102
ammo barcha shtatlar qonun boʻyicha davlat maktablari oʻquvchilarini
kerakli
minimal taʼlim darajasiga erishishlarini tekshirishlari kerak.
AQSH da ta`lim tizimining tuzilishi quyidagicha:
- bolalar 3 yoshdan 5 yoshgasha tarbiyalanadigan maktabgacha tarbiya
muassasalari;
- 1-8-sinflargacha bo‘lgan boshlang‘ich maktablar (bunday
maktablarda
bolalar 6 yoshdan 13yoshgacha o‘qiydilar);
- 9-12-sinflardan iborat o‘rta maktablar (bu maktablarda 14-17) yoshgasha
bo‘lgan bolalar ta`lim oladilar).
U quyi va yuqori bosqishdan iborat. Amerika Qo‘shma Shtatlarida navbatdagi
ta`lim bosqishi oliy ta`lim bo‘lib, u 2 yoki 4 yil o‘qitiladigan
kollejlar hamda
dorilfununlarda amaga oshiriladi. So‘nggi bosqish dorilfununlar va boshqa oliy
o‘quv yurtlari tarkibida tashkil etilgan aspirantura yoki doktoranturalardir. AQSHda
majburiy ta`lim 16 yoshgasha amal qiladi. Bu mamlakatdagi o‘quv yurtlarida davlat
jamoa, xususiy tasaruflarida va diniy muassasalar ixtiyorida bo‘lishi mumkin.
Shunisi
diqqatga sazovorki, AQSH maktablarining bitiruvchi sinf o‘quvchilaridan
tashqari barcha o‘quvchilar ta`tillar paytida asosan ish bilan band bo‘ladilar. AQSH
maktablarida o‘quv yili 180 kun. Bir soat dars 45-50 minut. Amerika
konstitutsiyasiga muvofiq ta`lim tizimi tasarufidagi shtatlar boshqaruv muassasalari
ixtiyoridadir.
Majburiy taʼlimni boshlash muddati va yoshi shtatdan shtatga farq qiladi. Ular
5 yoshdan 8 yoshgacha mashgʻulotlarni boshlaydilar va 18 yoshdan 19 yoshgacha
tugaydilar.
Taxminan 5 yoshda amerikalik bolalar boshlangʻich
maktabga boradilar
(inglizcha: elementary school), nol sinfga (nemischa: kindergarten). Koʻpgina
103
shtatlarda nol sinfi ixtiyoriydir. Biroq, deyarli barcha amerikalik bolalar bogʻchaga
boradilar.
1979 yilgacha ta`limni mablag‘ bilan ta`minlash, ta`limda davlat siyosatini
amalga
oshirish, o‘quv yurtlarida faoliyatini muvofiqlashtirib borishini Sog‘liqni
saqlashi, Ijtimoiy ta`minot va ta`lim ishlari vazirlari olib borar edi. 1979 yilda Ta`lim
vazirligi mustaqil bo‘lib ajralib shiqdi. Ta`lim tizimlariga mablag‘ ajratish bo‘yisha
AQSH dunyo mamlakatlari o‘rtasida yetakshi o‘rinlardan birini egallaydi. AQSH
ta`lim tizimining rivojlanish sur`ati ansha yuqori bo‘lib, uning boshlang‘ish ta`lim
bosqishida o‘qishi lozim bo‘lgan bolalarning 99,9 foizi, o‘rta bo‘g‘ini 94,5 foizi
ta`lim oladi.
O‘quvchilar umumiy sonining 46 foizi o‘rta maktabning tamomlagach, kollej
va universitetlariga kiradilar. Barcha toifadagi ta`lim maskanlarida 58 million yosh,
shu jumladan ta`limning oliy bosqichida 12 million yigit qiz tahsil oladi. AQSHda
har 10 ming aholiga 307 talaba to‘g‘ri keladi. Bu jaxonda yuksak ko‘rsatkichlardan
biridir. Bulardan tashqari AQSHda har yili 33 million kishi uzluksiz ta`lim malaka
oshirish tizimlarida bilim oladilar. Mamlakatda 3 million o‘qituvshi mehnat qiladi.
ar yili o‘rta maktabni 3 million o‘quvshi, bakalavr darajasidagi esa 300 ming kishi
tugallaydi, yiliga 30 ming kishi doktorlik ilmiy darajasini oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: