Samarqand davlat universiteti maktabgacha ta’lim fakulteti maktabgacha ta`lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi roʻyxatga olindi


-Agar bola yaxshi tarbiya ko‘rsa, halollik, to‘g‘rilikni o‘rgansa, o‘z haqini himoya qila



Download 5,04 Kb.
Pdf ko'rish
bet172/178
Sana23.05.2023
Hajmi5,04 Kb.
#942758
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   178
Bog'liq
980a97b329243b1218de368664888683 ONA TILI VA BOLALAR ADABIYOTI

-Agar bola yaxshi tarbiya ko‘rsa, halollik, to‘g‘rilikni o‘rgansa, o‘z haqini himoya qila 
olsa, keyinchalik bemalol mustaqil yashay oladi. Bolalarda bunday xususiyatlarni 
shakllantirish uchun nimalar qilish lozim deb o‘ylaysiz?
-Avvalo ota-onaning halollik yo‘li bilan topayotgan pulining qadriga yetish kerak. Bola 
kelayotgan pullarning halolligini bilsin. Ota-ona mabodo nopok yo‘l bilan pul topgan bo‘lsa, 
bolalarni undan himoyalash zarur. Xalqimizda luqmai halol degan ibora bor. Halol luqma yeb 
o‘sgan bola halol mehnatni xush ko‘radigan, biroqning haqidan, haromdan hazar qiladigan kishi 
bo‘lib yetishadi.
Xalq orasida “ekkanga, tikkanga rahmat” degan gap yuradi. Odam boshqalarning tuz-
namagidan totganda, kimdir yaratgan bog‘-rog‘ning mevasidan bahramand bo‘lganda, ularning 
haqqiga duo qilishni ham bilishi kerak. Qadimda bir boy o‘tgan ekan. Shu odam bozorga borganda 
odamlar meva-cheva olgach, “ekkanga rahmat, tikkanga rahmat” deb ketayotganini eshitib qolibdi. 
Kelasi yili chorakorlariga buyurib bog‘-rog‘ barpo etibdi. Vaqti kelib shu bog‘ning mevasidan 
odamlar bahramand bo‘libdi. Kelganlar “ekkanga, tikkanga rahmat” dermish-u, “egasiga rahmat” 
deb aytmasmish. Shunda boy halol mehnatning savobi ulug‘ligini anglab yetib kelasi yili o‘z qo‘li 
bilan bog‘ yaratibdi.
Bolani uydagi buyumlarni, kiyim-boshni, umuman, har qanday tovarni asrab-avaylashga 
o‘rgatish lozim. Sotib olayotgan mahsulotining sifatini, qadr-qimmatini aniqlashda nimalarga 
e’tibor berish kerakligini o‘rgatish lozim.
Boltiqbo‘yi respublikalarida bolalar adabiyoti kunlari bo‘lgandi. Shu tadbirlarda qatnashgan 
paytim bir ajoyib narsaga guvoh bo‘lganman. Boshlang‘ich sinflarda “Ro‘zg‘or arifmetikasi” degan 
fan o‘tilar ekan. O‘quvchi alohida daftar tutib, ota-onasi, bobo-buvisi qancha maosh yoki nafaqa 
olishini yozib qo‘yarkan. Keyin har kunlik xarajatlarni qog‘ozga tushirib hisoblar ekan. Masalan, 
o‘zi maktabga qancha yo‘l kira bilan keldi, qanaqa o‘quv quroli sotib oldi – bularni har darsda o‘qib 
berarkan. Narxlar, olingan narsalar solishtiriladi. Natijada bola yuqori sinfga o‘tganda qilayotgan 
xarajatlariga e’tibor beradigan tayyor iqtisodchiga aylanadi.
Qadimgi boylarda bir odat bor ekan. O‘g‘illarini ergashtirib bozorga olib borarkan-da, savdo 
qilishga kirishar ekan. Birinchisidan, ikkinchisidan, uchinchisidan, hatto to‘rtinchi savdodan ham 
narsa sotib olmas ekan. Bolalar betoqat bo‘lib ketar, bo‘ldi endi, olaqolaylik deb tixirlik qilarkan. 
Yo‘q, hali ko‘rishimiz kerak deb, me’yori kelguncha savdolashib yuraverar ekan. Tanga-tiyinlarni 
asrashni o‘rgangan bola o‘z-o‘zidan otaning topgan mol-dunyosini ko‘kka sovurmaydi. Shu tariqa 
bolada iste’molchilik madaniyati shakllanadi.

Download 5,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish