O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi mirzo ulug„bek nomidagi


AKSIOLOGIK LEKSIKANING UMUMMILLIY XARAKTERI



Download 4,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/162
Sana27.05.2023
Hajmi4,8 Mb.
#944404
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   162
Bog'liq
materiallar uzmu 2021.12.03

 
AKSIOLOGIK LEKSIKANING UMUMMILLIY XARAKTERI 
Sh. Xudayqulova, 
JIDU o„qituvchisi 
 
Qadriyat aksiologiyaga xos kategoriyadir. Qadriyatni aksiologiya nuqtayi nazaridan talqin 
qilish uning kategoriya sifatidagi mohiyati, mazmuni, obyektiv asosi, namoyon bo‗lish shakllari 
va xususiyatlarini o‗rganish imkonini beradi. Olima M.O.Inomovaning talqiniga ko
ʻ
ra, – 
―Qadriyat – bu inson yoki jamiyatning yoki bu ehtiyojini qondiradigan va ular manfaatiga xizmat 
qiladigan moddiy va ma‘naviy ehtiyoj va manfaatlar bo
ʻ
lib, ular hayotga qimmatdorlik nuqtayi 
nazaridan yondoshishga asos bo
ʻ
la oladi. Umuman qadriyatlar jamiyat hayotining tarixiy taraq-
qiyoti jarayonida shakllangan va rivojlangan o
ʻ
tmishda, hozirgi kunda va kelajakda ham ijti-
moiy-siyosiy, iqtisodiy va ma‘naviy taraqqiyotga ijobiy ta‘sir etadigan kishi ongiga singib, 
ijtimoiy ahamiyat kasb etadigan moddiy va ma‘naviy boyliklardir‖ deya ta‘rif beriladi. [1] 
Qadriyat kategoriyasi faqat buyum va narsalarning iqtisodiy qimmatini emas, jamiyat va 
inson uchun biror ahamiyatga ega bo‗lgan voqelikning shakllari, holatlari, narsalar, voqealar, 
hodisalar, talab va tartiblar va boshqalarning qadrini ifodalash uchun ishlatiladi. Ijtimoiy ja-
rayonlar ta‘sirida kishilarning qadriyatlar to‗g‗risidagi qarashlari o‗zgarib boradi. Tarixiy 

74
Al-Assumi Nabil Abdelraxman //Prestupleniye i nakazaniye po ugolovnomu pravu Baxreyna i Obyedenennix Arabskix 
Emiratov//Diss.kand.yurid.nauk (PhD) Moskva, 2000. 


99 
zaruriyatga qarab goh u, goh bu qadriyat ijtimoiy taraqqiyotning oldingi safiga chiqadi. Masalan, 
yurtni yov bosganida — ozodlik, imperiya hukmronligi nihoyasida — istiqlol, urush davrida — 
tinchlik, tutqunlikda — erkinlik, kasal yoki bemorlikda — sihat-salomatlikning qadri oshib 
ketadi. Qadriyatlar ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot mahsuli sifatida o‗z tarixiy ildizi, rivoji, vorislik 
jihatlariga ega. [6] 
Qadriyatlar umumbashariy, milliy, shaxsiy bo‗lishi mumkin. Olam, tabiat va jamiyatning 
eng muhim tomonlarini, qonun-qoidalarini, aloqadorliklarini ifodalaydigan qadriyatlar umumba-
shariy xususiyatga ega. Bunday qadriyatlar o‗z ahamiyatini yo‗qotmaydigan, abadiy qadriyat-
lardir. Muayyan elat, millat, xalqning hayoti, turmush tarzi, tili, madaniyati, ma‘naviyati, urf-
odat va an‘analari, o‗tmishi va kelajagi bilan bog‗liq qadriyatlar milliy qadriyatlardir. Inson, 
uning faoliyati, turmush tarzi, e‘tiqodi, umr ma‘nosi, odobi, go‗zalligi bilan bog‗liq qadriyatlar 
shaxsiy qadriyatlardir. Qadriyatlar komil insonni tarbiyalashda muhim omil bo‗lib xizmat qiladi. 
Aksiologiya dastlab, bu tushuncha falsafiy fanlarning uzviy tarkibiy qismlaridan biri bo‗lib, 
qadriyatlar falsafasi ma‘nosida talqin qilingan. Keyinchalik tilshunoslikda aksiologik qimmatga 
ega tushunchalarning lisoniy ahamiyatini o‗rganish, qadriyat darajasidagi tushunchalarni ling-
vistik hodisa sifatida talqin qilish natijasida aksiologiya tilshunoslikning ham mustaqil sohasi 
sifatida vujudga keldi. Bugungi kunda mazkur soha boshqa mustaqil fanlar singari o‗z o‗rganish 
obyekti va predmetiga ega bo‗lgan mustaqil yo‗nalish sifatida takomillashmoqda. Aksiologiya 
(yunon. ―axio‖ – qadriyat va ―logos‖ – fan, ta‘limot) – qadriyatshunoslik, qadriyatlar haqidagi 
fan. 19-asrning ikkinchi yarmida nemis qadriyatshunosi E.Gartman va fransuz olimi P.Lapi 
tomonidan kiritilgan. U qadriyatlar haqidagi fan. Aksiologiya – aksiologik ong, qadrlash tuy-
g
ʻ
usi, aksiologik bilish, qadriyatli yondashuv va boshqalar asosida to‗plangan qadriyatlar to‗g
ʻ-
risidagi bilimlar sistemasidir. [1, 7] 
O
ʻ
zbek xalqiga xos milliy xususiyatlar, uning milliy madaniyati, ilm-fan, san‘at va adabiyot 
sohasida erishgan yutuqlari, oilaviy turmush tarzi, bola tarbiyasida qo
ʻ
llangan usul va tadbirlari 
qadriyat sifatida baholanadi. Milliy urf-odatlar, an‘analar, madaniy meros – bu noyob yodgorlik, 
barcha ma‘naviy boyliklarning tarkibiy qismi, inson aql-idroki va tafakkurining yutug
ʻ
idir. Har 
bir millatning ajdodlaridan meros o
ʻ
ziga xos bilim boyliklari, tajriba va tarixiy saboqlari, odob-
axloq, ta‘lim-tarbiyaga oid o
ʻ
gitlari va yo
ʻ
l-yo
ʻ
riqlari saqlanadi. Masalan, qozoqlar o
ʻ
tmishda ikki 
yuzdan ortiq narsani taqiqlab qo
ʻ
yganlarki, bular qozoq xalqining o
ʻ
ziga xos milliy tabiati, 
madaniyati, adabiyoti, tili va e‘tiqodlarini ko
ʻ
z qorachig
ʻ
iday avaylab-asrashga xizmat qiladi. 
Bu kabi taqiqlarning ayrimlari quyidagilar: O
ʻ
zing suv ichadigan quduqqa tupurma! 
Nonning ustiga biror narsa qo
ʻ
yma va nonni tepmagin! Tuzni bosma! Yoshi ulug
ʻ
keksalarning 
yo
ʻ
lini kesib o
ʻ
tmagin! Ota-onangga qo
ʻ
pollik qilmagin! Chumoli va qushlarning uyasini 
buzmaslik, kabilar. Gruzinlarda esa avloddan-avlodga o
ʻ
tib kelayotgan yaxshi bir odat bor bo
ʻ
lib, 
qizini kuyovga uzatayotgan ota-ona sepiga albatta Shota Rustavelining ―Arslon terisini yopingan 
pahlavon‖ dostonini qo
ʻ
shib qo
ʻ
yar ekan. Chunki bu kitob ona zaminni, millat shon-sharafini, 
gruzin o
ʻ
g
ʻ
lonlarining jasoratini tarannum etgan. U gruzin millatining milliy iftixori hisoblanadi. 
Shu kitobni bermagan ota-onaga qattiq tanbeh beriladi, sep chala hisoblanadi. Bu va bunga 
o
ʻ
xshash ko
ʻ
plab misollar har bir millatning o
ʻ
z qadriyatlari, madaniyatini asrab-avaylab kelajak 
avlodga yеtkazish va millat istiqboli yo
ʻ
lida ulardan foydalanishi uchun yoshlarda milliy iftixor 
tuyg
ʻ
usini shakllantirish muhim o
ʻ
rin tutadi. 
Xalqimizning bilimi, hayotiy tajribalari, madaniyati, san‘ati, axloqiy qarashlari, shonli tarixi, 
yuksak orzu intilishlari, eng qimmatli milliy an‘analari singgan folklor namunalarini o
ʻ
rganish 
orqali yoshlar qalbida millatimizga xos g
ʻ
urur, bag
ʻ
rikenglik, mehnatda fidoyilik, vatanga sado-
qatlilik, do
ʻ
st-yorga vafodorlik, shijoatlilik, halollik, mehr-oqibatlilik, or-nomuslilik, bir so
ʻ
zlilik, 
andishalilik kabi xususiyatlarni singdirish orqali ularda milliy iftixor tuyg
ʻ
usini shakllantirish 


100 
muhim ahamiyatga ega, deb hisoblaymiz. Jamiyatda mavjud qadriyatlar o
ʻ
z navbatida an-
tiqadriyat deb nomlanuvchi o
ʻ
z ziddiy ko‗rsatkichlariga ham ega. Ayni shu antiqadriyatlar va 
qadriyatlar juftligi tilshunoslikda aksiologik leksikani hosil qiladi. Ayniqsa, millatning o
ʻ
z qad-
riyatlari, madaniyati, ma‘naviyatini haqida ma‘lumotlarni avlodga yеtkazishda milliy xarakterga 
ega aksiologik leksikaning o
ʻ
rni katta bo‗lib, ular paremiologik va frazeologik birliklarda ko
ʻ
proq 
uchraydi. Aksiologik leksikani tadqiq qilishda aksiologik diadalar ya‘ni aksiologik juftliklar 
tushunchasi alohida ahamiyatga ega. Aksiologik diada bu – inson hayotining ajralmas qismiga 
aylanib ulgurgan hayotiy qadriyat darajasidagi tushunchalarning hamisha bir-birini taqozo 
qilishi, bir-birini inkor etishidir. Bir so‗z bilan aytganda, aksiologik diadalar bu aksiologik 
juftliklar bo‗lib, ularga sog
ʻ
lik-kasallik – hayotiy qadriyat va antiqadriyat, baxt va baxtsizlik- 
ma‘naviy qadriyat va uning aksi, vatan va musofirlik-ruhiy qadriyat va uning aksi, mehnatse-
varlik va ishyoqmaslik – ijtimoiy qadriyat va uning aksi, boylik va kambag
ʻ
allik – moddiy 
qadriyat va uning aksi, donolik va nodonlik- intellaktual –kognitiv qadriyat va uning aksi, rost-
yolg
ʻ
on-axloqiy-etik qadriyatlar va uning aksi, xursandchilik va qayg
ʻ
u-emotsional qadriyat va 
uning aksi, jannat-do
ʻ
zax – diniy qadriyat va uning aksi kabi tushunchalar butun insoniyatga xos 
ijtimoiy qadriyatlardan bo‗lib, ularning dunyo xalqlarida mavjud o‗ziga xos qarashlari jamlan-
masi umumbashariy ahamiyatga ega bo‗ladi. Mazkur tushunchalarning faqat o‗zbek millatiga 
xos lisoniy vositalarda aks topishi ularning milliy xarakteriga yorqin misol bo‗la oladi. Misol 
uchun, o‗zbek xalqiga xos milliy-mental dunyoqarash rus yoki boshqa millat etnik madani-
yatidan tubdan farq qiladi. Boisi har bir xalq o‗z rivojlanish tarixi, evolyutsion taraqqiyot yo‗liga 
ega. O`zbek xalqi asrlar davomida turli voqealar, tabiat hodisalari, madaniy-ma‘naviy evrilish-
larni boshdan kechirgankim, bu kabi etnomadaniy silsilalar uning tili va madaniyatiga ta‘sir 
etmasligining iloji yo‗q. Ana shunday rivojlanish, taraqqiyot takomili o‗zbek xalqining qad-
riyatlar borasidagi qarashlarini ham bevosita belgilab beradi desak adashmagan bo‗lamiz. 
Aksiologik leksika turli ijtimoiy munosabatlarning yadro-o‗zagini tashkil etadi. Masalan, 
dastlabki Sharq falsafiy qarashlarini o
ʻ
zida aks ettiruvchi ta‘limiy- tarbiyaviy manba zardush-
tiylik dinining muqaddas kitobi ―Avesto‖da insonni kamolotga erishuvida mehnat, ezgulik, 
insoniylik, soflik, bag
ʻ
rikenglik kabi sifatlarning ahamiyati chuqur ifodalangan. Zero, zardushtiy-
likda axloqiylikning asosi, saxovatlilik belgisi - mehnat deb ko
ʻ
rsatilsa, ishyoqmaslik barcha 
nuqsonlarni keltirib chiqaruvchi sabab ekanligiga urg
ʻ
u beriladi. Ayniqsa, dehqonchilik sohasida 
qilinayotgan mehnat yaxshilikni yuzaga chiqaruvchi asosiy omil, deya ta‘kidlanadi. Mutafakkir-
shoir Alisher Navoiy ijodining asosida esa, inson va uning ma‘naviy dunyosi haqidagi chuqur 
o
ʻ
y-xayollar, olam va ―muhabbat‖, ―go
ʻ
zallik‖ tushunchalari ta‘sirida qaraladigan hayot mazmuni 
haqidagi fikrlar tashkil etadi. Muhabbat – bu insonni yomonliklardan va his-tuyg
ʻ
uga berilishdan 
forig
ʻ
etuvchi ulug
ʻ
vor axloqiy kuch, u o
ʻ
zida olijanoblik va mardonavor ruhni, vafodorlikni, 
insonning barcha imkoniyatlari va ma‘naviy kuchini faol namoyon bo
ʻ
lish yo
ʻ
lini aks ettirishi, 
inson ruhining go
ʻ
zallikka intilishi va bu go
ʻ
zallik uchun axloqiy jasorat ko
ʻ
rsatishga tayyorligi 
shoirning ijodiy tasavvurida yaratilgan yuksak qadriyatdir. 
Go
ʻ
zallikka erishish insondan axloqiy jasorat hamda Navoiyning ishqiy-sarguzasht 
dostonlarida ichki, yashirin motivlar sifatida tavsiflangan doimiy axloqiy takomillikni talab 
etadi. Navoiyning insonparvarlik qarashlarida asosan, shaxsiy qadriyatlar sifatida qaralgan 
qadriyatli tushunchalar tizimi namoyon bo
ʻ
ladi. O
ʻ
tmishdoshlari singari shoir ham insonning 
qadr-qimmatini uning axloqiy sifatlari - qalban poklik, oliyhimmatlilik va do
ʻ
stlik, insonning 
bilish imkoniyatlarini cheklanmaganligi va dunyoni yaxshi tomonga o
ʻ
zgartirishda ko
ʻ
radi. Inson 
qadr-qimmati yuqori nasl-nasab yoki tabaqa, boylik, ijtimoiy kelib chiqishiga qarab emas, 
odamlar va jamiyat ravnaqi uchun sarf etilgan axloqiy sifatlar va amaliy faoliyat bilan 
o
ʻ
lchanadi. ―Sab‘ai sayyor‖ asarida Navoiy yozadi: ―Yuqori martaba va unvon kishilarga obro 


101 
keltirmaydi, xushaxloqlilik va or-nomus ularning oliyjanobligi va obro
ʻ
sini belgilab beradi. 
Qachonki, yomg‗ir (axloqiylik)ning manbayi or-nomusdan shakllangan bo
ʻ
lsa, mazkur yomg‗ir 
tomchisi suvsiz adir uchun obi-hayot beradi. ―Axloqsiz kishilar hurmatga sazovor bo
ʻ
la 
olishmaydi, ular razil va osmon gumbazining ostidadirlar‖. Insonning axloqiy tarbiyasida Navoiy 
aqlga asosiy e‘tibor beradi. Dostonda ijod sohibi sifatida insonning yuqori darajada yеtukligi va 
qadr-qimmatini asoslashga imkon berishni so
ʻ
raydi.
Demak, aksiologik leksikani tadqiq qilishda aksiologik diadalar, ya‘ni aksiologik juftliklar 
tushunchasi alohida ahamiyatga ega. Inson hayotining ajralmas qismiga aylanib ulgurgan hayotiy 
qadriyat darajasidagi tushunchalarning hamisha bir-birini taqozo qilishi, bir-birini inkor etadigan 
qadriyat va antiqadriyatlar aksiologik leksikasini xalqimiz poetik tafakkuri, ijodkorlarimizning 
lingvopoetik mahorati aks etgan o‗zbek xalq she‘riyati, nasrini o
ʻ
rganish katta ahamiyatga ega. 
Aynan badiiy asarlarni tadqiq qilish jarayonidagina aksiologik leksikaning tilimizda tutgan o‗rni, 
ularning qaysi til vositalari yordamida ifodalanishi, qanday til hodisalarini yuzaga chiqarishi kabi 
masalalarni hal qilishimiz mumkin bo‗ladi. Demak, o‗zbek she‘riyati va nasrchiligida aks etgan 
aksiologik leksikani tadqiq qilib, shunday umumlashmalar berish mumkin. 

Download 4,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish