7-mavzu. Elektr motorlari va ularning kommutatsiya aparatlari Reja



Download 169,21 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana25.05.2023
Hajmi169,21 Kb.
#944181
1   2   3   4
Kommutatsiya apparatlari
Yagona texnologik jarayonni amalga oshiruvchi bir mashinani yoki qator 
mashinalarni yuritish uchun xizmat qiluvchi elektr motorlar uchun, qoidagidek 
umumiy apparatni yoki kommutatsiya apparatlar komlektini qo‘llash kerak, agar bu 
qulaylik yoki ishlatish xavfsizligi bo‘yicha oqlanilsa. Qolgan hollarda har bir elektr 
motori alohida kommutatsiya apparatlariga ega bo‘lishi kerak. 


Elektr motorlar zanjirlaridagi kommutatsiya apparatlari kuchlanish ostidagi 
hamma o‘tqazgichlarni tarmoqdan bir vaqtda o‘chirishi kerak. Ayrim elektr 
motorlarni zanjirida ayrim o‘tqazgichlarni o‘chiradigan apparat quyidagiga ruxsat 
etiladi, agar shunday elektr motorlar gruxini umumiy zanjirida hamma o‘tqazgichlarni 
o‘chiradigan apparat o‘rnatilgan bo‘lsa. 
Biror mexanizm elektr motorini masofani yoki avtomatik boshqarish 
mavjudligida shu mexanizm yaqinida avariyani o‘chirish apparati o‘rnatilishi kerak. 
Apparat boshlang’ich ahvoliga majburiy qaytarilmaganicha elektr motor masofali 
yoki avtomatik ishga tushirilish imkoniyatiga shu apparat yo‘l qo‘ymasligi kerak.
Quyidagi mexanizmlarda avariyani o‘chirish apparatlarini o‘rnatish talab 
etilmaydi:
a) boshqaruv joyidan ko‘rinish chegarasida joylashganlarda; 
b) faqat malakali xizmat xodimlari kirishi mumkin bo‘lganida (masalan, 
tomdao‘rnatilgan ventilyatorlar, alohidagi xonalarda o‘rnatilgan ventilyatorlar va 
nasoslar); 
v) yurib va aylanib turuvchi qismlarga tasodifiy tegib ketish imkoniyatiga yo‘l 
qo‘ymaydigan konstruktiv bajarilishda, shu mexanizmlar yonida masofali yoki 
avtomatik ishga tushirilish imkoniyati haqida ogohlantiruvchi plakatlar osilib 
qo‘yilishi ko‘zda tutilishi kerak; 
g) o‘chirishga bo‘lgan buyruqni qayd etuvchi maxalliy boshqaruv apparatga ega 
bo‘lganlar. 
Masofali yoki avtomatik boshqariladigan (ishga tushish, to‘xtash) mexanizmlar 
yaqinida maxalliy boshqaruv apparatlarni o‘rnatish maqsadga muvofiqligi 
texnologiya, xavfsizlik texnikasi vash u uskuna boshqarilishini tashkil etish bo‘yicha 
talablarga binoan loyihalash paytida aniqlanishi kerak. 
Elektr motorlar boshqaruv zanjirlarini bosh zanjirlardan, ham texnik zaruriyat 
bo‘yicha kerak bo‘lsa boshqa elektr energiya manbalaridan ta’minlash mumkin. 
Bosh zanjirlarda kuchlanish qayta tiklangan paytida elektr motorni to‘satdan 
ishga tushishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun bosh zanjirda kuchlanish yo‘qolib qolishi 
hamma holatlarda uni avtomatik o‘chirishni ta’minlaydigan blokirovkali bog’lanish 
ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerak, agar o‘z-o‘zidan ishga tushish (samozapusk) ko‘zda 
tutilmagan bo‘lsa. 
Boshqaruv apparatlarni va ajratuvchi apparatlar korpuslarida apparatni 
boshqaradigan sonining ulangan va o‘chirilgan holatini yengil aniqlash imkonini 
beradigan aniq belgilar qo‘yilgan bo‘lishi kerak. Boshqaruv apparatni xolati bo‘yicha 
elektr motorning bosh zanjiri ulanganini yoki o‘chirilganini operator aniqlaolmagan 
hollarda yorug’lik signalizatsiyasini ko‘zda tutish tavsiya etiladi. 
Kommutatsiya apparatlari ular boshqarayotgan elektr motorning normal ish 
tartibi (ishga tushirish, tarmoq, revers, ish jarayoni) eng katta toklarini shikastlarsiz va 
nonarmal yeyilishsiz kommutatsiya etishi kerak. Agar reverslar va tarmoqlashlar 
normal ish tartibida bo‘lmasa, lekin ular yanglish operatsiyalarda mumkin bo‘lsa, 
unda bosh zanjirdagi kommutatsiya apparatlari shu operatsiyalarni buzilib ketmasdan 
kommutatsiya etishi kerak. 
Kommutatsiya apparatlari QT ni xisobiy toklariga bardosh berishi kerak (bob 
1.4 ga qaralsin). 


O‘zini elektr va mexanik parametrlari bo‘yicha kommutatsiya apparatlari 
yuritilayotgan mexanizmni ushbu uskunada xama ish tartibidagi xarakteristikalariga 
mos kelishi kerak. 
Ko‘chma elektr motorlarni boshqarish uchun tiqma kontakt ulagichlardan 
foydalainsh elektr motorni quvvati 1 kVt dan oshmaganda ruxsat etiladi. 
Quvvati 1 kVt dan ko‘p bo‘lgan ko‘chma elektr motorlarni ulash uchun xizmat 
qiluvchi tiqma kontakt ulagichlar elektr motorni bosh (kuch) zanjimridagi ishga 
tushiruv apparatni faqat o‘chirilgan holatida o‘chirishni va ulashni mumkin qiladigan 
blokirovkaga ega bo‘lishligi kerak. 
Betaraf nuqtasi zaminlangan, kuchlanishi 1 kV gacha bo‘lgan tarmoqda magnit 
puskatellarning (ishga tushirgichlarning), kontaktorlarning va avtomatik uzgichlarning 
cho‘lg’amlarini ulanishi fazalararo yoki faza kuchlanishiga bajarilishi mumkin. 
Yuqorida ko‘rsatilgan apparatlarni cho‘lg’amlari faza kuchlanishiga ulanishida 
elektr motorgacha bo‘lgan shaxobchaning hamma uchta fazasini avtomatik uzgich 
bilan bir vaqtda o‘chirilishi ko‘zda tutilishi kerak, saqlagichlar (predoxranitellar) bilan 
ximoyalashda esa – bir yoki har bir ikki fazada saqlagichlar kuyganida puskatelь yoki 
kontaktorni o‘chirilishiga ta’sir etuvchi maxsus uskunalar bilan. 
CHo‘lg’amni faza kuchlanishiga ulanishida uni nol chiqish qulog’i ta’minlovchi 
liniyani nol ishchi simiga yoki tarmoqni betaraf (nol) nuqtasiga ulangan alohidagi 
izolyatsiya etilgan simga ishonchli ulanishi kerak. 
Transformator – elektr motor bloki sxemasi bo‘yicha ta’minlanayotgan elektr 
motorlarni kommutatsiya apparatlari qoidagidek, blokni ta’minlovchi tarmoqning 
kirish joyiga o‘rnatish kerak. Ularning elektr motorga bo‘lgan kirish joyiga o‘rnatish 
mumkin emas. 
Mexanizmlarni masofali yoki avtomatik boshqarish mavjudligida dastlabki 
(ishga tushirish oldidan) signalizatsiya yoki yaqindagi ishga tushirish haqida tovushli 
bildirish ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerak. Bunday signalizatsiyani va bunday bildirishni 
shunday mexanizmlarda ko‘zda tutish talab etilmaydiki qaysini bular yaqinida 
avariyali o‘chirish apparatini o‘rnatish talab etilmaydi (5.3.31-qaralsin). 
Asinxron elektr motorlarning fazali rotorlarini ishga tushirish reostatlari bilan 
ulaydigan simlar va kabellar davomli mumkin bo‘lgan tok bo‘yicha quyidagi 
sharoitlar uchun tanlanishi kerak: 
elektr motor halqalarini qisqa tutashtirish holatida ishlash: elektr motor nominal 
momentini 50% dan oshmagan mexanizmni ishga tushish statik momenti (engil ishga 
tushirish) uchun; rotorning nominal tokini 35% uchun; qolgan holatlarda – rotorning 
nominal tokini 50% uchun; 
elektr motor halqalarini qisqa tutashtirmasdan ishlash – rotorning nominal 
toknini 100%. 
Qisqa tutashgan rotorli asinxron elektr motorlarni va sinxron elektr motorlarni 
ishga tushirish, qoidagidek, tarmoqqa bevosita ulash orqali amalga oshirilishi kerak 
(to‘ppa-to‘g’ri ishga tushirish). To‘ppa-to‘g’ri ishga tushirish mumkin bo‘lmaganida 
reaktor, transformator yoki avtotransformator orqali ishga tushirishni qo‘llash lozim. 
Ayrim hollarda kuchlanish chastotasini noldan ko‘tarish bilan ishga tushirish yoki 
boshqa yo‘l bilan ishga tushirishni qo‘llash ruxsat etiladi. 
 

Download 169,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish