O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Volume 4


O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi



Download 378,08 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana23.05.2023
Hajmi378,08 Kb.
#942877
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
navoiyshunoslik-tahlil-sharh-va-talqinlar

O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi 
Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023
O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti 
Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini 
o‘rganish masalalari 
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-307-312
 
 
 
 
 
 
309
 
8-fevral 
https://tai.uz/ Xalqaro konferensiya 
metodlar asosida talqin qilish orqali badiiy haqiqat mohiyatga yaqin keladi. Shu bilan 
birgalikda tahlil va talqinlar jarayoni inson tafakkurining o„sishiga, fikr olamining 
kengayishiga, inson ong osti qatlamida mudrab yotgan fikrlarning uyg„onishiga, oxir-
oqibat esa butun jamoatchilik saviyasining o„sishiga, ularda ham fikrlar, yangi 
g„oyalar paydo bo„lishiga olib keladi. 
Ma‟lumki, “adabiyotshunos ham talqinni o„quvchi sifatida boshlaydi, ya‟ni u ham 
talqinni talqin qiladi – obrazlar vositasida aks ettirilgan voqelikni tasavvurida qayta 
yaratadi. Biroq uning talqini shu amalning o„zi bilan cheklanmaydi, u tadqiq ham 
etadi. Adabiyotshunos, jumladan, asardagi obrazlarni tasavvurida jonlantirish asosida 
qayta akslangan voqelikni real voqelik (asarda aks etgan va asar o„qilayotgan davr 
voqeliklari) bilan muqoyasa qilish, shu asosda muayyan xulosalar chiqarishga intiladi 
[Quronov, 2015: 24]. Germenevtika matnni idrok etish va tushunish masalalari bilan 
shug„ullanadi, ya‟ni so„zlovchi va tinglovchi yoxud ijodkor va o„quvchi o„rtasidagi 
o„ziga xos dialogdir. Germenevtika zohiriy ma‟no ostida yashiringan ma‟noning 
ochilishi deb ta‟riflanadi. Shuningdek, tushuntirish va tushunish talqin deb atash 
mumkin bo„lgan murakkab jarayonning nisbiy momentlarini tashkil qiladi [Ricoeur, 
1986:162]. 
Bir maqola doirasi talqinshunos Ibrohim Haqqulning “Navoiyga qaytish” 
kitoblarining birinchi va ikkinchi jildlaridan o„rin olgan Navoiyning mashhur “Qaro 
ko„zum” radifli g„azali tahliliga bag„ishlangan “Terning siri” va “Qaro ko„zum 
kelu...(Bir bayt tahlili)” maqolalariga munosabat bildirish va bu orqali mumtoz 
matnning matnosti ma‟nolari germenevtik tahlillar orqali amalga oshirilganiga guvoh 
bo„lamiz. Olim g„azal matni arxitektonikasidagi ter va ko„z timsollarining talqinini 
ikki maqola doirasida tahlilga tortadi. Germenevtik yondashuvga ko„ra bu – butunni 
qism orqali ko„rsatish bo„lib, asar yoki matnning har bir qismi ma‟lum bir ma‟noni 
o„z ichiga oladi va asarni o„qish davomida shu qismlar birlashtirilib, butun ma‟no 
kashf etiladi. 
“Yuzida terni ko„rib o„lsam, ey rafiq, meni, Gulob ila yuvu gul bargidin kafan qilg„il” 
baytidagi ter obrazini talqini etar ekan olim uni badiiy timsol o„laroq “Muhammad 
alayhissalomning mo„jizalari” hamda Imom G„azzoliyning “Ihyoi ulum-id din” 
kitoblaridagi payg„ambarimiz Muhammad a.s hayoti bilan bog„liq voqea-hodisotlar 
bilan dalillaydi. “Muhammad alayhissalomning mo„jizalari” kitobida o„qiymiz: “O„n 
ikkinchi mo„jiza: Muborak peshonalari erdiki, andin terlar tomg„on erdi, darhol ul 
tikan gul bo„ldi. Onhazrat sallolohi alayhi vasallamning terlarini 
as‟hob yuzlariga surtur edilar, toki xushbo„y bo„lg„aylar”. Bu 
hodisotni olim ishonch bilan aytadiki, “Hazrati payg„ambar 



Download 378,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish