72
shahriston II niki 6 ga bo‘lib, ark tarhi 115x110 m ni tashkil etadi.
Do‘rmontepa Samarqandni Buxoro bilan bog‘lagan Buyuk ipak
yo‘lida joylashgan va savdo karvonlari uchun muhim qo‘nimgoh
vazifasini o‘tagan. Tarixchi va arxeologlar uni o‘rta
asr yozma
manbalarida qayd etilgan Xoxsar (Yoqut al-Hamaviy asarlarida - Al-
Xoxasro) deb hisoblashadi. Do‘rmontepa XIII asr boshida mo‘g‘ullar
tomonidan vayron qilingan.
5.3.Хitoy va arab geograflari Samarqand haqida
Umumiy miqyosda qaraganda,
Samarqand atamasi bilan
ataladidan joylar ko‘p. Jumladan: Mo‘g‘ilistonda XIII asrda
Samarqand degan shahar bo‘lgan, Boburning tog‘asi Ulug‘bek
Afg‘onistondagi
bir
qishloqni
Samarqand
deb
atagan,
Qozog‘istondagi Temirtov shahri XX asirning 40-yillariga qadar
Samarqand deb atalgan, aynan shu yerda Nura daryosi bo‘yida
Samarqand
suv ombori qurilgan, Farg‘ona viloyatining Bog‘don
tumanida Samarqand nomi bilan atalgan qishloq mavjud, Surxondaryo
viloyatining Sariosiyo tumanida Bog‘i Samarqand qishlog‘i bor,
Turkiston tog‘ tizmasida Samarqand cho‘qqisi bor.
Haqiqatga yaqin bo‘lgan ilmiy qarash Samarqand Buyuk ipak
yo‘lida chorraha vazifasini o‘tagani uchun uni “Chorahadagi shahar”
arab manbalarida “Smirig‘” chorraha mazmunini beradi deb atashgan.
Samarqand jahon shaharsozligi tarixida chuqur iz qoldirgan
qadimiy maskanlardan biri hisoblanadi. Miloddan avvalgi 1- ming -
yillikning o‘rtalaridan to XVII asr boshlarigacha Samarqand Sug‘dning
mamuriy markazi bo‘lga. Samarqand shahrining nomi bilan bog‘liq
ko‘pdan-ko‘p afsona va rivoyatlar tarixi saqlanib qolgan. O‘rta asrlarda
yaratilgan asar “Kitab fi-qand at tarixi Samarqand”
- Samarqand
tarixining qand kitobi shaharga bag‘ishlangan bo‘lib, qisqartirilgan
nusxa-“Kichik qandiya” bizgacha yetib kelgan.Unda Samarqandning
afsonaviy hukmdori Shamar ibn Xoris haqida bo‘lib,u bu yerda o‘z ismi
bilan atalgan “Samarkad” degan shahar barpo etadi. Keyin bu nom
Samarqand bo‘lib o‘zgarib ketgan. Kitobda Samar haqida afsona bayon
qilingan.Samar shahar atrofida bir go’zal joyni
topgan bu joy serhosil
yer bo‘lgan.
Arab tarixchisi at-Tabariy “Payg‘ambarlarga va podshohlar tarixi”
kitobida shaharga shoh Samar asos solganligi,”qand” esa bu joylarda
yashagan turk aymog‘i ekanligini aytgan. Samariyayning sankskritcha
uchrashuv joyi, savdogarlar yig‘iladigan joy tarzida talqin qilingan.
73
Mahmud Qashqariy fikricha shahar “Semizkent”,ya’ni “semiz boy”
shahar ma’nosini anglatadi.
Xitoylik VII asda yashagan Syan Szyan o‘z kundaligida:
Samarqand
yerlari bepoyon, semiz va unimdor bo‘lib, gullar meva-
chevalarga serob.
X asr taniqli arab geografi Istaxriy Sharqning juda ko‘p
mamlakatlari bilan yaqindan tanishgan. Samarqandni “Alloh yaratgan
eng suyukli yurtlardan biri”, “Yer yuzidagi rohatbaxsh joy” deb
ta’riflaydi.
At-Tabariy esa Samarqandni “musulmon amirlarning bog‘i”
sifatida ulug‘lagan.
XII asr tarixchisi Idrisi fikricha: “Samarqandliklar qalbi g‘o‘zalikka
oshno”, Jahonni bezaydigan mo‘jizalarni yaratishga qodir ustalar
ko‘pligi yozilgan.
XV asr ozarbayjon geografi Abdurashid
al-Bakuviy Samarqandni
ko‘rgach, Yer yuzida bu shahardan yaxshiroq,yoqimliroq o‘zga bir
maskan yo‘q,- deb yozgan.
Samarqand shimoliy chekkasida 200 gektardan katta maydonda
tepaliklar yastanib yotibdi. Bu tepaliklarni mahalliy aholi Afrosiyob
nomi bilan ataydi. Qadimiy Samarqand shahi hayoti paydo bo‘lgandan
to mo‘g‘ullar bosqinigacha g‘o‘zal bo‘lgan.
O‘zbekiston Respublikasi FA Arxeologiya
instituti xodimlari
fransuz olimlari bilan parallel shahar xarobalarini o‘rgandilar. Qazishma
ishlari Samarqanddan 30 km shimoliy-g‘arbda joylashgan
Do'stlaringiz bilan baham: