Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA FILOLOGIYA 2019-yil, 6-son



Download 5,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/240
Sana25.05.2023
Hajmi5,03 Kb.
#943912
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   240
Bog'liq
118zoX98tHCdD ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA FILOLOGIYA 2019-yil, 6-son 
10 
tarkibida ham termin bo‘la olmaydi [14, 48]. Bunda olim qator olimlarning fikrlariga metodologik asos sifatida 
tayanib, tadqiqotchilarning mulohazalarini “ular faqat terminlarning nutqiy substitutlaridir, fikrni ifodalash 
vositalaridir, biroq voqea-hodisalarning nomi bo‘la olmaydi” tarzida umumlashtiradi va ularning ishlariga havola 
beradi [7; 8; 17]. Kitobda 
temir yo‘l, muzyorar, ustqurma, besh yillik, uchburchak, gidroliz, antioksidlovchi, 
antikosinus, avtobaza, avtobenzin, kinokomediya, karbonvodorod, elektrostansiya
kabilar qo‘shma terminlar 
sifatida qayd etiladi. Olim fikrlariga qo‘shilgan holda, e’tiroz sifatida fe’l terminlar ham terminosistemalarda 
ko‘plab uchrashini aytib o‘tish lozim. Masalan, avtoyo‘lsozlik terinologiyasida 
burg‘ilash, tekislash, shibbalash, 
payvandlash
so‘zlari terminologik mohiyatga egaligini ko‘rishimiz mumkin.
Olim qo‘shma terminlarning bir ko‘rinishi sifatida gibrid terminlarni ajratadi. “Gibrid terminlar 
o‘zbek ilmiy-texnikaviy terminologiyasida keyingi yillarda paydo bo‘lgan yangi tipdagi qo‘shma terminlardir. 
Gibrid so‘zi keng ma’noda “turli til elementlaridan tuzilgan “duragay” so‘zlardir [1, 98]. Masalan, fizikadagi 
kvazizarralar termini gibrid so‘z bo‘lib, u lotincha 
quasi
(soxta, yolg‘on) so‘z formasi hamda o‘zbek tilidagi 
zarra
so‘zining qo‘shilishidan yasalgan. Demak, o‘zbek terminologiyasidagi gibrid qo‘shma terminlar asosan 
internatsional terminelementlar sifatida grekcha va lotincha prefiksal xarakterdagi bog‘liq morfemalar ishtirok 
etadi. Masalan, aviasanoat, aerofotosurat, gidrotuzlar, ultratovush singari gibrid qo‘shma terminlarning birinchi 
komponentlari (
avia-, aero-, gidro-, ultra
-) ana shunday internatsional terminelementlar, ikkinchi komponentlari 
esa o‘zbekcha so‘zlardir” [14, 56]. Olimning fikrlariga qo‘shilgan holda, undagi ayrim e’tirozli nuqtalarni ham 
qayd etib o‘tish lozim deb o‘ylaymiz. Chunki mazkur gibrid terminlar ikkinchi komponentlarining barchasi ham, 
albatta, o‘zbekcha so‘zlar emas. Masalan, 
sanoat, surat, zarra
kabi so‘zlar o‘zlashma qatlam birliklaridir. 
Keyingi uzvlari o‘zbekcha so‘zlar bo‘lgan gibrid terminlar avtoyo‘lsozlik terminosistemasida ham ko‘plab 
uchraydi, albatta. Masalan, 
avtoyo‘l,avtoyo‘lsozlik, avtoharakat, avtohalokat
kabi. 
Olim juft terminlarni ham ajratadi. “Ikki mustaqil leksik ma’nolo komponentlarning teng bog‘lanishi 
asosida tashkil topib, umumlashtirish, jamlik kabi ma’nolarni ifodalovchi so‘z – juft termindir. Juftlashuvchi 
qismlar orasidagi tenglik munosabati yozuvda defis bilan ko‘rsatiladi. Talaffuzda bu qismlar teng fonetik 
cho‘qqiga ega bo‘ladi, ayni vaqtda, ikkichi yagona leksik urg‘u yordamida leksema bo‘lib birlashadi” [14, 68]. 
Tilshunos 
elektron-optik, zichlagich-planka, to‘qima-trikotaj, universal-chopiq
kabilarni bunga misol sifatida 
keltiradi. Bunday misollar avtoyo‘lsozlik terminologiyasi tizimida ham uchrab turadi. Masalan,
bitumli-gruntli, 
sement-tuproqli, shlak-tuproqli, qatron-betonli, qum- asfalt-betonli qoplama 
kabi
.
Biz ulardan terminlarga nisbatan 
birikma
atamasini qo‘llashni ma’qul ko‘ramiz. 
Murakkab
terminini qo‘llash ma’qul emasligini bir necha sabablar bilan asoslash mumkin.
Birinchidan, so‘zlar kabi terminlar ham shakl va ma’no birligidan iborat. Shu boisdan 
murakkab
atamasi qo‘llanganda terminning shaklining ham, ma’nosining ham murakkabligi tushunilishi mumkin. Bu esa 
masala mohiyatining yaqqol ifodalanmasligiga sabab bo‘lishi mumkin. 
Ikkinchidan, 
murakkab
atamasi so‘zlarga nisbatan qo‘llanganda, ularning o‘zaklari miqdoriga asosiy 
e’tibor qaratiladi. Bu holda birdan ortiq o‘zakdan tashkil topgan, qo‘shma so‘z holidagi terminlar ham, so‘z 
birikmasi shaklidagi terminlar ham anglashilishi mumkin. Holbuki, ko‘p hollarda 
murakkab
atamasi ostida 
birikma shaklidagi terminlar nazarda tutiladi. 
Shuningdek, 
birikmali termin
atamasida ham ma’lum darajada mantiqiy xatolik bordek tuyuladi. 
Ma’lumki, -
li
qo‘shimchasida “biror narsaga ega” ma’nosi ham mavjud bo‘lib, 
birikmali termin
deganda, o‘z-
o‘zidan, termin biror-bir birikmaga ega degan ma’no uqiladi.Shuning uchun 
birikma termin
atamasini qo‘llash 
har jihatdan qulay. 
Aytilganlar asosida biz avtoyo‘lsozlik terminlarini shakliy strukturasiga ko‘ra dastlab to‘rt yirik 
guruhga ajratishni ma’qul ko‘ramiz:
a) sodda terminlar;
b) qo‘shma terminlar;
v) juft terminlar; 
v) birikma terminlar. 

Download 5,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish