70
5.2.
Samarqanddagi qadimgi shaharlar
Ko‘ktepa
qadimgi shahar ya’ni, miloddan avvalgi IX-IV asrlar
va milodiy I asrlarga ta’luqli. Samarqand viloyatining Payariq
tumaniga qarashli hududida, Batrak va Shamat qishloqlari,
oralig‘ida, Bulung‘ursoyning qadimgi o‘zani sohilida joylashgan.
Mahalliy aholi orasida u Sayiltepa deb ataladi. Ko‘ktepa
ilk temir
davri shahar xarobasi, kvadrat shaklida, maydoni 23 ga atrofida, uning
relefida chor atrofi bo‘ylab qad ko‘targan mudofaa devori va 4 joyda
shahar darvozalarining o‘rinlari yaqqol ko‘zga tashlanadi. Yodgorlik
relefida shahar mudofaa devorining tashqarisidan 2 - mudofaa
inshooti o‘tgan ko‘rinadi. Uning xom g‘ishtdan qurilgan izlari 1 km
chamasi
uzunlikda
yodgorlikning
shimoliy-g‘arbiy
tomonida
kuzatiladi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, u yaqin 100 ga maydonni o‘rab
olgan. Ammo 2 - mudofaa inshooti oralig‘i keyingi - yillarda
xo‘jalik maqsadlarida to‘liq o‘zlashtirilib, uning qadimgi inshootlari
mutlaqo buzib tashlangan. Ko‘ktepa maydonining 2
joyida baland
do‘ngliklar kuzatiladi. Ulardan biri yodgorlikning markazida, kvadrat
shaklida (70x70 m), ikkinchisi, uning sharqida, 2 yarus (qavat,
qatlam) li (qasr oldidagi maydon bilan).
Yodgorlikda olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasiga ko‘ra,
qadimgi shahar hayoti 3 davrga bo‘linadi (Ko‘ktepa 1,2,3). Ko‘ktepa I
davri Zarafshon vodiysida mahalliy chorvador saklarning o‘troq
hayotga, dehqonchilik xo‘jaligi
yuritishga ommaviy ravishda
o‘tayotgan, Sug‘diyona dehqonchilik vohasining jadal tarkib
topayotgan davri bilan farqlanadi. Bu davrda kulolchilik mahsulotlari,
asosan, qo‘lda tayyorlanib, ularning och rangli pardozlangan sirtiga
qizg‘ish qora bo‘yoqda turli shakllarda gul solish odat bo‘lgan.
Ko‘ktepa 1 davrida dastlab aholi yarim yer to‘la shaklidagi kulbalarda
yashadi, uning so‘nggi bosqichiga kelib, guvala va xom g‘ishtdan ko‘p
xonali uylar va baland platforma (tag kursi) ustiga monumental bino
(ibodatxona majmuasi) qurish odat tusiga kiradi. Ko‘ktepa 1
davri
majmuasi Farg‘ona vodiysining Chust madaniyati, umuman, O‘rta
Osiyoning Yaz 1 deb atalgan arxeologik majmualari bilan har jihatdan
bir-birlariga yaqin va o‘xshash, deb topilmoqda.
Ko‘ktepa 2
davriga kelib, Sug‘diyona hududlariga Qadimgi,
Sharq tamadduniga xos urbanistik jarayon jadal kirib keladi. Yangi
etnomadaniy qatlamning yerli tub aholi
bilan qorishuvi natijasi
sifatida Ko‘ktepa 2 majmuasi tarkib topadi. Bu jarayon, ayniqsa,
71
kulolchilikda yaqqol ko‘zga tashlandi. Keramika mahsulotlari
tarkibida yuqori sifatli, kulolchilik charxida tayyorlangan idishlar
keskin ko‘payadi. Endi, kulolchilikda
sopollarning naqshiga emas,
balki ularning sifatiga e’tibor qaratiladi. Uy-joy qurilish sohasida
monumental binolar, majmualar barpo etish rivojlanadi. Sug‘dda
qadimgi shahar madaniyati uzil-kesil shakllanadi. Bu davrda
Ko‘ktepada, uning markazida qalin platforma (tagkursi) ustida
mahobatli shahar ibodatxonasi uzil-kesil shakllanadi. Undan
sharqroqda joylashgan Ko‘ktepa hukmdorining qasri tarkib topadi.
Ko‘ktepa 3 davriga kelib, Qadimgi Shharq tamadduni an’analari
asosida rivojlanishda davom etayotgan shahar hayotiga makedoniyalik
Aleksandr yurishlari munosabati bilan ellin madaniyati kirib keladi.
Shahar maydoni yo‘lak hosil qilgan 2 qatorli mudofaa devori bilan
o‘rab olinadi. Shahar maydonining yuqori qismida kamida 0,50 sm
qalinlikda ellin davri qatlami hosil bo‘lgan. Undan so‘ng qandaydir
sababga ko‘ra, shaharda hayot to‘xtaydi.
Ko‘ktepadan 25 - 35 yoshdagi ayol qabri ochildi. Qabrdan
yog‘och to‘shama va qamish bo‘yra izlari topildi. Ayolning
ko‘ylagining chetlari silindr shakldagi 345 ta oltin taqinchoqlar, bosh
kiyimi esa 57 ta shisha munchoq bilan bezatilgan. Belbog‘iga feruza
qadamalar o‘rnatilgan oltin to‘qachalar taqilgan. Mayyitni oyoq
tomonidan qaychi, urchuq va Xitoyning
Xan sulolasi davriga oid
kumush qo‘shilgan dumaloq jez ko‘zgu topildi. Mana shu ko‘zgu va
boshqa belgilarga ko‘ra, qabr miloddan avvalgi 1 - milodiy 1 - asrga
oid deb belgilandi. Qabr maydoni 11 x 5,5 m xajmda bo‘lib,
lahadning chuqurligi 6,5 m ni tashkil etgan. M.Isomiddinovning
fikricha, bu yerda malika yoki aslzoda ayol dafn etilgan. 2001 - yilda
Ko‘ktepa minorasi o‘rnida qazishma ishlari davom ettirildi, u yerdan
miloddan avvalgi VIII-VII asrlar sopol idishlar, tegirmon tosh
bo‘laklari, tosh o‘roq, qozon, bandli marmar tarozu toshi, marmardan
ishlangan buyumlar, 4 oyoqchali kichik chirog‘don, to‘qimachilik
dastgohi uchun mo‘ljallangan
suyak taroq, tosh pichoq, og‘ir bolta,
hayvon suyaklari topildi.
Do'stlaringiz bilan baham: