2.7.1. O
‘
zbek imlosining asosiy tamoyillari
O‘zbek imlosi quyidagi yozuv tamoyillari asosida ish ko‘radi:
Fonetik yozuv.
So‘z va uning qismlari qanday talaffuz qilinsa
shunday yozishni talab etadi. Fonetik yozuv imloni tartibga solishda
chigalliklarni keltirib chiqaradi. Chunki bu yozuvga amal qilinganda
so‘zlar va qo‘shimchalarning turli variantlari yuzaga keladi. Ulardan
ayrimlarini ko‘rib o‘tamiz:
1. g undoshi bilan boshlanuvchi ko‘pgina qo‘shimchalarda
birinchi harfning k yoki q ga aylanishi kuzatiladi: -ga / -ka, -qa bog‘-
ga, yurak-ka, yutuq-qa; -gan/-kan, -qan; gach/-kach, -qach; -guncha/-
kuncha,-quncha va h.
2. i unlisi bilan boshlanuvchi ayrim qo‘shimchalarda o‘zakdagi
unli ta’sirida ulashishning kuzatilishi: indi/undi (kuy-undi), im/um
(uy-um, un-um).
3. So‘zga harakat nomining -v, ot va sifat yasovchi -q, egalik
shakli, shuningdek, ayrim fe’l yasovchilar qo‘shilganda turli fonetik
o‘zgarishlar kuzatiladi va ular imloga ko‘chadi: tintuv (tinti-v), o‘quv
(o‘qi-v), sanoq (son-a-q), qiynoq (qiyin-a-q), so‘roq (so‘ra-q), o‘yna
(o‘yin-a), pasay (past-ay), ulg‘ay (ulug‘-ay), sarg‘ay (sariq-ay),
buyruq (buyur-iq), chanqog‘i (chanqa-q-i), sanog‘i (son-a-q-i), eshigi
(eshik-i) va hokazolar.
Morfologik yozuv
. So‘z va uning qismlarini qanday talaffuz
qilinishidan qat’i nazar imloga, asliga muvofiq yozishni talab etadigan
yozuv qoidasi. Og‘zaki nutqda so‘z qismlari turli fonetik
variatsiyalarga uchraydi, biroq yozuvda bu jarayonlar aks ettirilmaydi:
Ketdi (ketti), yigitcha (yigichcha), tuzsiz (tussiz), taqsim (taxsim),
qochdi (qoshti), bog‘ga (boqqa), sig‘gan (siqqan), bargga (barkka) va
hokazolar. Morfologik yozuv imloda bir xillikni ta’minlaydi.
Shakliy (grafik) yozuv
. Nutqimizda keng qo‘llanadigan
o‘zlashma so‘zlarni qanday talaffuz qilishimizdan qat’i nazar asliga
muvofiq yozishni talab etadigan yozuv qoidasi. Ko‘pgina turkiy
tillardan farqlanib o‘zbek tilida o‘zlashma so‘zlarni o‘zlashtirish
madaniyatiga yaxshi amal qilingan. Bu, albatta, o‘zbek tili tarixida
arabiy, forsiy, keyinchalik ruscha o‘zlashmalarni o‘zlashtirishda
dastlabki qadamlarning to‘g‘ri tashlanganligi, aniqrog‘i, mazkur
so‘zlarni dastlab o‘z asarlarida foydalangan allomalarimiz asliga
muvofiq qo‘llay olganlari bilan bog‘liqdir: fikr (fikir), qahr (qahir),
116
hukm (hukum), muallim (malim), foiz (foyiz), Navoiy (Navoyi),
operator (apiratir), kvitansiya (kaptansa) va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |