88
Universitetlarga ixtisosliklar bo‘yicha kichik ishlab chiqarish korxonalari mavjud.
Amaliy mashg‘ulotlar bevosita ana shu korxonalarda olib boriladi. Talaba bironta
sxema, loyiha yoki detalni o‘z quli bilan yasab ko‘rsatishi kerak. Laboratoriya
mashg‘ulotida tayyorlangan mahsulot umumiy texnikaviy nazoratdan o‘tgach,
o‘quv topshirig‘i bajarilgan hisoblanadi. Oxirgi kurslarda ishlab chiqarish
korxonalaridan, muassasalardan vakillar kelib, suhbat asosida bo‘lajak mutaxassis –
talabani tanlab oladi va oliy ta‘lim muassasasiga shartnoma asosida pul o‘tkazadi.
Bunday omil imkon qadar talabalarning o‘zi egallayotgan ixtisoslikning malakali
sohibi bo‘lishiga undaydi.
Xitoyda maktabgacha ta’lim bolalar bog‘chalari va maktabgacha ta’lim
muassasalari hisoblanadi va 3-6 yoshli bolalar qabul qilinadi. Maktabgacha
ta’limining maqsadi bolani maktabga o‘qishiga tayyorlashdan iborat.
Mamlakatda
150 mingdan ziyod bolalar bog‘chasi mavjud bo‘lib, ular davlat va xususiy
muassasalarga bo‘lingan. Hozirgi kunda xususiy bog‘chalar soni jami bolalar
bog‘chalarining 30 %ini tashkil etadi.
Maktabgacha ta’lim Xitoyda jamiyatning birgalikdagi say-harakatlari
natijasida amalga oshiriladi. Davlat mavjud qonunlar asosida bolalar bog‘chalarini
ochishga xohishi bo‘lgan tashkilotlar, nodavlat-notijorat muassasalar, hamda
alohida shaxslarni qo‘llab-quvvatlaydi. Xitoy maktabgacha ta’lim tizimi rivojlanish
bosqichlariga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ikkinchi jahon urushiga qadar Xitoyda
bolalar bog‘chasi juda kam edi. Bori ham xususiy muassasalar bo‘lib, unga boy
oilalarning bolalari enagalari bilan kelishardi. Urushdan keyingi yillarda XXRning
maktabgacha ta’lim tarixi davlatlarining asosiy rivojlanishiga mos holda 4
bosqichda amalga oshiriladi.
Birinchisi: 1949 – 1957 yillarni o‘z ichiga oladi. Bu davlat tizimining sobiq
Ittifoq tizimiga oriyentatsiyalangan davri edi. Bu davrda sobiq Ittifoq mutaxassislari
Xitoy mamlakatida bir necha tajriba bolalar bog‘chalarini tashkil qildilar. Shundan
keyin bolalar bog‘chalari soni keskin ortdi. Bu bog‘chalarning asosiy tamoyili
“Pavlov yondashuvi” deb nomlanib, refleksiologiya asoslarini ishlab chiqqan rus
olimi I.P.Pavlov nomiga qo‘yilgan edi. Pedagogikada “Pavlov yondashuvi”
quyidagicha talqin qilinardi: “Bolani rag‘batlantirib, tergab to‘g‘ri tarbiyalasa, unda
barcha yaxshi xislatlar va qobiliyatlarini shakllantirish mumkin”
Ikkinchisi: 1958-1965 yillarni o‘z ichiga oladi. Bu yillarda bolalar bog‘chalari
soni keskin ortdi, lekin ular uchun joy, moddiy ta’minot va mutaxassislar yetishmas
edi. Natijada maktabgacha ta’lim sifati nisbatan pasayib ketdi.
Uchinchisi: 1966-1976 yillarni o‘z ichiga oladi. Bu yillar “Xitoy” madaniy
revolyutsiyasi yillari deb ataldi, ziyolilar, beklarni ommaviy qatag‘on qilinishi ham
shu yillarga to‘g‘ri keladi. Xitoy ta’lim tizimida ilmsiz, kasbiy noloyiq kimsalar
ko‘paydi, natijada maktabgacha ta’lim tizimi juda nochor holga kelib qoldi. Bolalar
bog‘chasida hayot qattiq g‘oyaviy ko‘rsatmalar asosida tashkil qilinardi: bolalarga
revolyutsion va militaristik g‘oyalar singdirilardi, Maoning asarlari va she’rlaridan
parchalar yodlatishardi.
Do'stlaringiz bilan baham: