analitik psixologiyaning mohiyatini tashkil etadi.
Freydning izdoshlari sifatida faoliyat olib borgan olimlardan biri K.Yung.
Yungning shaxs muammosiga doir yondashuvi Analitik psixologiya deb
nomlanib, u o‘ziga xos yondashuvni ifoda etadi.
Shaxs tipologiyasiga doir yondashuvi:
Ekstraversiya – «ichkaridan tashqariga yo‘naltirilgan» degan ma’noni
anglatib, bu tipga moyil shaxslar ko‘proq odamlar ichida bo‘lishni yoqtirishadi,
o‘z kechinmalarini ko‘proq atrofdagilar bilan baham ko‘radi. Muloqotga
kirishuvchan, tanishlari doirasi keng. Ba’zi hollarda jiddiylik yetishmaydi.
Odamlarni tez ishonchini qozona oladi va shuningdek, tez xafa qilishga ham
moyil.
Introversiya - «tashqaridan ichkariga yo‘naltirilgan» degan ma’noni anglatib,
bu tipga xos shaxslar og‘ir, vazmin, ko‘ngli nozik, beparvo, do‘stlik qoidalariga
qat’iy amal qiladigan. Muloqot doiralari cheklangan, tortinchoq, ko‘proq
o‘zlarining ichki dunyolari bilan band va yolg‘izlikni yoqtiradigan.
Psixik funksiyalar
To‘rtta asosiy psixik funksiyaga e’tibor qaratdi:
Tafakkur-rasional.
(yangilikni
yoqtirmaydi,
yangi
vaziyatga
moslasha olmaydi)
Hissiyot - rasional.
Sezgi – irrasional (yangilikni oson qabul qiladi, odat va
ustanovkalardan xoli, vaziyatga moslashib ketaveradi)
Intuisiya-irrasional.
====================================================
Fikrlovchi tip-biror narsaning qadr-qimmatini aniq faktlar va
mantiqiy mulohazaga tayanib baholaydi.
Hissiyotli tip-yaxshi-yomon, go‘zal-xunuk tamoyiliga asoslanib
28
emotsional baholaydi.
Intuitiv tip-hayotiy voqealarning mazmunini ongsizlikda, tuyg‘usi va
taxminlariga ko‘ra baholaydi.
Sezgiga asoslanuvchi tip-sezgi a’zolariga tushuvchi, tashqi olam
haqidagi axborotlarga tayanadi
Psixikaning tuzilishi.
• Ong.
• Shaxsiy ongsizlik-o‘zida qachonlardir anglangan, hozir siqib chiqarilgan va
unutilgan nizo va taassurotlar, yetarlicha ifodalanmagan hissiy taassurotlarni
qamrab oladi. ShO - o‘zida emotsional zaryadlangan, bir fikr, tuyg‘u va
taassurotlarning ustuvor bo‘lib qolishidan iborat komplekslarni tashkil etadi.
• Kollektiv ongsizlik-insoniyat va avlodlarning xotira izlarining yashirin
saqlanishi. Unda bizning o‘tmish emotsiyalarimiz va insoniyatga xos fikrlar va
tuyg‘ular aks etgan.
Arxetiplar
• Arxetiplar — birlamchi model yoki umumiy ongsizlikning tarkibiy
elementi hisoblanadi. Bu odamlarning umumiy “ongsiz” tarkibini tashkil etuvchi
va odamlarning fikrlashi va xulq-atvorini o’z-o’zidan belgilab beradigan
universal tug’ma ruhiy tuzilmadir. Ular o‘zida insonlar idrok etganlarini,
kechinmlari va voqealar ta’siriga javob berishini ma’lum obrazlarda ilgari
surishlari tug‘malik shaklini namoyon etadi.
• Eng asosiy arxetiplardan biri Men arxetipi, ota, ona, Xudo, donishmand va
boshqa arxetiplaridir. Arxetiplar o‘zida simvollar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Masalan, Mariya, Mona Liza va boshqalar. Hoch, oltitomonli yulduz, budda
g‘ildiragi.
Shaxs strukturasi
• Shaxs strukturasi quyidagi tuzilmalardan iborat: ego, person, anima
(animus), soya va o‘zlik.
• Ego — ongning markazi bo‘lib, o‘z-o‘zini anglashning asosi hisoblanadi.
• Person — bu jamoa kishisi bo‘lib, inson o‘zini boshqalar bilan o‘zaro
munosabatda namoyon qiladi.
• Salbiy va ijobiy personlar mavjud. Birinchi navbatda u individuallikni
ifodalab,
kommunikatsiyaga
muvofiqlashtiradi.
Ikkinchidan
— person
individuallikni bo‘g‘ib qo‘yishi mumkin. Shu bois person-ongning yuqori
qatlami, ego ancha chuqurlashuv, botiq qismi.
• Soya o‘zida shaxsning siqib chiqarilgan tomonini ifoda etadi. Soya egoning
aks ettirilishida mavjud. Soya shaxsning sotsial standartlar mavjudligi bilan
murosaga kela olmasligini ifodalovchi xohishlarini qamrab olgan. Soya-hayot
quvvat, ijod manbaini saqlovchi sanaladi. Shu sababli ego soya quvvatini zarur
29
oqimga yo‘naltiradi.
Anima va animus
• Anima — erkakdagi ayolning ichki timsoli, ya’ni ongsiz namoyon
bo‘luvchi ayollik tomoni;
• Animus— ayollardagi erkakning ichki timsoli, uning ongsiz namoyon
bo‘luvchi ayollik timsoli. Yung anima va animus inson xulq-atvorida
uyg‘unlashgan tarzda namoyon bo‘lishi kerak, bu uning har tomonlama
muvofiqlashuvini ta’minlaydi.
O‘zlik
• O‘zlik — shaxsning yaxlitlik arxetipi.
O‘zlik onglilik va ongsizlikni birlashtirib, boshqa barcha elementlar
uyushuvini tashkil etuvchi aylana markazi hisoblanadi. Ruhning barcha
jabhalarini integratsiyasiga erishganda, inson uyg‘unlikni sezadi. Shu sababli,
o‘zlikni rivojlanishi inson hayotining bosh maqsadidir.
2.2. A.Adlerning “Individual psixologiyasi”
• Alfred Adler (1870-1937) individual psixologiyaning asoschisi hisoblanadi.
• Uning asosiy asarlari: «Nerv xarakteri haqida» (1912), «Individual
psixologiyaning nazariyasi va amaliyoti» (1920), «Insonshunoslik» (1927),
«Hayotning mazmuni» (1933).
Inson tabiati
• Inson-yagona va o‘zini o‘zi muvofiqlashtiruvchi organizm; individuum
(lat.) — bo‘linmas. Inson hayotiy faolligining hech bir namoyon bo‘lishini
izolyatsiyada ko‘rib bo‘lmaydi, lekin faqat shaxsga munosabatda to‘liq ko‘rib
chiqish mumkin.
• Inson hayoti — shaxs uchun ahamiyatli maqsadlar yo‘nalishidagi o‘sish va
rivojlanishga uzluksiz harakat hayot maqsadlari insonning taqdirini belgilaydi.
• Inson xulq-atvori-irsiyat va muhit ta’siri natijasigina emas, balki insonning
o‘z hayotining arxitektori sanalgan ijod kuchidan ham iborat.
• Individ jamiyatdan tashqari ko‘rib bo‘lmaydi, uning xulq-atvori esa sotsial
kontekstdan tashqarida. Har bir insonda umumiylik va sotsial qiziqishning tabiiy
tuyg‘usi mavjud, ya’ni hamkorlikning sotsial munosabatlariga tug‘ma ravishda
intilish mavjud.
• Inson xulq-avtori o‘zi va atrof olam haqidagi tasavvurlari bilan
belgilanadi «appersepsiya sxemasi».
• Erishilmagan maqsad yoki vazifalar inson xulq-atvorini yo‘naltirib,
harakatlantirib turadi.
• Insonga yagona, yaxlit, unsurlari bir-biri bilan o‘zaro muvofiq keluvchi
mavjudot sifatida qaraydi.
Individuum miya va tana, onglilik bilan ongsizlik, tafakkur, tuyg‘u, harakat,
30
shaxsda namoyon bo‘luvchilar yagonadir.
• Shaxsning strukturasini hayot uslubi bilan aniqlash mumkinligini tavsiya
etadi. Shaxsiy ahamiyatga ega maqsadlarga talpinish, kamolotga intilish,
individuum organik jihatdan yaxlitlikni ifodalaydi va o‘zining hayotini
boshqaradi, ijodiy kuchini va erkinlikni tanlashini namoyon qiladi.
• Shaxsning strukturasini hayot uslubi bilan aniqlash mumkinligini tavsiya
etadi. Shaxsiy ahamiyatga ega maqsadlarga talpinish, kamolotga intilish,
individuum organik jihatdan yaxlitlikni ifodalaydi va o‘zining hayotini
boshqaradi, ijodiy kuchini va erkinlikni tanlashini namoyon qiladi.
Individuum jamiyatdan, boshqa insonlardan xoli holda bo‘lmaydi, insonning
xulq-atvori sotsial determinantlar bilan aniqlangan sotsial mazmunda sodir
bo‘ladi, oqibatda insonda boshqa insonlar bilan hamkorlikda sotsial o‘zaro
munosabatlarda ishtirok etishga intilishni ifodalovchi sotsial qiziqishlar
shakllanadi.
• Nomukammallik kompleksi atamasini A.Adler fanga olib kirib, ushbu
tuyg‘uni barcha bolalar jismoniy o‘lchamlari, kam kuchligi va imkoniyatlarining
pastligi oqibatida boshdan kechiradilar.
• Kelajakda juda kuchli, kompleksga aylantirish, ijobiy o‘sish va
rivojlanishni qiyinlashtirishi mumkin. Biroq o‘rtacha darajali nomukamallik
bolada “kuchli bo‘lish yoki boshqalardan kuchli bo‘lish”ga, kamolotga,
ustunlikka, o‘zining qobiliyatlarini rivojlantirishga undash mumkin.
• Kamolotga intilish tug‘ma bo‘lib, bu hayotning bir bo‘lagi, hayotga
intilishning bo‘lmasligi ma’nosiz, deydi A.Adler.
• Mukammalik masqad ijobiy va salbiy bo‘lishi mumkin.
• Agar u ijtimoiy manfaatga va boshqalarning foydasiga yo‘naltirilgan
bo‘lsa, rivojlanish konstruktiv va sog‘lom yo‘nalishga ega bo‘ladi. Bu rivojlanish,
ko‘nikma va malakalarni kamol toptirish, mukammal hayot uslubiga ega bo‘lish
uchun ishlashga intilish. Biroq ayrimlar mukammallikka boshqalar ustidan
humkronlik qilish orqali erishishga urinadi. Bu hokimiyat va agressiyada
namoyon bo‘ladi.
• Har bir inson intilish va erishishiga mujassamlashuvchi o‘zining hayot
uslubini
ishlab
chiqadi.
Ularning
shakllanishi
bolalikdan
boshlanib,
nomukammallik, ishonchsizlik, kattalar olamida bo‘lishga ojizlik kompleksi
sifatida
shakllanib
boshlaydi.
Hayot
maqsadi
bundan
himoyalanish,
qondirilmagan bugungi hayot bilan yorqin, mukammal kelajak o‘rtasidagi ko‘prik
vazifasini bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |