Urganch Davlat Universiteti
Pedagogika fakulteti
Maktabgacha ta'lim yo'nalishi
2-kurs 206-guruh talabasi
Zaripbayeva Shahnozaning
Maktabgacha ta'limning qiyosiy pedagogika
fanidan tayyorlagan
Mustaqil ta’limi
2022
Mavzu: AQSH ta’lim tizimining o‘ziga xosliklari.
Reja:
1. Amerika ta`lim tizimining tarkibi
2. AQShda maktabgasha va boshlang’ish ta`lim.
3. O’rta va oliy ta`limning o’ziga xosligi.
Amerika Qoʻshma Shtatlari
Poytaxti — Vashington shahri
Maʼmuriy jihatdan 50 shtat va bir federal okrugga boʻlinadi.
Rasmiy tili- ingliz
Pul birligi- AQSH dollari
AQSH ta’lim tizimi.
Mamlakat ta’lim tizimining tuzilishi quyidagicha:
— bolalar 3 yoshdan 5 yoshgacha ta'limlanadigan maktabgacha ta'lim muassasalari;
— 1-8-sinflargacha bo’lgan boshlang’ich maktablar (bunday maktablarda bolalar 6 yoshdan 13 yoshgacha o’qiydilar);
— 9-12-sinflardan iborat o’rta maktablar (bu maktablarda 14-17 yoshgacha bo’lgan bolalar ta’lim oladilar). U quyi va yuqori bosqichdan iborat.
Amerika Qo’shma Shtatlarida navbatdagi ta’lim bosqichi oliy ta’lim bo’lib, u 2 yoki 4 yil o’qitiladigan kollejlar hamda dorilfununlarda amalga oshiriladi.
So’nggi bosqich, dorilfununlar va boshqa oliy o’quv yurtlari tarkibida tashkil etilgan aspirantura yoki doktoranturalardir.
AQSHda majburiy ta’lim 16 yoshgacha amal qiladi. Bu mamlakatdagi o’quv yurtlarida davlat jamoa, xususiy tasarruflarda va diniy muassasalar ixtiyorida bo’lishi mumkin.
Maktabgacha ta'lim
Amerika boy mamlakat. Lekin bu mamlakatda bolalar uch yoshga to’lgunlaricha onalarga turli moddiy imtiyozlar berish ko’zda tutilmagan.
Farzandlarga qarab uyda o’tiradimi yoki enaga yollab ishga tushadilarmi, bu onalarning ishi. O’zbekistondagi kabi keng va shinam, ikki qavatli, o’ynaydigan, uxlaydigan, ovqatlanadigan alohida xonalari bo’lgan MTM va yaslilar Amerikada odob tusiga kirgan emas. Enaga yollash oila uchun haftasiga 200 dollardan kamga tushmaydi. Bu mamlakatda 30-40 bolaga mo’ljallangan xususiy va davlat tasarrufidagi MTMlar mavjud. Ular enaga yollashdan bir oz arzonroqqa tushadi. Lekin har ikki holda ham, uydan olib borgan ovqatlarni edirishadi, krovatchalar, ko’rpa, to’shak, yostiqni ota-onalar olib borishadi. Amerikada bizdagidek taomnomalar, o’quv dasturlari yo’q. Bolalar yozda atrofdagi ko’kalamzorlarda o’ynab dam oladilar.
Bu MTMlarda ham bolalar yoshlariga qarab turli guruhlarda ta'limlanadilar, ularga ta'limchi-mutaxassis qaraydi, ular ovqatni tayyorlab beradi, turli qo’shiqlar, she’rlar o’rgatadi, quvnoq o’yinlar uyushtiradi. Ammo har kim o’z uslubiga muvofiq ishlaydi, umumiy qoidalar, o’quv dasturlari joriy qilinmagan.
Lekin bolalar uchun haqiqiy ta’lim-ta'lim jarayoni ular 5 yoshga to’lganlaridan keyin boshlanadi. Ana shu yoshda ular «Kinder garden» deb ataluvchi tayyorlov MTMlariga jalb etiladilar. Ular hukumat tasarrufida bo’lib, MTMlar yoki maktablar tarkibida tashkil etiladi. Bolalarni maxsus «maktab avtobusida» uyga olib keladilar va maktabga olib boradilar. Bunday avtobuslar yo’l-transport hodisalaridan to’la muhofaza etilgan: sariq rangga bo’yalgan, uning signallariga barcha transport vositalari itoat etishga majburdirlar. Maktab avtobuslarini boshqa transport vositalari quvib o’tishi mumkin emas, tartibni buzganlar qattiq jazolanadilar.
Ko’chalarda, maktabga ketayotganda yoki qaytayotganda alangla6 yurgan, o’ynab futbol tepib yurgan bekorchi bolani uchratish amrimahol. Bolalarni maktabda ham, uyda ham shaxsiga tegilmaydi, do’pposlanmaydi, u erkin o’smog’i kerak. Agar biror bola «meni urdi» deb ota-onasidan shikoyat qilsa, ma’lum muddatga ana shu ota-onalar ayrim hollarda ota- onalik huquqidan mahrum qilinadilar. Maktabga bolalar o’zlari xohlagan kiyimlarda boradilar. 5 yoshli bolalarni maktabga tayyorlash ota-onalarning, MTM va maktabning, ommaviy axborot vositalarining ishi.
AQSH televideniyasining alohida kanalida “Sezam ko’chasi” deb nomlanuvchi ko’rsatuvlar dasturi mavjud, u o’quvchilarga ingliz tili, alifbo, arifmetik amallarni bajarish, sanash, o’qish, koinot, tabiat, jug’rofiya, tarix bo’yicha bilimlarni o’ta qiziqarli tarzda singdirishga harakat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |