7-mavzu. Elektr motorlari va ularning kommutatsiya aparatlari Reja



Download 169,21 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana25.05.2023
Hajmi169,21 Kb.
#944181
1   2   3   4
 
 
Elektr motorlarni tanlash 
Elektr motorlarni elektr va mexanik parametrlari (nominal quvvat, kuchlanish
aylanish chastotasi, ish vaqtini nisbiy davomliligi, ishga tushirish, minimal, maksimal 
momentlar, aylanish chastotasini rostlash chegaralari va h.k) ushbu uskunada ular 
yuritayotgan mexanizmlarni hajmi ish tartibidagi parametrlariga mos kelishi kerak. 
Qisqa tutashuvni (QT) o‘chirish bilan, avtomatik qayta ulash (AQU) yoki AZU 
uskunalarini xarakati bilan bog’langan qisqa vaqtli ta’minot uzilishidan yoki 
kuchlanish pasayib ketishidan keyin ishda saqlanib qolishi texnologik sharoitlar 
bo‘yicha zarur va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha mumkin bo‘lgan mexanizmlar uchun 
ularning elektr motorlarini o‘z-o‘zidan ishga tushishi ta’minlangan bo‘lishi kerak. 


O‘z-o‘zidan ishga tushiriladigan mexanizmlar uchun normal davomli ishga kerak 
bo‘lgan quvvatdan kattaroq quvvatli elektr motorlarni va transformatorlarni, 
qoidadagidek, qo‘llash talab etilmaydi. 
Aylanish chastota rostlanishini talab etmaydigan mexanizmlarni yuritish uchun 
ularning quvvatidan qat’iy nazar sinxron yoki qisqa tutashgan rotorli asinxron elektr 
motorlarini qo‘llash tavsiya etiladi. 
Og’ir ishga tushirish yoki ish sharoitlariga ega bo‘lgan yoki aylanish chastotasi 
o‘zgartirilishini talab qiluvchi mexanizmlarni yuritish uchun ushbu uskunada mumkin 
bo‘lgan ishga tushirish yoki aylanish chastotasini rostlash bo‘yicha eng sodda va 
iqtisodiy usullik elektr motorlarini qo‘llash kerak. 
Sinxron elektr motorlar, qoidadagidek, qo‘zg’atishni jadallashtirish yoki 
kompaundlash uskunalarga ega bo‘lishi kerak.
Sinxron elektr motorlar o‘zini quvvati bo‘yicha shu yuklama tugunida (uzelida) 
kuchlanish rostlanishini yoki reaktiv quvvat rostlanishini ta’minlashi mumkin bo‘lgan 
hollarda, ular 3.3.39 ga muvofiq AZU ga ega bo‘lishi kerak. 
O‘zgaruvchan tok elektr motorlari mexanizmning kerakli xarakteristikalarni 
ta’minlaolmasa yoki iqtisodiy bo‘lmasa, faqatgina shu hollarda o‘zgarmas tok elektr 
motorlarini qo‘llash ruxsat etiladi.
Normal muhitli xonalarda o‘rnatilayotgan elektr motorlar, qoidagidek, IPOO 
yoki IP20 bajarilishiga ega bo‘lishi kerak.
Ochiq havoda o‘rnatilayotgan elektr motorlar IP44 dan past emas yoki ularni ish 
sharoitlariga (masalan, ochiq Kime uskunalari uchun, o‘ta past haroratlar uchun) mos 
maxsus bajarilishiga ega bo‘lishi kerak.
Tabiiy sovitish sharoitlarini buzuvchi chang yoki boshqa moddalar o‘tirishi 
mumkin bo‘lgan xonalarda o‘rnatilayotgan elektr mgotorlar IP44 dan past emas yoki 
toza havo bilan shamollanuvchi bajarilishga ega bo‘lishi kerak. 
SHamollantiradigan elektr motorni korpusi havo o‘zgartgichlari va hamma 
birikish joylari ventilyatsiya sistemasiga havo so‘rilishini yo‘l qo‘ymaslik uchun 
puxtalik bilan zichlangan bo‘lishi kerak. 
Elektr motorlarni shamollantiradigan qilib bijarilishida elektr motorlar 
to‘xtaganida atrof havoni so‘rilishiga qarshi surma klapanlarini ko‘zda tutish tavsiya 
etiladi. Tashqi (sovuq) havoni isitish talab etilmaydi.
Zax va o‘ta zax joylarda o‘rnatiladigan elektr motorlar IP43 dan kam bo‘lmagan 
bajarilishga va namgarchilik ham changni ta’siriga mo‘ljallangan izolyatsiyaga 
(maxsus material bilan cheklangan, namga bardosh beruvchi va h.k.) ega bo‘lishi 
kerak.
Kimyoviy aktiv bo‘g’li yoki Gazli joylarda o‘ronatiladigan elektr motorlar IP44 
dan kam bo‘lmagan bajarilishga yoki 5.3.17. da keltirilgan talablarga rioya qilgan 
holda toza havo bilan shamollantiradigan bajarilishga ega bo‘lishi kerak. Bajarilishi 
IP33 dan kam bo‘lmagan, lekin kimyoviy bardoshli izolyatsiyalik va ochiq, 
izolyatsiya etilmagan, togk o‘tqazuvchi qismlari qalpoqlar yoki boshqa yo‘l bilan 
yopilgan elektr motorlarni qo‘llash ruxsat etiladi.
Havo xarorati plyus 40
0
S dan yuqori bo‘lgan xonalarda o‘rnatilayotgan elektr 
motorlar uchun ularni mumkin bo‘lmagan darajagacha qizish imkoniyatini yo‘l 
qo‘ymaydigan choralarni bajarish kerak (masalan, sovitish havosini olib keluvchi 
majburiy ventilyatsiya, tashqi shamollantirish). 


Elektr motorlarni yopiq majburiy ventilyatsiya sistemasi uchun havo va sovitish 
suvi xarorati nazorat asboblarini ko‘zda tutishi kerak. 
CHo‘lg’amlarga yoki magnit o‘zaklarga yotqizilgan issiqlik indikatorlari bilan 
ta’minlangan elektr motorlari muntazam ravishda o‘lchovlar o‘tqazish qulayligini 
ta’minlaydigan elektr motorlardan maxsus shitlargacha chiqish kuloqlarga ega 
bo‘lishi kerak.

Download 169,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish