O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi
Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023
O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti
Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini
o‘rganish masalalari
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-307-312
311
8-fevral
https://tai.uz/ Xalqaro konferensiya
falsafa bilan boyitishga e‟tibor qaratadi. Falsafiy yondashuvlar esa adabiy tanqid va
adabiy talqin qilishni uslubiy jihatdan kengaytiradi, filologik nuqtai nazardan
ularning maqsad va vazifalarni to„g„ri belgilashga xizmat qiladi.
“Ibrohim Haqqulovning birgina adabiyot emas, balki boshqa fanlardan ham
yetarli darajada xabardorligi, o„z xalqining faol fuqarosi sifatida siyosiy-ijtimoiy
qarashlari mavjudligi, hayotni chuqur bilishidan dalolat beradi, deb yozadi E.Ochilov
“Ilmga baxshida umr”nomli maqolasida. - O„z tadqiqotlarida Avesto, Qur‟on, Injil,
Talmud, kabi diniy adabiyotlar, hadislar va boshqa turli diniy adabiyotlarga ham tez-
tez murojaat qilib turadi”.
Demak, bitta asar haqida yaratilgan turlicha tahlil va talqinlar ichida yozuvchining
badiiy niyatini to„g„ri anglay olgan, tanlangan mavzu, ilgari surilgan g„oya haqida
to„g„ri xulosaga kelgan asosli fikrlargina yashovchanlik qudratiga ega bo„ladi. Shu
bilan birgalikda tahlil va talqinlar jarayoni inson tafakkurining o„sishiga, fikr
olamining kengayishiga, inson ongosti qatlamida mudrab yotgan fikrlarning
uyg„onishiga, oxir-oqibat esa butun jamoatchilik saviyasining o„sishiga, ularda ham
fikrlar, yangi g„oyalar paydo bo„lishiga olib keladi. Ibrohim Haqqulning “Yana qora
rang talqini haqida” (NQ, 1-kitob), “Badiiy matn va tahlil muammolari”, “She‟riy
matn va obraz ma‟nodorligi”, “Navoiy she‟riyatida so„zning obrazga aylanish
asoslari”, “Navoiy she‟riyatida so„z va ma‟no”, “Tamalsiz talqin g„alatdir”, “Navoiy
she‟riyatida fano talqinlari” (NQ, 2-kitob), “Adabiy matn: munosabat va talqin”,
“Navoiy she‟riyatida haq va shaxs munosabati” (NQ, 3-kitob), “Anosiri arba‟a:
mohiyat va she‟riy talqin”, “Navoiy she‟riyatida tark tushunchasi va talqinlari”,
“Navoiy ijodida “adam va vujud” falsafasi”, “Hadis va talqin mahorati” (NQ, 4-
kitob) maqolalari bevosita matn tahlili va talqiniga bag„ishlangan. Faqat sanab
o„tilganlargina emas, olimning har bir maqolasi, suhbat va sharhlarida ham badiiy
tafakkur mahsulining bugungi kun nuqtai nazaridan tahlil va talqinlari beriladi.
Ibrohim Haqqulning tadqiqotlarining yetakchi xususiyati teran fikrlilik, tahlilda
izchillik, mushohadalarning o„tkirligi, nazariy bilimlarining chuqurligi, dalillash
san‟atida mohirligi, bayonda ilmiy va badiiy uslubning o„ziga xos omuxtaligi bilan
ajralib turadi. Olimning Navoiy ijodiga doir asarlari shoirni xalqqa, kitobxonlar
qalbiga qaytishi uchun mudom xizmat qilishi shubhasizdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |