Vaxobov h, mirzamahmudov o. T


 XX arsda O’zbekistonda geografiya ta’limining rivojlanishi



Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/145
Sana27.05.2023
Hajmi2,49 Mb.
#944786
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   145
Bog'liq
УКУВ КУЛЛАНМА география методика (1)

 


3.2. XX arsda O’zbekistonda geografiya ta’limining rivojlanishi. 
XX asrning 90 yillarigacha O’zbekiston davlati Sobiq Ittifoq tarkibida 
bo’lgan, shuning uchun geografiya ta’limining ushbu davrda rivojlanishi
ma’lum bir ma’muriy va siyosiy qoliplarda olib borilgan. Mazkur davrda 
geografiya ta’limining rivojlanishi O.Mo’minov (1986 y) tomonidan to’la va 
har tomonlama o’rganilgan va quyidagicha davrlarga ajratilgan: geografiya 
ta’limini tashkil qilish davri; geografiya ta’limining tartibga solish davri; 
geografiya ta’limini hayot bilan bog’lanish davri; geografiya ta’limini 
takomillashuvi davri.
O’zbekistonda geografiya ta’limini tashkil etish davri (1918-1934 
yil)
. Ushbu davrning boshlarida geografiya ta’limida yagona o’quv dasturi 
mavjud bo’lmagan, har bir maktab, tuman va shahar o’zining o’quv 
dasturini ishlab chiqar edi. Masalan, 1920 yili Toshkent eski shahar ma’orif 
bo’limi tomonidan maxalliy sharoitni hisobga olgan holda birinchi bosqich 
maktablari uchun geografiya fanidan o’quv dasturini nashrdan chiqardi.
Dastlabki umumdavlat o’quv dasturi geografiya predmeti bo’yicha 
D.N.Anuchin raxbarligida A.A.Borzov va S.V.Chefranovlar tomonidan 
ishlab chiqildi. Mazkur o’quv dasturi asosida Turkiston xalq ma’orif 
komissariyati geografiya fanidan o’quv dasturini ishlab chiqdi. 1923-1924 
yillardan boshlab mehnat maktablari uchun kompleks dasturlar ishlab 
chiqildi. 1925-1930 yillarda ‚O’zbekiston sho’rolar jumxuriyatining birlik 
asosidagi mehnat maktablari uchun dastur‛, birinchi va ikkinchi bosqich 
maktablari uchun asg’ariy dastur, ikkinchi bosqich maktablari uchun 
jug’rofiya dasturi va ‚O’zbekiston birinchi bosqich maktablarining 
dasturlari‛ kabi bir necha kompleks dasturlar nashr etildi. 
1934 yil 5 sentyabrda ‚Boshlang’ich va o’rta maktablar to’g’risida‛ 
davlat qarori chiqdi. Mazkur qaror maktab geografiyasini rivojlanishida 
katta axamiyatga ega bo’ldi. Ushbu dasturlarda o’lkashunoslikni 
o’rganishga katta axamiyat berilgan. Ammo mazkur dasturlarning salbiy 
tomoni bor edi. Ya’ni barcha tabiiy geografik kurslar 5-sinfdan, iqtisodiy 
geografiya kurslari esa 6-7 sinflarda o’rganilar edi. Bu esa geografiya 
kurslari mazmunini juda ham qisqarishiga olib keldi. 
1935 yil 25 avgustda ‚Boshlang’ich va o’rta maktablarni dasturlari va 
o’quv rejalari‛ haqida yangi qaror chiqdi. Ushbu qarorda mavjud dasturlar 
juda murakkab bo’lib ketganligi qattiq tanqid ostiga olindi. Natijada
dasturlardan ortiqcha materialllar olib tashlandi. Shundan so’ng geografiya 
dasturlari qaytadan ishlab chiqildi. Geografiya predmetlarini soatlari 


ko’paydi. Iqtisodiy geografiya kurslari 1,5 yil o’tiladigan bo’ldi.
Maktablarda o’quv ishlarini tashkil qilish bo’yicha ham ko’rsatmalar 
berildi: dars o’quv mashg’ulotlarining asosiy va muhim sharti sifatida 
qaytadan tiklandi. Ushbu davrda geografiya ta’limini asosiy shartlaridan 
biri bo’lgan darsliklar va o’quv qo’llanmalari yaratish hamda kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi bo’yicha sezilarli ishlar qilindi. Mazkur davrda 
nashr qilingan darslik va o’quv qo’llanmalarni O.Mo’minov (1986 y) 
quyidagi qismlarga bo’ladi:
- rus tilidan o’zbek tiliga tarjima qilingan darsliklar. Bunday 
darsliklarga ‚Boshlanma geografiya‛ (A.Kruber va boshqalar darsligining 
tarjimasi), ‚Turkiston‛, ‚Boshlang’ich jug’rofiya saboqligi‛ (G.I.Ivanov), 
‚ISHJI ning qisqacha jug’rofiyasi‛ (G.I.Ivanov) va boshqalar. Mazkur 
davrda nemis olimi A.Geykining ‚Tabiiy jug’rofiya‛ darsligi (1925); 
- rus tilidan erkin tarjima qilingan darsliklar: ‚Boshlang’ich jug’rofiya‛ 
(G.I.Ivanov); 
- O’zbekistonda nashr qilingan darsliklar: ‚O’zbekiston va unga 
qo’shni jumxuriyatlar xamda viloyatlar‛ (N.Balashov, 1925), ‚Jug’rofiya‛
(N.P.Arxangelskiy, 1933), ‚O’zbekiston sotsalistik sho’rolar jo’g’rofiyasi 
‛(L.Obizov, 1934); 
Geografiya ta’limi soxasida ishlar juda kam bajarilgan. Faqat 1933 
yilda nashr qilingan. N.I.Leonovning ‚Jug’rofiya metodikasi bo’yicha 
ocherklar‛ metodik qo’llanmasi mavjud edi. Bundan tashqari mazkur 
davrda ma’orif soxasida qator ilmiy jurnallar nashr qilina boshlandi, 
ularda geografiya ta’limi bo’yicha ma’lumotlar muntazam berib turilgan: 
‚Maorif‛ (1918 yildan), ‚Maorif va o’qituvchi‛ (1925) jurnallari, ‚Madaniy 
inqilob‛- ‚O’qituvchilar gazetasi‛ 1931 yildan nashr qilina boshlandi. 

Download 2,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish