ILMIY AXBOROTNOMA PEDAGOGIKA 2019-yil, 6-son 63
Ilmiy adabiyotlarda keltirilishicha[3,4], “innovatsion faoliyat” tushunchasi mazmunan ilm-fan
sohasida yaratilgan yangi g‘oya asosida ishlab chiqarilgan mutlaqo yangi yoxud takomillashtirilgan va
tovarlar bozoriga chiqarilgan innovatsiyaning o‘zidan tashqari bu jarayonning ilk bosqichlarida amalga
oshirilgan turli xil ilmiy izlanishlarni, ishlanmalarni ham qamrab oladi. Natijada, innovatsion faoliyat
negizida amalga oshiriladigan ilmiy faoliyatning qay darajada innovatsion xususiyat kasb etishini aniqlash
lozim bo‘ladi.
Shuni eʼtiborga olib turib, turli xil mualliflar tomonidan “innovatsiya” va “innovatsion faoliyat”
tushunchalariga berilga
n taʼriflarni mazmunan tahlil qilgan holda quyidagilar tanlab olinadi.
“Innovatsiya” deganda, yangitdan yaratiladigan (o‘zlashtiriladigan) yoki ilgari mavjud bo‘lgan
texnologiyalarni, tovarlarni va xizmatlarni takomillashtirish uchun asos bo‘ladigan, shuningdek, ishlab
chiqarish mahsulotlarini isteʼmol bozorlariga olib chiqib sotish tufayli foyda olish uchun qulay sharoit
yaratib bera oladigan tashkiliy-texnik boshqaruv qarorlari nazarda tutiladi [5]. Biron bir yangilikdan
innovatsiyalar quyidagi jihatlari bilan farqlanadi:
- innovatsiyalar shunchaki yangilik bo‘lmasdan mavjud tizimni tubdan isloh qilish uchun baza
yaratib beradi;
- innovatsiyalar amaliy jihatdan foydali bo‘lish xususiyatiga ega bo‘ladi;
- innovatsiyalar tijoratchilik nuqtayi nazaridan potentsial jihatdan foyda keltirishi kutiladi. Ilmiy
tushunchalardan to‘g‘
ri foydalanish borasida mavjud muammolarni eʼtiborga olib, “innovatsion faoliyat”
tushunchasiga quyidagicha taʼrif berilishi taklif etiladi: “innovatsion faoliyat” deganda, iqtisodiy faoliyat
sohasidagi jarayonlarni tushunish talab etiladi.
Shu o‘rinda ma
salaning yana bir muhim jihatiga eʼtibor qaratiladi. Ilmiy muassasalar bilan oliy
o‘quv yurtlarining va sanoat korxonalarining innovatsion faoliyati mazmun-mohiyatan bir-biridan
farqlanadi. Ilmiy muassasalar bilan oliy o‘quv yurtlarining innovatsion faoliyati haqida so‘z yuritilganida,
“ilmiy-innovatsion faoliyat” degan tushunchadan foydalanish to‘g‘ri bo‘ladi, deb hisoblanadi.
Oliy taʼlim muassasasining innovatsion faoliyati uchun zarur b
o‘lgan potentsialni shakllantirish
mexanizmini yaratish va uni amaliyotga tatbiq etish uchun bir qator masalalarni hal etishga to‘g‘ri keladi.
Jumladan:
-
oliy taʼlim muassasasining innovatsion potentsialini xarakterlovchi turli xildagi maʼlumotlar
bazasini tashkil etish;
-
oliy taʼlim muassasasining innovatsion potentsiali
ni shakllantirishga yo‘naltirilgan loyihalarni
moliyalashtirish;
-
innovatsion faoliyat uchun zarur resurslar bilan taʼminlash jarayonlari qanday amalga
oshirilishini aniqlab olish;
- mavjud bo‘lgan informatsion, innnovatsion loyihalarga daxldor informatsiyalar bazasini yaratish;
-
oliy taʼlim muassasasining innovatsion faoliyatini tizimli tahlil qilish;
- amalga oshirilishi mo‘ljallangan va realizatsiya qilinayotgan innovatsion loyihalarning
monitoring tizimini shakllantirish;
- tanlov asosida tanlab olingan innovatsion dasturlarning amalga oshirilishini tashkillashtirish.
Tashkiliy masalalarning rejali amalga oshirilishi natijasida oliy taʼlim muassasasining innovatsion
faolligini keskin yuksaltirishga imkon beradi.
Respublikamiz iqtisodiyotini takomillashtirish va jahon hamjamiyati bilan integratsiyalashtirish
uchun oliy taʼlim muassasasining ilmiy potentsialidan
o‘rinli foydalanish zarur.
Tahlillar shuni ko‘
rsatadaki, oliy taʼlim muassasasida amalga oshiriladigan ilmiy
-tadqiqot faoliyati
negizida uchraydigan va kelgusida bartaraf etilishi lozim bo‘lgan asosiy kamchiliklarni quyidagicha
taʼriflash mumkin:
- amalga oshirilayotgan ilmiy-texnik, innovatsion loyiha va dasturlarni rivojlantirishni qo‘llab-
quvvatlashga yo‘naltirilgan ishlarni muvofiqlashtirish yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan;
- bir vaqtning o‘zida bir qancha oliy o‘quv yurtlarining ishtirokida amalga oshirilishi lozim bo‘ladigan
kompleksli loyihalarni amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yetarlicha rivojlantirilmagan;
- oliy o‘quv yurtlarida amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot faoliyatining pirovard natijalari qanchalik
samarali ekanligini aniq bilib olish uchun kerakli informatsiyalarning to‘liq emasligi;
- aniq maqsadga yo‘naltirilgan marketing faoliyatining rivojlantirilmaganligi;
- o
liy taʼlim muassasasining ilmiy
-tadqiqot loyihalarni amalga oshirish va rivojlantirish ishlarini
moliyalashtirish uchun byudjetdan tashqari manbalarni izlab topishga yo‘naltirilgan aniq harakatlar yetarli
emas.