Adabiyotlar
1.
Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‗plami. 7-, 15-, 16-jildlar. Toshkent: Fan, 1991,
1999, 2000.
2.
Hayitmetov A. Navoiyxonlik suhbatlari. Toshkent, 1993.
DAVLAT TILI VA O„ZBEK HUQUQIY ATAMASHUNOSLIGI
TIZIMINI O„RGANISHNING AHAMIYATI
F.Topildiyeva
O„zMU o„qituvchisi
Davlat mustaqilligi va davlat tili tushunchalari, huquqiy til bir- biri bilan chambarchas
bog‗liq, bular bir-birini to‗ldirib boradi. Shundan kelib chiqib, davlatning ish faoliyati o‗z
tilida, ya‗ni davlat tilida olib boriladi.Davlat tilida qonun va farmonlar,qarorlar qabul qilinadi,
hujjatlar yuritiladi. Davlat tili – bu davlatning umumiste‘molda bo‗lgan mazkur davlat asosiy
aholisining tili bo‗lib jamiyat hayotining siyosiy, ijtimoiy va madaniy hayotida to‗laqonli ish-
latiladi. Shu tilda davlat faoliyatini amalga oshiradi, xalq bilan muloqot qiladi. Mustaqil davlat-
ning belgisi darajasiga ko‗tarila bilgan til davlat faoliyatining barcha sohalarida ishlatilishini va
amal qilinishini talab qiladi. Aslida, ‖Davlat tili haqida‖gi Qonunning asosi davlat mustaqil-
ligidir. Davlat mustaqilligi o‗zbek tilining keng rivoji, kamol topishi uchun to‗la imkoniyatlar
yaratadi, ma‘lum bir davrda yo‗qotgan shukuhini va mavqeini yana tikladi.1989-yil 21-oktabrda
o‗zbek tiliga davlat maqomini berilishi bilan 1995-yil 21-dekabrda‘‘Davlat tili haqida‘‘gi yangi
qonunning qabul qilinishi o‗zbek huquqiy tili va huquqiy atamashunosligini har jihatdan keng
o‗rganish uchun imkoniyatlar yaratdi. Bu borada 2019-yil 21-oktabrda e‘lon qilingan Prezident
Farmoni asrlar davomida orzu qilib kelganimiz o‗zbek tilining dunyo miqyosidagi maqomini
oshirish yo‗lida dadil qadam bo‗ldi va keyingi rivojlanish taraqqiyotida muhim yuksalish va o‗z-
garish nuqtasi bo‗lib qoladi. Farmonda yozilishicha, ―O‗zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida
va xalqaro miqyosdagi obro‗-e‘tiborini oshirish, yutuqlar bilan cheklanib qolmasdan, tilimizning
kelajagini takomillashtirish chora-tadbirlarini izlash har bir ziyolining milliy vazifasi bo‗lib
qoladi‖. Yana farmonda; ―Davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi organlarning
davlat tilini rivojlantirish, davlat tili to‗g‗risidagi qonun hujjatlariga rioya etilish ustidan davlat
nazoratini tashkil qilish bo‗yicha muvofiqlashtirish‖ haqida fikr yuritilgan. Davlat tilini rivoj-
lantirish bo‗yicha dasturlar, ―Yo‗l xaritalari‘‘ni ishlab chiqish, ularning amalga oshirilishini na-
zorat qilish‖, ―O‗zbek tili bayrami kuni‖ni nishonlash bo‗yicha, ishlarni muvofiqlashtirish bo-
rasida bir qator vazifalar belgilangan va ularning amaldagi ijrosi masalasiga alohida e‘tibor
qaratilmoqda. Shuni ta‘kidlash joizki, til bor ekan o‗zlashma so‗zlar hisobiga doimo boyiydi va
rivojlanadi. Hayotimizga kundan- kunga yangi, notanish so‗zlar kirib kelmoqda. Bugungi kunda
bu barcha sohada ko‗zga yaqqol tashlanmoqda, jumladan, huquqshunoslik sohasida ham. Ha-
qiqatdan ham, atamashunoslik huquqshunoslik fanlari majmuida ham dolzarb hisoblanadi.
Qonunchilik qanchalik takomillashsa, jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlar shunchalik aniq va
puxta, huquqiy jihatdan tartibga solingan bo‗ladi. Bunda huquqiy atamalar alohida ahamiyat
kasb etadi. Hozirgi zamon huquqshunoslik fani bir qancha sohalarga bo‗linar ekan,ularda huqu-
qiy atamalarning mohiyati va o‗rnini belgilab olish muhim vazifa hisoblanadi. Huquqiy ata-
malarning ilmiy jihatdan tartibga solinishi, ularni jahon andozalariga moslashtirish hozirgi
o‗zbek huquqiy atamashunosligining dolzarb muammolaridandir.
Avvalambor, davlat tili zamirida huquqiy til va huquqiy atamalar, huquqning rivojida,
qolaversa, huquqshunosning huquqiy nutqi va tafakkurining boyishida muhim o‗rin tutadi.
128
Atamalarning qo‘llanishi esa muayyan darajada nazoratga olinadi va tartibga solinadi, chunki
ular zaruriyatga ko‗ra paydo bo‗ladi.
Qadim-qadimdan shakllanib, o‗z taraqqiyot yo‘lida davom etayotgan huquqiy til va huquqiy
atamalar tizimi huquqshunosning odamlar va hamkasblari bilan o‗zaro aloqada fikr bildirish, fikr
olish, ya‘ni fikr almashish vositasi bo‗lib, shu asosda huquqiy bilimlarni targ‗ib qilib, odamlarda
huquqiy madaniyatning huquqiy ong va tafakkurning shakllanishiga xizmat qilib kelmoqda.
O‗zbek tilida paydo bo‗layotgan yangi huquqiy atamalarni yoki chetdan, boshqa tildan kirib
kelgan atamalarni amaliyotda ishlatayotgan huquqshunos, bu atamalarning mazmun-mohiyatini
o‗zi chuqur anglagan holatda u bilan muloqotda bo‗ladigan odamlarga tushuntirib, ular ongiga
singdiradi. Davlatimiz tomonidan chiqarilayotgan qaror va ishlab chiqilgan qonunlar mohiyatini
ommaga yetkazishda davlat tili va huquqiy til, huquqiy atamalardan foydalaniladi. Ya‘ni huquq-
shunos uchun kerakli huquqiy axborotlarni ko‗pchilikka yetkazishda, tushuntirishda huquqiy til
va huquqiy atamalar asosiy vosita rolini o‘taydi.Huquqiy atamalar huquq sohasidagi barcha fan-
lar rivojiga barakali ta‘sir ko‗rsatadi. Shuning uchun huquqiy til va huquqiy terminlar tizimiga
yangi atamalarning kirib kelib uni boyitishi, ba‘zan vaqti-vaqti bilan huquqshunoslikda esker-
gan atamalarning chiqib ketishi huquqiy til va huquqiy atamalarning zamonaviylik xususiyatini
belgilab beradi. Huquqiy atamalarning asosiy manbai – O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
hisoblanadi. Huquqiy terminologiyamizning dastlabki fondi sanaladi. Chunki konstitutsiyaning
tili siyosiy-huquqiy til hisoblanib, konstitutsiyamiz har bir moddasidan o‗rin olgan huquqiy
atamalar o‗rnini almashtirish mumkin emas. Ular puxta o‗ylanib quyma shaklda joylashgan.
Xalqaro huquq maydonida faol qo‘Ilanib kelinayotgan amnistiya, organ, norma, aliment,
advakatura, prokuror, demokratiya, suverenitet, strategiya, brifing, ratifikatsiya, parlament, kor-
rupsiya, kriminologiya, monitoring, vindikatsiya kodeks, passport, narkomaniya, arest, eksper-
tiza, Interpol, sanksiya, konstitutsiya, apelyatsiya kabi huquqiy atamalar o‗zida qanday qo‗llansa,
o‗zbek tilida ham shunday sohaviy atama bo‗lib qo‗llanilib kelmoqda. Huquqiy atamalar tizimi
huquqshunoslik fanining rivoji bilan bog‗liq. Huquqshunoslik sohasida ham huquqiy atamalar
juda qadimdan paydo bo‗lgan. Jumladan, O‘rxun-Enasoy bitiktoshlarida ham uchratishimiz
mumkin. Bulardan tashqari xalqimiz tomonidan yaratilgan afsonalarda, qahramonlik qo‗shiq-
larida ham mavjud bo‗lgan.
Har bir davrda jamiyatning taraqqiyoti bilan bog‘liq holda sohaviy atamalar ham son, ham
sifat jihatdan takomillashib keldi. Ayniqsa, mustaqillik davri alohida o‗rin tutadi. Butun
dunyoda, jumladan, O‗zbekistonda ham huquq, falsafa, tibbiyot, iqtisod, tilshunoslik, psixo-
logiya, sotsiologiya kabi turli sohalarga talaygina atamalar kirib keldi. Bugungi kunda biror
fanni atamasiz tasavvur qilib bo‗lmaydi. Huquqshunoslik sohasiga lotin, yunon, ingliz , fransuz,
nemis, rus, fors-tojik, arab va boshqa tillardan ko‗plab atamalar o‗zlashgan. Mustaqillik yillarida
terminlarni tartibga solish murakkab jarayonni yuzaga keltirdi.
Barcha atamalarning tilimiz taraqqiyotida o‗z hissasi bor. O‗zbek tiliga Davlat tili maqomi
berilgandan so‗ng, huquqiy sohadagi atamalarning o‗zbekchalashuvi bir muncha jadallashdi.
Xususan, ko‗pgina atamalar o‗z muqobiliga ega bo‗ldi. Huquqshunoslik atamalarini ikkinchi bir
tildan o‗zbek tiliga to‗liq yoki yarim kalkalash usulida tarjima qilindi: фактор - omil,
общенародный - umumxalq, постановление - qaror, беззаконие - qonunsizlik, безбрачие -
nikohsizlik, безработица - ishsizlik, Верховный суд - Oliy sud, подсудимый – sudlanuvchi.
Ba‘zi atamalarni tarjima qilish yoki ularga o‗zbek tilida muqobilini topishga urinish
jarayonida: экспертиза – ―tahqih yoki mukoyana‖, амнистия – ―avfnoma‖, тюрьма –
―qamoqxona yoki zindon‖ tarzida qo‗llashda huquqiy atamalarning buzilishi yoki ma‘nosida
sun‘iylik sodir bo‗lmoqda. Shu bois tashqi manba asosida kirib kelgan ayrim huquqiy atamalarni
asl holatida qo‗llash lozim. Qisqasi, huquqiy til va huquqiy atamalar huquqshunoslar oldiga katta
vazifa yuklaydi. Bugungi kunda, o‗zbek tilida huquqiy terminllarni sistemaga solish, yangi
129
terminlarni ishlab chiqish, ularni takomillashtirish ustida izlanishlar olib borilyapti. Toki bugungi
kunga qadar ro‗y bergan va hozirda davom etayotgan tarixiy-madaniy o‗zgarishlar va yangi-
lanishlar jarayoni tilimizning leksikasida o‗z aksini topib boradi, ya‘ni jamiyat taraqqiyoti bilan
bog‗liq holda yang-yangi so‗z, tushuncha va atamalar, jumladan, huquqshunoslikka oid sohaviy
atamalarni yuzaga kelishi o‗zbek tilini – o‘ziga xos madaniyat o‗chog‗i sifatida namoyon qiladi..
Shunday bo‗lsa-da, yangi so‗z va atamalarni iste‗molga kiritish jarayonida o‗zbekona
muqobillarini izlash va qo‗llash muhim ahamiyatga ega. Demak, atama tanlashda, yangi atama-
lar yaratishda, o‗zbek tilining ichki imkoniyatlaridan ham o‗rinli foydalanish lozim. Shuningdek,
huquqshunoslik sohasidagi atamalarda izlanish zarur bo‗lgan o‗rinlar hali ko‗p.
Do'stlaringiz bilan baham: |