Мавзу: Математика фанининг тарихи, методи ва метадалогияси



Download 2,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/85
Sana23.05.2023
Hajmi2,11 Mb.
#942889
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   85
Bog'liq
O`zbekiston respublikasi oliy

Ulug’bek maktabi 
Markaziy Osiyoda matematika fani rivojiga Ulug`bek ilmiy maktabi katta xissa qo`shdi (XV-
XVI asrlar).U o`ttiz yildan ortiq faoliyat ko`rsatdi. Quyida bu maktabda matematika bo`yicha ilmiy 
ishlar olib borgan olimlar to`g`risida hikoya qilamiz.
Muhammad Tarag`ay Ulug`bek (22.03.1394-27.10.1449)-buyuk o`zbek astronomi va 
matematigi. Davlat arbobi va ma'rifatparvari. Amir Temur Sohibqironning nevarasi. 1409 yildan 
samarqand hukmdori. Otasi-Shohruhning vafotidan so`ng Samarqand hukmdori. Otasi-Shohruhning 
vafotidan so`ng temuriylar dinastiyasi boshlig`i. Samarqandda madrasa va dunyoda eng yaxshi 
rasadxona bunyod etdi. O`z atrofiga mashhur matematik va munajjimlarni to`plab, ilmiy maktab 
tashkil etdi. Samarqand rasadxonasida bir asrga yaqin muddat mobaynida ilmiy kuzatishlar olib 
borildi. Unda yulduzlar va sayyoralar harakatiga oid «Yangi astronomik jadvallar» («Ziji jaddi 
Ko`ragoniy») (1437 y.) tuzilib, astronomiyaning nazariy va amaliy masalalari keng bayon etildi. 
1019 yulduzning vaziyati ko`rsatilib, qariyb 200 yil davomida Tixo Bragegacha uning aniqligi eng 
yaxshi bo`lib turdi. Ulug`bek tomonidan juda aniq trigonometrik jadvallarni tuzishga imkon 
beruvchi al-jabr usullari ishlab chiqildi. Bu usul istalgan aniqlikda hisoblashlarni amalga oshirishga 
yordam berar edi. Uning nomi bilan Samarqand me'morchilik-qurilish instituti, Toshkent shahrida 
Mirzo Ulug`bek tumani va ko`plab joylar ataladi. Oyning qo`rinib turuvchi tomonidagi bir krater 
Ulug`bek nomi bilan ataladi. 1994 yilda uning 600 yillik yubileyi respublikamizda va jahonda keng 
nishonlandi.
Salohiddin Muso ibn Muhammad ar-Rumiy Qozizoda (1364-1436)-Ulug`bek ilmiy 
maktabida faoliyat ko`rsatgan matematik. Turkiyadagi Rum (hozirgi Bursa) shahrida tavallud 
topgan. Samarqandda yashadi va ijod qildi. Fan sohasidagi yutuqlari uchun «Aflotuni zamon» 
degan nom olgan. Uning matematikaga oid ishlari: «Arifmetika haqida risola», «Asosiy jumlalar 
kitobiga sharhlar» (bunda Evklid V postulatini isbotlashga urinadi), «Sinus haqida risola» (20 li 
vatar, ya'ni 10 li sinusning ikkilangani uchun tenglamani keltirib chiqarish va yechish bayon 
etilgan), «Sinus choragi haqida risola» (algebra va trigonometriyaga bag`ishlangan bo`lib, 
trigonometrik funksiyalarning har bir to`rtdan bir daraja qiymatlari aljabr usulida aniqlangan). 
Uning matematika bo`yicha ishlari al-Koshiy ishlariga ulashib ketgan.
G`iyosiddin Jamshid ibn Ma'sud al-Koshiy (1385-22.06.1429)-matematik va astronom, 
Samarqandda Ulug`bek rasadxonasida Qozizoda ar-Rumiy bilan ishlagan. Koshon (Eron) shahrida 
tug`ilgan. 1417 yilda Samarqandga keladi va shu yerda yashab ijod qiladi. Matematikaga oid 3 ta 
asar yozgan: «Arifmetika kaliti» («Miftoxul-hisob») (1427 yilda yozgan) sodda matematika 
bo`yicha asosiy o`qish kitobi bo`lib xizmat qilgan. Kitobda ilgari matematika bo`yicha olingan 
natijalar bilan birgalikda ko`p muhim kashfiyotlar bayon qilingan. Xususan, sonlardan ixtiyoriy 
musbat butun ko`rsatkichli ildiz chiqarish, ikkihad-Nyuton binomini butun musbat darajaga 
ko`tarish, Xitoy va arab Sharqi olimlariga qaraganda izchilroq o`nli kasrlar va ular ustida amallar 
bajarish qoidalari ishlab chiqilgan. Olim yuqori tartibli tenglamalarni taqribiy yechish qoidalarini 
«Vatar va sinus haqida» asarida bayon etadi. Natural sonlar to`rtinchi darajalari yig`indisini topish 
qoidasi Koshiy nomi bilan ataladi. «Aylana haqida risola» (1427 yil) asarida al-Koshiy ( sonining 
verguldan keyingi 17 ta qiymatini topadi. (Evropada bunday natija 1597 yilda qo`lga kiritilgan), 
bunda Arximed usulidan foydalanadi, aylanaga ichki chizilgan muntazam 
28
10
3

tomonlik orqali 
( sonni qiymatini aniqlagan (ya'ni u muntazam 600335168-burchak tomonini hisoblashiga to`g`ri 
kelgan). U trigonometrik hisoblashlarni takomillashtirdi, osmon jismlarigacha bo`lgan masofalarni 
o`lchash usulini topdi, sayyoralar harakatini kuzatish uchun mexanik asbob ixtiro qilgan.


111 
Aloviddin ibn Muhammad Ali Qushchi (1402-1474)-asronom va matematik. Ulug`bek 
rasadxonasida ishlagan. Dastlab Ulug`bek saroyida «qushchi» lavozimida ishlagan. So`ngra Xitoy 
imperatori saroyida Ulug`bekning elchisi bo`lgan. Ulug`bek vafotidan so`ng Istambulgan oid 
asarlari: «Hisob risolasi» (1425 yil) asari hindlar arifmetikasi (oltmishlik sanoq sistemasi) va 
geometriyaga bag`ishlangan, «Kasrlar haqida risola» (1430 yil) kasrlarga bag`ishlangan bo`lib, 
unda oddiy va o`nli kasrlar haqida to`liq ma'lumot berilgan. «Kitobul-Muhammadiya» asari fors-
tojik tilida yozilgan, geometriya, trigonometriya va arifmetikaga bag`ishlangan. Bunda u birinchi 
bo`lib, hozirgi «musbat» va «manfiy» atamalarini kiritdi. Unda shuningdek, tekis uchburchaklar 
trigonometriyasi, sinus va kosinus teoremalari, uchburchak va doira yuzlarini topish formulalarini 
berdi. Qushchi uchburchaklarni yechish masalasi bilan shug`ullangan. Bu masalada Koshiy va 
Qushchi birinchi bor kosinuslar teoremasini qo`llaganlar. (Ovrupoda Viet uni 1593 yilda tatbiq 
etgan). Trigonometrik funksiyalarning qiymatlarini hisoblashda chiziqli interpolyatsiyalash usulini 
bayon etgan.

Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish