Buxoro davlat universitetining



Download 33,48 Kb.
Pdf ko'rish
bet100/146
Sana25.05.2023
Hajmi33,48 Kb.
#944088
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   146
Bog'liq
Jo\'rayeva Nargiza

Graduonimiya.
Lug‘aviy 
birliklar 
o‘zaro 
ma’noviy 
munosabatiga ko‘ra ma’lum bir darajalanish qatorini hosil etishi fanda 
qadimdan ma’lum va uning eng yorqin namunasi - [o‘rta] so‘zini o‘z 
ichiga olgan so‘zlar qatori. Masalan: 
[Katta]-[o‘rta]-[kichik] 
[Yosh]-[o‘rta]-[qari] 
[Uzoq]-[o‘rta]-[yaqin] 
[Baland] –[o‘rta]-[past] 
[Uzun]-[o‘rta]-[qisqa]. 
Ma’lumki, [o‘rta] so‘zi bilan ifodalangan belgi-xususiyat tom 
ma’noda o‘rtalik, oraliq, ya’ni ikki bir-biriga zid belgi oralig‘idagi 
holatni ko‘rsatadi. [O‘rta] leksemasi antonimlar oralig‘idan o‘rin olsa, 
(katta-o‘rta-kichik) darajalanishi kam seziladi. Lekin [o‘rta] leksemali 
birliklarni zid belgi asosida emas, ma’lum bir belgining kamayishi 
yoki o‘sishi asosida idrok etilsa, ma’noviy darajalanish yaqqol 
anglashiladi. 
Darajalanish qatori a’zolari kamida uchta bo‘ladi. 
Darajalanish munosabatlari bilan bog‘langan so‘zlar qatorini
a) g‘ayrilisoniy asos; 
b) sof lisoniy asosga tayanib ajratish mumkin. 


146 
G‘ayrilisoniy omilning mohiyati shundaki, borliqdagi narsa, 
belgi-xususiyatda sifat farqi bilan birga miqdor farqi ham mavjud. 
Masalan, inson go‘daklik, yoshlik, navqironlik, yetuklik, qarilik 
holatini, o‘simlik navnihollik, ko‘chatlik, yetilganlik, quriganlik 
davrini boshidan kechiradi – organizm o‘sadi. Tabiatdagi rang va 
boshqa belgilar shunchalik xilma-xilki, bo‘yoqchilar birgina qora 
rangning hatto o‘ndan ortiq turini ajratadilar. Insonning faol ongi ana 
shu miqdoriy va sifatiy farqni aks ettiradi. Til ongning ifodasi 
bo‘lganligi bois u ongdagi aks ettirilgan mana shunday miqdoriy 
farqlarni ham ifodalashi lozim. Bunday miqdoriy farq turli usul bilan, 
jumladan, alohida-alohida leksema bilan ham ifodalanadi. Chunonchi, 
[nihol]-[ko‘chat]-[daraxt], 
[ninni]-[chaqaloq], 
[go‘dak]-[bola], 
[buzoq]-[tana]-[g‘unajin]-[sigir] kabi. 
Graduonimik lug‘aviy qatorni ajratishning lisoniy omili 
quyidagilar: 
a) ma’noviy omil;
b) so‘zlararo paradigmatik munosabat. 
Graduonimik qatorni ajratishdagi ma’noviy omilning mohiyati 
shundaki, bir qator leksemalar sememasida ma’lum bir belgining oz-
ko‘pligi, turli xil darajalariga ishora mavjud. Masalan, darcha-eshik-
darvoza leksemasining «O‘zbek tili izohli lug‘ati»dagi izohini 
kuzataylik: 
1. Darcha – ilgari vaqtlarda deraza vazifasini o‘tagan bir yoki 
qo‘sh tavaqali, eshik yoki devorga o‘rnatilgan kichkina eshikcha 
(O‘TIL, I, 212.)
2. Eshik – uy, xona, bino yoki hovlining kiraverishiga o‘rnatilgan 
ochib-yopib turiladigan moslama (O‘TIL, II, 457). 
3.Darvoza – hovli, qo‘rg‘on, qal‘a, zavod va shu kabilarga 
kiriladigan, ochib-yopiladigan katta eshik, qopqa (O‘TIL I, 209.) 
Ajratilgan 
so‘zlar miqdoriy ko‘rsatkichlarni ifodalovchi 
leksemalardir. Bu [darcha] leksemasi izohidagi (kichkina) va 
(eshikcha) so‘zlari, [darvoza] leksemasi izohidagi [katta] so‘zi.
Boshqa bir leksema qatorini olamiz: [gulobi]-[pushti]-[qizg‘ish]-
[qizil]-[ol]-[qirmizi]. 
Bu leksemalar qayd etilgan lug‘atda quyidagicha izohlangan: 
1. GULOBI – gulob rangli, pushti (O‘TIL, I, 197) 
2. PUSHTI – shaftoli guli rangidagi, och qizil (O‘TIL, II,608) 


147 
3. QIZG‘ISH – qizilga moyil, qizilga yaqin rangdagi, qizg‘imtir 
(O‘TIL, II, 573) . 
4. QIZIL – qon rangidagi, qirmizi, olvali (O‘TIL, II, 570) 
5. OL – qizil, qirmizi (O‘TIL, II, 529) 
6. QIRMIZI – qizil rangli, qizil, ol (O‘TIL, II,581) 
Bu tavsif, albatta, mukammal emas. Chunki ular o‘zining 
graduonimik tizimidan uzib tavsiflangan. Agar ular bir sistema 
a’zolari sifatida tahlil etilsa, quyidagi tavsiflarga ega bo‘lishar edi: 
1. GULOBI – gulob rangli, oqdan qizillikka, pushtiga moyil 
bo‘yoqli rang. 
2. PUSHTI – shaftoli guli rangidagi, och qizil, gulobidan to‘qroq. 
3. QIZG‘ISH – pushtidan to‘qroq, qizildan ochroq, qizg‘imtir 
rang. 
4. QIZIL – qon rang. 
5. OL – qizildan to‘qroq rangli. 
6. QIRMIZI – to‘q qizil rangli. 
Bu leksemalar denotativ ma’nolaridagi rangning miqdoriy semasi 
asosida quyidagicha darajalanadi. 
«qizillik» 
-3 -2 -1 0 + 1 + 2 
[gulobi] [pushti] [qizg‘ish] [qizil] [ol] [qirmizi]
Demak, lug‘aviy graduonimik qatorni ajratish uchun ma’noviy 
omil o‘zaro yaqin tushunchani ifodalovchilar sirasidagi har bir 
leksemada ma’lum bir belgining turlicha darajalanishiga ishora 
mavjudligida namoyon bo‘ladi. Shu asosda ma’noviy omilning o‘zi 
ikki turga bo‘linadi: 
1) bir-biriga yaqin va o‘xshash tushunchani ifodalashi; 
2) ayni bir belgining turli xil miqdoriga ishora qilishi. 
Graduonimik qator lug‘aviy paradigmaga qo‘yiladigan quyidagi 
talabning barchasiga javob berdi: 
1) lug‘aviy paradigmaning bitta yetakchi leksema (dominanti) 
atrofida birlashishi; 
2) lug‘aviy paradigmaning ochiqligi; 
3) lug‘aviy paradigmaning boshqa kattaroq paradigma tarkibiga 
yetakchi leksema bilangina kirishi; 
4) lug‘aviy paradigmadagi qurshov leksemaning dominant 
leksema bilan osonlikcha almashtirila olishi. 


148 
Demak, 
leksemalararo 
lisoniy 
munosabat 
sanaluvchi 
graduonimiya hodisasi bir necha leksemaning ma’lum bir belgining 
oz-ko‘pligiga qarab, lug‘aviy ma’noviy qatorda, tizimda namoyon 
bo‘lishi bo‘lib, bunda dominanta va qurshov leksema farqlanadi. 
Tildagi so‘zlar shakl xususiyatiga ko‘ra ham o‘zaro turli 
munosabatda bo‘ladi. So‘zlarning ayrimlari shakl jihatdan, ayrimlari 
ma’no jihatdan, ba’zilari esa talaffuzi jihatidan o‘xshash bo‘ladi. Shu 
xususiyatlariga ko‘ra so‘zlar quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 

Download 33,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish