
yil dekabrda davlat tomonidan maktab haqida qaror 
qabul qilindi. Unda o’z o’lkasi geografiyasini o’rganishga katta e’tibor 
berildi. Ilmiy tekshirish institutlari tashkil qilindi,ularda geografiya meto-
dikasi laboratoriyalari tashkil qilindi. 
Geografiya o’qitish metodikasi bo’yicha qator darsliklar A.V.Darin-
skiy, I.S.Matrusov, L.M.Pancheshnikova va boshqalar tomonidan nashr 
qilindi.
2.4 Xorijda gegrafiya ta’limi.
Keyingi o’n yilliklarda geografiya o’qituvchilarini tayyorlash va ularni 
malakasini oshirish tizimi ancha yuqori pog’onaga ko’tarildi. Hozirgi 
kunda geografiya ta’limi jahonning ko’pgina mamlakatlarida uchta 
yo’nalishda olib borilmoqda.
1. Barcha o’quvchilar uchun yagona o’quv rejasi va dasturi asosida 
(SHarqiy Yevropa va sobiq ittifoq o’rnida vujudga kelgan davlatlarda).


2. Bir necha asosiy fanlar qatorida ayrim kurslarni fakultativ tarzda 
o’rganish (AQSH, Buyuk Britaniya, Kanada, Yevropaning ko’pchilik 
mamlakatlarida). 
3. Barcha o’quvchilar uchun o’rganish majburiy bo’lgan fanlar qatorida 
qo’shimcha fakultativ mashg’ulotlar (Filippin, Frantsiya, Yaponiya va 
ko’pchilik mamlakatlarda) o’tkazish. 
Birinchi guruhga kiruvchi mamlakatlarda geografiya ta’limi asosan
tabiiy va iqtisodiy geografiya kurslaridan tashkil topgan. Shahar va qishloq 
joylardagi barcha maktablarda yagona o’quv rejasi asosida o’tkaziladi. 
Ikkinchi guruh mamlakatlarida geografiya bilimlari maxsus fanlar 
tarzida emas, balki integratsiya (birikma) tarzida bo’lib, boshqa fanlar 
tarkibiga qo’shilib ketgan. Bunda geografiyani chuqur o’rganishni 
xoxlovchilar maxsus fakultativ mashg’ulotlar orqaligina o’z bilimlarini 
oshirish mumkin. Shu tufayli ham bu guruhdagi davlatlarda geografiya 
ta’limi bo’yicha yagona davlat rejasi yo’q, har bir o’qituvchi maktab 
sharoiti nuqtai nazaridan kelib chiqib, o’quv dasturini tuzishi mumkin. 
Masalan; AQSHda 1700 dan ortiq okrug mavjud bo’lib, ularning bar-
chasida o’ziga xos bo’lgan geografik ta’lim mavjud va bir-biriga 
o’xshamaydigan dasturlar bo’yicha ish yuritiladi. 
Uchinchi guruh mamlakatlarida geografiya majburiy o’rganiladigan 
fanlar qatoriga kirmaydi va uni fakultativ mashg’ulotlar orqali o’rganish 
asosiy o’rinni egallaydi. Umuman olganda Yevropa va Amerikaning
rivojlangan mamlakatlarida barcha o’quvchilar uchun majburiy bo’lgan 
fanlar qatorida, xilma-xil murakkablikdagi fakultativ kurslar turi keng 
tarqalgan. 
Jahon tajribasida 3 bosqichli ta’lim tizimi asosiy hisoblanadi, ya’ni: 
boshlang’ich maktab 1-4 sinf, o’rta bosqich 5-9 sinf, yuqori bosqich 10-12 
sinf. 
Har bir bosqichda geografiya ta’limi o’ziga xos maqsadga ega. 
Masalan, birinchi bosqich maktablarida geografiya ta’limining asosiy 
maqsadi atrof muxitni o’rganish. Ikkinchi bosqichda o’z mamlakatining 
hayotini o’rganish va zarur kasblar xaqida ma’lumotlar olish, ta’limiy 
ko’nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat. Uchinchi bosqichdagi 
maktablarda insoniyatning global muammolarini va jahon xo’jaligini 
o’rganishdan iborat. 


Jahon tajribasida geografiya o’qitishning ahvoli muhim emas. Shu 
tufayli uni o’quvchilarga o’rgatish bo’yicha ikki fikr (yo’nalish) tarafdor-
lari bor. 
Birinchi yo’nalish tarafdolarining fikri o’quv rejalarida geografiyani 
mustaqil fan sifatida muntazam o’qitishni amalga oshirish bo’lsa, ikkinchi 
yo’nalish tarafdorlari geografiyani boshqa o’quv fanlari bilan itegratsiya 
(birikma) tarzida qo’shib o’qitishni isbotlab berishga urinadilar. 
O’quv fanlarini biriktirish borasida AQSH jaxonda yetakchi bo’lib, 40-
50 yillardagi ta’lim isloxatida ko’pgina fanlar qatori geografiya majburiy 
o’rganiladigan fanlar qatoridan chiqarib tashlandi va tarix va jamiyat-
shunoslik bilan birlashtirildi. Geografiyani bunday o’qitish o’quvchilarga 
talay qiyinchiliklarni tug’diradi. Natijada geografiya ta’limining sifati juda 
pasayib o’quvchilar zarur ko’nikma va malakaga ega bo’lmay qoldilar. 
Masalan, Michigan universitetining Geografiya fakultetida o’qish uchun 
ariza bergan 400 o’quvchining yarmi geografiyani faqat boshlang’ich 
sinflarda o’qiganlari ma’lum bo’ldi. Shu tufayli ham hozirgi kunda 
AQSHda geografiyani mustaqil fan sifatida tiklash uchun kurash 
ketayapti. 
Jaxonning ko’pgina mamlakatlarida fanlarni o’rganish ixtiyoriy bo’lib 
o’quvchilar istak hohishlari ostida amalga oshiriladi. Bu guruhga kiruvchi 
mamlakatlar majburiy fanlar soni 7-8 tadan oshmaydi. Masalan, Finlandiya 
va Shvetsiyada fin va shved tili, iqtisodiy va sotsologiya, biologiya, ximiya, 
ingliz tili, din va sport majburiy fan hisoblanadi. 
Fin mamlakatlarida 9-yillik majburiy ta’limdan keyin sinfsiz 
gimnaziyalar keng tarqalgan. Bunday gimnaziyalarda o’quvchi yoki 
o’quvchilar guruhi o’ziga yillik o’quv rejasi tuzadi. Bunday gemnazilarda 
kurs raxbarlari va ma’muriyat tomonidan tasdiqlanadi. 
Gimnaziyada o’quv yili 6 davrga bo’linadi. Har bir davr 6 xaftadan 
iborat bo’lib, kurslar 32 soatdan tashkil topadi. Har bir kursda bittadan fan 
kuniga bir soatdan o’qiladi. Gimnazist kuniga 4-7 soat o’qiydi. Sport 
darslari mashg’ulotdan keyin o’tkaziladi. Har davr yakunida o’quvchilar 
bilimi baholanadi.Agar o’quvchi qoniqarsiz baho olsa, u shu kursni 
qaytadan tanlaydi. 
Deyarli ko’pchilik mamlakatlarda geografiya ta’limi tizimi davlatning 
ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy tizimi bilan bog’liq. 
Tabiiy va iqtisodiy geografiyani o’rganish asos qilib olingan sobiq 
SSRda va Sharqiy Yevropa mamlakatlarida tabiat va xo’jalikning 


rivojlanish qonuniyatlari, jamiyat va tabiat o’rtasidagi munosabatlar, atrof 
muxit muammolari geografiya ta’limining asosini tashkil qiladi.
Rivojlangan kapitalistik davlatlarda geografiya ta’limining mazmuni 
sifat jihatidan yuqori bo’lib, o’quvchilarda ma’lum ko’nikmalarni 
shakllantirishga qaratilgan. Bu davlatlarda geografiya ta’limi ko’proq 
muammolarni, turli nazariya va qonunlarni, kategoriyalarni o’rganishga 
bag’ishlangan 
bo’lib, 
o’quvchilarga 
o’zlashtirishda 
bir 
muncha 
qiyinchiliklar tug’diradi. 
Rivojlangan g’arb mamlakatlari geografiya ta’limida ta’limning ruhiy 
jabhalari asosiy o’rinni egalagan.O’quvchi ruhiyati, uni bilish faoliyatini 
o’rganishga katta e’tibor beriladi. Geografiya ta’limi tadqi qotlari 
psixologlar ishtirokisiz deyarli amalga oshirilmaydi. 
Geografiya ta’limida turli matnlar, o’yinlar, imitatsiya keng 
qo’llaniladi. Masalan, o’quvchi biror kompaniyani prezidenti sifatida
fikrlaydi, ish yuritadi, biror muammoni hal qiladi, o’zi xulosalar chiqaradi. 
Umuman bunday ta’limning asosiy maqsadi o’quvchilarni kelgusi 
hayotga, ya’ni ishbilarmonlikka tayyorlashdan iborat. 
Turli mamlakatlardagi geografiyadan o’quv darsliklari va qo’llanma-
larini tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, ularda bitta kursni o’qish uchun bir 
necha qo’llanma chiqariladi. Ko’pchilik hollarda ular qiziqarli ma’lu-
motlarga boy bo’lib, axborot xususiyatiga ega. Bunday qo’llanmalarda 
matn 20-30 % ni, tasvir 20 % ni, statistika 20 % ni, savol va topshiriqlar 20 
% ni tashkil etadi. Kitobdagi tasvirlar nihoyatda sifatli. Quyi sinflar 
qo’llanmalarida esa deyarli karta yo’q, ular o’rnini karta - sxemalar 
egallagan. Matnda raqamli sonlar deyarli uchramaydi, mavjudlari ham 
taqqoslash xarakteriga ega bo’lib, ular eng past, eng yuqori, eng kichik, eng 
baland, eng uzun kabi tarzlarda berilgan. 
Mavzu yoki bo’limdan keyin qo’yiladigan savollar va topshiriqlar 
mavzu mazmunini aks ettirmasligi ham mumkin. Qo’yiladigan savol-
larning aksariyati muammoli topshiriqlar, baxs savollari, amaliy o’yinlar 
tarzida berilgan. O’quvchilar uchun chiqarilgan geografiya darsliklarida 
kompyuterlar bilan ishlash uchun maxsus savollar, qizqarli topshiriqlar, 
matematik statistika usullari, turli o’yinlar, testlar tarzida geografik 
bilimlarni egallashga keng o’rin berilgan. O’quvchilar ularni mustaqil 
bajarishlari jarayonida tadqiqotchi rolini o’ynaydilar. Demak, geografiya 
darslarida kapitalistik mamlakatlar geografiya ta’limi metodikasida eng 
yetakchi o’rinni egallaydi. 


Angliya geografiya ta’limining kuchli tomonlari quyidagilardan iborat: 
- ta’limning nazariy tomonlarini kuchaytirish, ya’ni unda hozirgi 
zamon geografik tadqiqot metodlarini ko’proq o’rgatish; 
-gegrafiya ta’limi jarayonida psixologik-pedagogik tadqiqot metodla-
ridan unumli foydalanish, o’quvchilarni gipotezalar tuzishga o’rgatish; 
-darslarda turli mazmundagi eksperimentlar uyushtirish ya’ni 
tasavvur, tushuncha va turli xil qarashlarni shakllantirish metodlariga 
keng o’rin berilgan;
-o’tilayotgan maummoni muallif fikri asosida va unga qarshi asosda 
o’rganish;
-5–8 sinflarda geografiyadan haftada ikki soat vaqt ajratilgan. Bu 
sinflarda asosiy Yevropa va Yevropadan tashqari mamlakatlar geografiyasi 
o’rganiladi. Topografiya va kartografiya asoslari bo’yicha ham bilimlar 
beriladi. 
O’qituvchilar diqqatiga bir nechta variantdagi darsliklar tavsiya 
etiladi. ‚Mamlakatlar va xalqlar‛, ‚Er va inson‛, ‚Yangi geografiya‛, ‚Er 
bilimi‛ va hokazo. 
9 – 10 sinflarda geografiya mustaqil fan sifatida o’rganilmaydi desa 
ham bo’ladi. Ayrim ‚Erlardagina‛ qiziquvchi o’quvchilar bilan Yevropa va 
Germaniya geografiyasi chuqur o’rganiladi. Bu kurslarda mamlakatlar 
iqtisodi, siyosiy va davlat tuzimiga oid bilimlar yetakchi o’rinni egallaydi. 
Keyingi paytlarda geografiya, tarix, sotsialogiya, iqtisod bilimlari 
birgalikda birlashgan kurslar orqali o’qitishga e’tibor kuchaymoqda.
Gimnaziyada (11-13sinflar) ayrim joylardagina geografiya qisman mustaqil 
fan sifatida o’qitiladi. Ba’zi geografik bilimlar birlashgan kurslar tur-
kumidagi fanlarda xam beriladi. 
Yuqori sinflarda geografiya fanlarida mujassam muammolarni 
o’rganishga ko’proq e’tibor beriladi. Masalan, ‚Insoniyatning ko’payishi‛, 
‚Ocharchilik muammolari‛, ‚Transport muammosi‛, ‚Sanoat markaz-
larida inson xayoti‛, ‚Sanoat iqtisodi‛ va x.k. 
Frantsiya maktablarida geografiya ta’limi bir muncha yaxshi yo’lga 
qo’yilgan. Geografiya o’qitishning maqsadi va vazifalari juda aniq belgilab 
qo’yilgan. 
Frantsiya geografiya dasturi ikki bosqichli maktablarga mo’ljallangan. 
Shunisi qiziqki Frantsiyada sinflar teskari hisob bilan yuritiladi. 1- bosqich 
maktab 6,5,4,3 (o’quvchilar yoshi 11- 15 yoshgacha). Oliy ma’lumot olish 
faqat litseylarda amalga oshiriladi. 2-bosqich, 2,1 va bitiruvchi (15-17yosh) 


sinflardan iborat Geografiya ta’limi 6-sinfdan boshlanadi, bunda ‚umumiy 
geografiya va Afrika materigi‛ o’rganiladi. 5- snifda Amerika, Osiyo, 
Avstraliya, Antarktida, 4- sinfda Yevropa (Frantsiyadan tashqari), 3- sinfda 
Frantsiya geografiyasi o’qitiladi. Litseyda o’qishni davom ettirish 2,1 va 
bitiruvchi sinflarga to’g’ri keladi. 
2-sinf geografiya dasturida kollejda olgan (6-5-4-3) bilim va 
ko’nikmalar chuqurlashtiriladi. 
Litseyning birinchi sinfida Frantsiya geografiyasi bo’yicha o’quvchilar 
2- bosqich maktabida olgan bilimlari chuqurlashtiriladi. Bitiruvchi sinf-
larda to’rtta yirik davlat-AQSH, Rossiya, Xitoy, Yaponiya geografiyasi 
chuqur o’rganiladi. 
Frantsiya geografiya darsliklarining ustun tomoni shundaki, ular 
muammoli qilib yozilgan. Barcha muammolar ‚inson -tabiat‛ mazmunidan 
kelib chiqadi. 
Finlandiya maktablarida ham geografiya ta’limi o’ziga xos xususiyatga 
ega bo’lib, geografiya o’qitilishi rivojlangan kapitalistik mamlakatlarga 
qaranganda birmuncha yuqori pog’onada turadi. Ta’lim ikki bosqichdan 
iborat: 1- bosqich 9 yillik majburiy ummuta’lim xalq maktabi, 2- bosqich 
gimnaziyalardan iborat.
Birinchi bosqich maktabda geografiya ta’limi 3nchi -sinfdan 
boshlanadi va 9nchi - sinfda tugaydi, 3-4nchi sinfda o’z mamlakati va 
qo’shni shimoliy davlatlarni tabiati va xo’jaligiga oid muammolar beriladi. 
Gimnaziyaning birinchi yilida geografiya majburiy fan sifatida
o’rganiladi, boshqa sinflarda esa o’quvchilar xoxishiga ko’ra maxsus kurs 
sifatida o’rganish mumkin. Finlandiyada o’quv rejasi tez tez almashtirib 
turiladi. 
Vengiriya maktablarida geografiya ta’limi 7-yil davom qiladi. 4 yil 
asosiy (5-8 sinf) va 3 yil (9-10-11 sinf gimnaziyada) darslar haftada 2 soat. 
Geografiya ta’limi jarayonida 65% vaqt yangi mavzuni bayon qilishga 3% 
ekskursiyaga, 29% amaliy mashg’ulotlarga ajratiladi. Keyingi paytlarda 
Vengriya gimnaziyalarida geografiyaga ajratilgan soatlar kamayishi 
kuzatilmoqda. 
Osiyodagi ko’pchilik mamlakatlarda majburiy ta’lim 5 yildan 10 
yilgacha, o’rta maktabda o’qishni davom ettirish 4 yildan 8 yilgacha. 
Geografiya o’quv dasturlari ko’pchilik davlatlarda bir xil bo’lib, 
mamlakatning tabiiy va iqtisodiy geografiyasini o’rganishga bag’ishlanadi. 


Keyingi paytlarda rivojlanayotgan mamlakatlarda o’quv dasturlari 
geografiya darslari mamlakat xalq xo’jaligi ehtiyojini e’tiborga olgan holda 
tuzilmoqda va yaratilmoqda. 
Chet el davlatlarida geografiya ta’limida eng ko’p qo’llaniladigan 
usullar quyidagilar hisoblanadi. Evristik suhbat metodi. Bunda asosiy 
e’tibor o’quvchilarni ko’proq mustaqil bilim olishga, kichik tadqiqotlar 
qilishga o’rgatishdan iborat. Rasmlar, turli xil xujjatlar, vositalar asosida 
muammolar va savollar o’quvchilar diqqatiga havola etiladi. 
Bunday usul ko’proq AQSH, Buyuk Britaniya, Yangi Zillandiya, 
G’arbiy Yevropa davlatlarida keng tarqalgan. 
Tarqatma kartochkalar usulida turli chizmalar, jadvallar, kartalar 
turlicha xatoliklarga yo’l qo’yib tuziladi va tarqatiladi, o’quvchilar yo’l 
qo’yilgan o’sha xatolarni mustaqil topishlari talab qilinadi. Turli xil 
misollar va masalalar yechish ham o’quvchilarni darsga bo’lgan 
qiziqishlarini oshirish tufayli ulardan keng qo’llaniladi, o’quvchilarda 
ishbilarmonlik, uddaburonlik hislatlarini shakllantirish uchun ham 
ko’proq misol va masalalardan foydalaniladi. Tayyor maxsulotni qayerda 
sotish, transport xarajatlarini aniqlash, mehnat resurslaridan unumli 
foydalanish kabi misol va masalalar yechishsiz amalga oshmaydi. 
Matnlar, ya’ni javoblar to’g’ri, noto’g’ri tarzda aralashtirilib berilishi 
shulardan to’g’risini raqamlar bilan belgilab ajratish keng tarqalgan 
usullardan hisoblanadi. 
Statistik manbalar bilan ishlash, kartografik qo’llanmalardan 
foydalanish, matematik modellashtirish keng tarqalgan o’qitish usullari 
hisoblanadi. Ayniqsa baxs, tortishuvlar kapitalistik mamlakatlar geografiya 
ta’limida keng tarqalgan.


Download 2,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish