-
методические основы инновационно
-
исследовательской деятельности
в образовательных учреждениях
Аннотация.
В статье рассматривается процесс организации научно
-
исследовательской
деятельности, направленной на инновационную деятельность высших учебных заведений
Республики Узбекистан
и анализируется ее эффективность. Основой статьи является создание
механизма наращивания потенциала, необходимого для инновационной деятельности вуза и его
решения
.
Ключевые слова:
инновационная деятельность, научно
-
исследовательские учреждения,
общественная деятельность, научно
-
техническая деятельность, научно
-
исследовательская
деятельность
.
Regulatory and methodological foundations of innovative research activities in educational
institutions
Abstract.
The article discusses the process of organizing research activities aimed at the
innovative activities of higher educational institutions of the Republic of Uzbekistan, and analyzes its
effectiveness. The basis of the article is the creation of a mechanism for building the capacity necessary for
the innovative activities of the university, and its solutions.
Keywords:
innovation activity, research institutions, social activity, scientific and technical
activity, research activity.
O‘
zbekiston Respublikasi taraqqiyotida xalqning boy maʼnaviy salohiyati va umuminsoniy
qadriyatlariga hamda hozirgi zamon madaniyati, iqtisodiyoti, ilm-fan va texnikasi va texnologiyasining
so‘
nggi yutuqlariga asoslangan mukammal taʼlim tizimini barpo etish
dolzarb ahamiyatga ega.
Konstitutsiyamizda belgilangan normalar, “Taʼlim t
o‘g‘risida”gi qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi
bu borada mustahkam huquqiy poydevor sifatida xizmat qilmoqda.[1,2].
Oliy va o‘
rta maxsus taʼlim vazirligi
va shuningdek, yirik mutaxassislar mamlakatimizda va xorijiy
mamlakatlarda to‘
plagan ijobiy tajribalariga asoslangan holda, oliy taʼlim tizimining t
o‘laqonli faolitini
tashkil etish va islohatlarni jadallashtirishga qaratilgan qator meʼriy
-uslubiy hujjatlar ishlab chiqilmoqda va
mustaqillik yillarida taʼlim sohasi, xususan, oliy taʼlim tizimini rivojlantirishga berilayotgan eʼtibor har
tomonlama yetuk intelektual salohiyatli kadrlarni tayyorlashga yo‘naltirilganligidadir.
Ilm-fan va zamonaviy texnologiyalarni rivojlantirish O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyotini amalga oshirish borasida hal etilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalardan biri sanaladi.
O‘zbekiston Respublikasi jahon bozorlariga chiqishi va u yerda o‘ziga munosib o‘rinni egallashi uchun
ilm-fan yutuqlaridan keng ko‘lamda foydalanadigan, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqara oladigan
iqtisodiy tizimni shakllantirishi shart. Bunday masʼuliyatli vazifani mukammal darajada bajarish uchun esa
milliy ilm-fanni jadal tarzda rivojlantirishga katta ahamiyat berilishi lozimdir.
Mamlakatimizda shakllantirilayotgan yangicha bozor munosabatlari ilm-fan dargohlarining va shu
jumladan, oliy taʼlim berishga ixtisoslashgan muassasalarning faoliyatiga ham
o‘
z taʼsirini k
o‘rsatmoqda.
Mavjud shart-sharoitlarda milliy ilmiy muassasalarimizda va oliy o‘quv yurtlarimizda yaratiladigan ilmiy-
innovatsion mahsulotlarni ichki va tashqi bozorlarda sotishga moslashtirilgan tizimni shakllantirish taʼlim
muassasalarining funktsional faoliyati samaradorligini oshirishning hamda bozor munosabatlari asosida
ishlashga o‘tishning muhim shartlaridan biriga aylanmoqda.
Ilm-fan sohasida kashf etilgan yangi g‘oyalarning moddiy tusga kiritilishi bosqichida innovatsion
faoliyat sohasidagi novatorlik mehnati quyidagi xususiyatlarni kasb etadi:
- xayoliy tasavvurdagina bo‘lgan g‘oyalarni moddiylashtirishga intilishning natijalari ehtimoliy
xarakter kasb etadi, turli xil tavakkallar tufayli negativ natijalar olinishi ehtimoli mavjud bo‘ladi;
- innovatsion faoliyat yakunida hosil qilinadigan mahsulotlarning noyob xususiyatlarini takroran
yaratish mumkin bo‘lmaydi.
Innovatsion faoliyat mohiyat-mazmuniga ko‘ra ilm-fan sohasida erishilgan yutuqlarning bevosita
ishlab chiqarish sohasida moddiylashtirilishini taʼminlab, ijtimoiy faoliyatning har ikki sohasini
o‘zaro
bog‘laydigan, integratsiyalashtiradigan, turli xil iqtisodiy agentlarning texnik-iqtisodiy ehtiyojlarini ilm-fan
tomonidan beriladigan imkoniyatlar vositasida qondirilishi uchun sharoit yaratib beradigan o‘ziga xos
ishlab chiqaruvchi kuchdir.
Oliy o‘quv yurtlarining innovatsion faoliyatini ilmiy jihatdan o‘rganish davomida turli xil
muammolar ushbu sohada ishlatiladigan asosiy tushunchalarni talqin etish davomidayoq ko‘zga tashlanadi.
Buning asosiy sababi shuki, biz uchun birinchidan, “innovatsion faoliyat” va ayniqsa, “oliy o‘quv
yurtlarining innovatsion faoliyati” degan tushunchalarning o‘zi nisbatan olganda yaigilikdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |