“Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari



Download 1,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/52
Sana21.05.2023
Hajmi1,76 Mb.
#941923
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
Bog'liq
Shaxs psixologiyasi UMK

Shaxs psixologiyasi
- bu shaxsni va turli individual jarayonlarni o'rganadigan 
psixologiya sohasi hisoblanadi. Shaxsning borliq, hayot, jamiyat va atrofdagilar 
bilan bo'lgan munosabatlarining yaxlit tasvirini yaratishga urinishga asosiy e'tibor 
qaratiladi. Bundan tashqari, psixik taraqqiyotning dinamik tomonlari, individual 
farqlar o'rganiladi. 
Odatda shaxs ijtimoiy fanlarning o’rganish predmeti bo’lib, ular insoniyat 
tarixida shaxs shakllanishining umumiy qonuniyatlarini, jamiyatning rivojlanish 
jarayonida inson hayotining ijtimoiy sharoitlariga bog`liq holda shaxsning 



o’zgarishi bilan aloqador masalalarning mohiyatini ochib beradi. 
Shaxs muammosini tadqiq qilishga tibbiy, tabiiy, ijtimoiy fanlar va falsafa 
fani o‘ziga xos ahamiyatga ega. 
“Shaxs” kategoriyasi umumiy psixologiyaning eng muhim, tayanch 
tushunchasi bo’lsa, “shaxs psixologiyasi” bo’limi uning asosini tashkil etadi. 
Psixologiyaning bu sohasini bilish har qanday musutaxassisga samarali ishlash 
imkonini beradi. 
Shaxs psixologiyasi XX asrning birinchi o’n yilligida eksperimental fanga 
aylandi. Biroq nazariy tadqiqotlar ancha oldinroq amalga oshirila boshlangan. 
Shaxsni o’rganish tarixida uchta asosiy davrni ajratish mumkin: 
• Falsafiy-adabiy davr; 
• Klinik davr; 
• Sof eksperimental davr. 
Falsafiy-adabiy davr. Bu davr antik davrdan boshlanib, XIX asrning 
boshlarigacha davom etdi. Bu davrda shaxs psixologiyasiga tegishli ma’lumotlar 
asosan faylasuf va yozuvchilar asarlarida o’z aksini topgan va ularda shaxsning 
axloqiy va ijtimoiy tabiati muhokama etilgan. Falsafiy-adabiy davrdagi shaxsning 
ta’rifi juda keng qamrovli bo‘lib, o‘z ichiga shaxsning biologiyasini, 
psixologiyasini, xulq-atvorini, madaniyatini va hatto mol-mulkini ham qamrab 
olgan. 
Frantsuz faylasufi Eten de Kondilyak o’zining “Sezgilar haqidagi traktat”ida 
shaxsni turli sezgi parchalaridan yig`ishga harakat qilgan. F.M. Dostoevskiy har 
bir kishi uchun xos bo’lgan “yashirin odam” haqida yozadi. Uning fikricha
mazkur “yashirin odam” tashqariga chiqishga urinib ko’radi, shuningdek har bir 
kishining “niqobi” ham mavjud bo’lib uning haqiqiy qiyofasini yashirib turadi. 
Klinik davr. XIX asrning birinchi o’n yilligida shaxs psixologiyasi 
muammosi bilan ko’proq shifokor-psixiatrlar shug`ullanishgan. Ular 
birinchilardan bo’lib klinik sharoitlarda bemor shaxsini tizimli kuzatish olib 
borishga muvaffaq bo’lishgan, inson shaxsining tabiati to’g`risida umumilmiy 
xulosalar chiqarishgan. Klinik davrda alohida fenomen sifatida shaxs haqidagi 
tasavvurlar qisqartirib yuborilgan. Psixiatrlarning diqqat markazida bemor 
kishilarda kuzatilgan shaxs xususiyatlari turgan. Keyinchalik aniqlanishicha, 
sog`lom kishilarda kuchsiz ifodalangan xususiyatlar bemorlarda juda kuchli 
(gipertrofiya) holatida namoyon bo’ladi. 
Shifokor-psixiatrlarning shaxsga bergan ta`rifi bilan normal, patologiyaga 
ega va aktsentuatsiyaga ega kishilarni ham tavsiflash mumkin. Bunday ta`riflar 
psixoterapevtik vazifalarni echish uchun to’g`ri bo’lishi mumkin, biroq normal 
shaxsning mohiyatini anglash uchun torlik qiladi. 
Eksperimental davr. XX asrning birinchi o’n yilligida shaxsni o’rganish 



bilan professional psixologlar shug`ullana boshlashdi. Ular avvallari bilish 
jarayonlari va shaxs holatlariga alohida e`tibor berishgan edi. Bu sohadagi 
tadqiqotlarda sezilarli muvaffaqiyatlarga erishila boshlandi. Biroq du davrda 
psixologiya fanining inqirozi yuz berdi. Bunga inson tabiatini o’rganishga 
atomistik qarashlarning kirib kelishi sabab bo’ldi. Mazkur yondashuv inson 
psixologiyasini jarayon va holatlarga bo’lishni talab qilardi. Unga ko’ra inson 
alohida psixik funktsiyalarning yig`indisi bo’lib, ulardan shaxsni yig`ish va 
ijtimoiy xulq-atvorining kompleks shakllarini tushunish qiyin bo’ladi. 
Shaxsni eksperimental o’rganish Rossiyada A.F.Lazurskiy, angliyada 
G.Ayzenk va R.Kettellar tomonidan boshlab berilgan. 
XX asr boshlaridayoq Olimlar mavjud tadqiqotlarga eksperiment tusini 
berib, ishonchli ma`lumotlar olish, farazlarni aniq tekshirish, ular asosida 
tajribada tekshirilgan nazariyalarni yaratish uchun natijalarni tahlil qilishning 
matematik-statistik usullarini joriy etishdi. Eksperimental davrning eng muhim 
vazifasi normal shaxsni baholashning ishonchli va validlikka ega test metodlarini 
ishlab chiqishdan iboratligi tan olindi. XX asrning 30-yillari oxirida shaxs 
psixologiyasida tadqiqot yo’nalishlarining faol differentsiatsiyasi boshlandi. 
Natijada XX asrning ikkinchi yarmida shaxs psixologiyasida o’rganiladigan 
ko’plab yondashuv va nazariyalar vujudga keldi. 
Ana shu nazariyalarni umumlashtirgan holda quyidagi yo‘nalishlarni tahlil 
qilish mmkin. 
Shaxsning xulqiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga qarab uchta yondashuvni 
ajratish mumkin: psixodinamik, sotsiodinamik va interaksionistik. 
Psixodinamik nazariya shaxsning xulqini uning psixologik yoki ichki 
xarakteristikasi bilan bog’lab tushuntiradi. Sotsiodinamik nazariyaga ko‘ra esa 
shaxs xulqining asosiy determinanti tashqi muhitdir. Ular shaxsning ichki 
xususiyatlariga katta ahamiyat bermaydilar. Interaksionistik nazariya tarafdorlari 
inson faoliyatini va xulqini boshqarishda ichki va tashqi omillarning roli o‘zaro 
bog‘liq ekanligini qayd etadilar. 
Keyingi yondoshuvlarni shaxsni o‘rganish va haqda ma’lumotlar to‘plash 
usullariga nisbatan ikkiga ajratish mumkin: eksperimental va noeksperimental 
yondoshuv. Eksperimental nazariya tarafdorlari shaxs haqida ma’lumot to‘plash 
uchun albatta ma’lum bir yo‘l orqali tadqiqot o‘tkazish, uning natijalarini tahlil 
qilish va umumlashtirnish shart deb hisoblaydi. Neoksperimental nazariya 
vakillari esa shaxsni hayotiy vaziyatlar jarayonida kuzatib, u haqdagi fikrlari va 
hayotiy tajribalaiga tayangan holda xulosalar yasash mumkinligiga ishonch 
bildiradilar va tajribalarga murojaat etish shart emas deb hisoblaydilar. 
Shaxs 
psixologik 
tadqiqotlar 
predmeti 
sifatida. 
B.M.Kedrov 
klassifikatsiyasida barcha fanlar tizimida “SHAXS” markaziy o’ringa ega. 



Shaxsga psixologik sohalar predmeti sifatida turli ta`riflar berilgan. Ularning 
aksariyati bilan “Umumiy psixologiya” kursi doirasida tanishgansiz. Xoll K., 
Lindseylar “shaxs” tushunchasuga oid ta`riflarni muayyan mezon asosida 
quyidagicha tizimlashtiradilar: 
Biosotsial ta`rif – shaxs individning “sotsial stimul qadriyati” bo‘lib, 
biologik omillar ta`sirida “atrof – muhitga javob reaksiyasi”ni bildiradi. 
Biofizik ta`rif – shaxsni subyekt sifatida o`rganib, individning o’ziga xos 
xususiyatlarini o’zida mujassamlashtiradi. 
Omnibus ta`rif – shaxs individning muhim jihatlari ko’chirib o’tkazilgan 
birlikdir. 
Integrativ ta`rif – shaxs individual xulq egasidir. 
Dodonov boyicha fanning predmeti: 
1. Inson muayyan sharoitda qanday shakllanadi 
2. Qanday qilib bolaning ruhiy olami kattalarning ruhiy olami bilan 
uyg’unlashadi 
3. 
Jamiyat taraqqiyoti shaxs taraqqiyotiga qanday ta’sir qiladi 
4. 
Shaxsni emperik o‘rganish metodologiyasi 
Shaxs psixologiyasining predmetiga nisbatan yondashuvlar 
1. Individ va shaxs tushunchalarini farqlashga qaratilgan yondashuv 
2. Shaxs rivojlanishi omillarini o’rganuvchi yondashuv 
3. Shaxs tuzilishini o’rganuvchi yondashuv. 
Shaxsni o`rganishning metodlari: 
• Obyektiv ma`lumotlar 
• Psixodiagnostik metodikalarni qo’llash

Shaxsning kundalik xulq-atvorini qayd etish 
Shaxs tushunchasi «yuz», «soxta qiyofa» so‘zlaridan kelib chiqadi. Qadimgi 
rus tilida «soxta qiyofa» so‘zi «rol», ya’ni, odam boshqalar bilan muloqotda 
bo‘lganida kiyib oladigan biror-bir ijtimoiy niqob ma’nosini anglatuvchi «rol»ni 
bildirar edi. Lotincha persone so‘zi ham shu ma’noni anglatadi. Per sonare – 
niqob ortidan so‘zlashish. Qadimgi yunon, keyinchalik esa qadimgi rim 
teatrlarida akter sahnaga u yoki bu – yovuz, laganbardor, payg‘ambar, qahramon 
xarakterlari chizilgan niqobda chiqardi. Niqobning bo‘yoqlari ijtimoiy vazifani 
bajaruvchi, u yoki bu rolni ijro etayotgan insonning axloqiy belgilariga ishorat 
edi. 
K.Yungning psixoanaliz nazariyasiga asosan «shaxs» tushunchasi odamning 
jamiyatdagi ijtimoiy roli bilan bog‘liq. Hayoti jarayonida u ijtimoiy talablarga 
mos ravishda o‘zini tutishni o‘rganadi. Har bir kasb uchun, masalan, jamiyat 
a’zosi taqib yuradigan ma’lum niqob xosdir. Shaxs xarakterni tashkil etuvchi 
bo‘lib hisoblanmaydi, lekin u bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, ichki «Men»ning 



himoyasi sifatida faoliyat yuritadi. Sharq tillarida (xitoy, yapon) shaxs 
tushunchasi odamning yuzi bilan emas, balki butun tanasi bilan bog‘lanadi. 
Yevropa an’analarida yuz tana bilan birgalikda o‘rganiladi, chunki inson chehrasi 
ruhining timsolidir, xitoyliklar tafakkurida esa «hayotchanlik» tushunchasiga 
individning ham ma’naviy, ham vujudiy sifatlari kiradi. 
Shu asosda, avval boshidan «shaxs» tushunchasiga ma’lum hayotiy rollarni 
ijro etganda o‘ziga xoslikka ega bo‘ladigan tashqi, yuzaki ijtimoiy obraz – 
qandaydir «shaxs», atrofdagilarga qaratilgan ijtimoiy yuz ifodasi kiritilgan edi. 
Pedagogika, psixologiya va falsafada shaxsga o‘xshash ko‘plab qarama-qarshi 
ta’riflari keltirilgan ilmiy tushunchani uchratish amri mahol. Mashhur ruhshunos 
V.P.Zinchenko fikriga ko‘ra: ««Inson» tushunchasi bilan faqat «shaxs» 
tushunchasi raqobatlashishi mumkin». Olim D.B.Elkonin adabiyotlarda 
shaxsning yigirmaga yaqin ta’rifini ko‘rib chiqqandan so‘ng uning o‘zi shaxs 
emasligini xulosa qildi. 
Narx tushunchasini tilla tanga yoki qimmatli qog‘ozning fizik-kimyoviy 
tarkibini tadqiq qilish bilan tushuntirish qiyinchilik tug‘dirgani kabi, faylasuf 
E.V.Ilenkovning 
yozishi bo‘yicha, shaxs sir-cinoatini inson miyasi 
xususiyatlariga tenglashtirib bo‘lmaydi. Shaxs miya tuzilishi bilan emas, balki, 
insonning insonga bo‘lgan ijtimoiy munosabatlar tizimi bilan belgilanadi. 
Voqeiy shaxs o‘zini «umumiy natijalar» nomini olgan ijtimoiy ahamiyatga 
ega bo‘lgan natijalarni yaratishda anglaydi. Aflotun va Spinoza, Betxoven va 
Napoleon, Tolstoy va Mikelandjelo – bunday, odatiy holatlarni sindiradigan 
ijtimoiy ahamiyatga molik ishlar mujassam bo‘lgan shaxslarni boshqalar bilan 
adashtirib yuborish mumkin emas. Shaxslar ko‘lami, E.A.Ilenkovning odilona 
fikriga ko‘ra, faqat ularnigina emas, boshqalarni ham qiziqtiradigan o‘zlarining 
faoliyatlari ko‘lami bilan o‘lchanadi. 
Yana bir mashhur faylasuf M.K.Mamardashvili tasdiqlashicha: «Shaxs – bu 
turmush tarzi, uning shakli, hayotning alohida holati, evolyusiyasining noyob 
topilmasi. Shaxs – bu «tabiatning yirik mushohadasi». Shunday ta’rif bergan 
bo‘lardim. Uning ifodalanishlarga moyilligi barcha narsalarni bilishga yoki 
boshqa yuksak belgilarga bog‘liq emas. Tushunsangizchi, axir insonning eng 
muhim ehtirosi – bu ro‘yobga chiqmoq, amalga oshmoq, sodir bo‘lmoq». 
Ruhshunoslar individning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini shaxsning 
asosiy belgilari, deb hisoblaydilar. B.G.Ananyev «shaxs»ga «jamiyatning 
insonga uning ma’lum tarixiy rivojlanishi davrida ko‘rsatadigan ko‘plab 
iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy va boshqa ta’sirlari obyekti» sifatida ta’rif 
beradi. A.N.Leontyev fikriga ko‘ra, «shaxs insonning ijtimoiy-tarixiy va 
ontogenezdagi taraqqiyotining nisbatan kechki mahsulotidir. Shaxs o‘zlashtirib 
olingan rollar tizimidir («rol» – bu biror-bir ijtimoiy guruh tuzilishida ma’lum 


10 
o‘rinni egallagan insonning kutilgan hulq-atvoriga javob beradigan dastur; bu 
insonning jamiyat hayotidagi ishtirokining tuzilishga ega bo‘lgan usulidir)». 
Shaxs taraqqiyoti individning ijtimoiylashuvi va tarbiya topishi sharoitlarida 
amalga oshiriladi. Umumiy psixologiyada ko‘pchilik hollarda shaxs sifatida 
qandaydir yadro, mag‘iz, individning turli ruhiy jarayonlarini birlashtiruvchi va 
uning faoliyatiga zaruriy ketma-ketlik va barqarorlik bag‘ishlovchi yig‘indi va 
amodal boshlang‘ich modda tushuniladi. 
L.S.Vigotskiy ijtimoiy tajribasiz, uning ichki ishlanmasiz, so‘ngra uni yana 
qayta ishlangan shaklda ichkaridan ishlab chiqarmasdan turib, shaxsning taraqqiy 
etishi mumkin emasligi (interiorizatsiya va eksteriorizatsiya qonunlari) haqida 
yozgan edi. Bu xususda psixologlarga tarix fanining ba’zi bir namoyondalari ham 
qo‘shiladilar. G.S.Knabening ta’kidlashiga ko‘ra, ««shaxs» insonning jamiyat 
hayotidagi ishtiroki va hayotda tutgan o‘rni nuqtai nazaridan insonga xos
xususiyatdir». V.A.Shkuratov quyidagi definitsiyani keltiradi: «Shaxs jamiyat 
a’zosi va faoliyatdagi mavjudotning ifodalanishini ijtimoiy turlarga ajratish… 
Shaxsni uning ijtimoiy va madaniy doirasi, kelib chiqishi, kasbi, o‘z tipi va 
h.k.larning xususiyatlaridan yig‘ib olish mumkin». 
Hozirgi kunda psixologiya shaxsni insonning jamiyatdagi hayotida 
shakllanadigan ijtimoiy-psixologik hosila sifatida tushuntiradi. Odam ijtimoiy 
mavjudot sifatida boshqa odamlar bilan munosabatlarga kirishganida va bu 
munosabatlar uning shaxsini shakllantiruvchi hal qiluvchi omilga aylanganida, u 
yangi sifatlarga ega bo‘ladi. 
Chet el psixologiyasida inson shaxsi sifatida barqaror belgilar majmuasini 
tashkil etuvchi temperament, sezgirlik, motivlar, layoqatlar, mayllar, turli hayotiy 
vaziyatlarga moslashayotganida aynan shu insonga xos bo‘lgan fikrlar oqimi va 
hulq-atvorini belgilab beradigan ma’naviyat tushuniladi. J.Godfruaning fikricha,
shaxs umumiy holda ham irsiy, ham ijtimoiy-madaniy ta’sirlar bilan belgilanadi. 
«Shaxs» tushunchasi o‘z ichiga tabiiy xossalar (jins, temperament va h.k.) asosida
ijtimoiy muhit (oila, maktab, «boshqa ahamiyatlilar») va faoliyat (o‘yin, bilish, 
mehnat) bilan faol o‘zaro ta’sirlar jarayonida hosil bo‘lgan individga xos bo‘lgan 
ijtimoiy sifatlar yig‘indisini birlashtiradi. 
Inson shaxsi, keng tarqalgan tasavvurlarga qarshi o‘laroq, 30 yoshga 
etgunicha o‘zgarmasdan qolmaydi. Misol keltiradigan bo‘lsak, Kaliforniya 
Universitetining bir guruh olimlari 130 mingdan ortiq odamlarning «Katta 
Beshlik» (vijdoniylik, murosaga kelish layoqati, nevrotizm va ekstravertlik) nomi 
bilan ma’lum shaxsiy sifatlarini tahlil qilganlar. Bu sifatlar kayfiyatga bog‘liq 
emas, shuning uchun etarlicha ishonchli tarzda namoyon bo‘ladi. Odamlar yosh 
o‘tishi bilan hayotiy ixtiloflarni tezda bartaraf etishga o‘rganadilar, xususan, 
shafqatliroq va mehribonroq bo‘lishga intiladilar. 


11 
Aniqlanishicha, ayollarda, erkaklardan farqli o‘laroq, yosh o‘tishi bilan 
nevroz holatlari kamayadi. Ikki jins vakillarida samimiylik bir oz kamayadi. 
Olimlarning fikriga ko‘ra, 20–30 yoshlilarda murakkab vazifalarni bajarishda va 
tashkilotlar tuzishda ko‘mak beradigan vijdoniylikning kuchayishi kuzatiladi. 
Murosaga kelishga moyillik, aksincha, ko‘pchilik holatlarda 30 yoshdan so‘ng 
yorqin namoyon bo‘ladi. 
Shunday qilib, faylasuflar, tarixchilar, pedagoglar va psixologlarda «shaxs» 
tushunchasining 
turlicha 
talqinlari 
mavjud. 
Bizlar 
esa, 
yuqorida 
ko‘rsatganimizdek, R.S.Nemov tomonidan berilgan shaxsning, fikrimizcha, 
yanada aniq va to‘liq psixologik ta’rifidan foydalanamiz. 
Psixologiya tarixida shaxsning psixologik mohiyati haqidagi tasavvurlarga 
ko‘p marta o‘zgartirishlar kiritilgan. Avvalambor, shaxsni, aynan, psixologik 
tushuncha sifatida anglashning zaruriyati bilan bog‘liq nazariy qiyinchiliklarni 
bartaraf etishning eng ishonchli vositasi shaxsni psixologik voqelik kabi tashkil 
etuvchi tarkibiy qismlarni sanab o‘tish hisoblanadi. Bu holatda shaxs inson 
psixikasining sifatlari, xossalari, qirralari, o‘ziga xos xususiyatlarining to‘plami 
sifatida maydonga keladi. Muammoga bunday yondoshish A.V.Petrovskiy 
tomonidan «kolleksiya to‘plash» deb nomlangan, bunda shaxs o‘zida 
temperament, xarakter, qiziqishlar, layoqatlar va h.k.larning qirralarini 
mujassamlashtirgan qandaydir kattalik, hajmga aylanadi. 
XX asr 60-yillarining o‘rtalarida shaxs umumiy tuzilishini o‘rganish bilan 
bog‘liq tadqiqotlar o‘tkazishga qaratilgan harakatlar boshlab yuborildi. Bu 
yo‘nalishda shaxsni bioijtimoiy, tartibli tuzilish sifatida ta’riflagan K.K. 
Platonovning yondoshuvi e’tiborga loyiq. U shaxs tuzilishini quyidagilarga 
ajratadi: 
1. Yo‘nalganlik (fikrlar, dunyoqarash, mayllar, istaklar, qiziqishlar, 
moyilliklar, ideallar kabi shakllarni o‘z ichiga oladi). Bu tuzilish osti tarbiya yo‘li 
bilan shakllanadi. 
2. Tajriba (ta’lim olishda shaxsiy tajriba vositasida orttirib bo‘lingan, lekin 
shaxsning biologik va hatto, irsiy belgilangan xossalarining sezilarli ta’siri 
ostidagi bilimlar, malakalar, ko‘nikmalar va odatlarni birlashtiradi). 
3. Aks ettirish turli shakllarining individual xususiyatlari (his etish, idrok, 
xotira, tafakkur, hissiyotlar, tuyg‘ular, iroda). 
4. Biopsixik xossalar o‘zida temperament xususiyatlari, shaxsning jins va 
yosh xususiyatlari, patologik, organik o‘zgarishlarni birlashtiradi. 
Bu to‘rt tarkibiy qismga yana ikki tarkibiy qism jamlanadi: mustaqil tarkibiy 
qism bo‘lib hisoblanmaydigan shaxsning umumiy sifatlaridan iborat, asosiy 
tarkibiy qismlarning har birining xususiyatlaridan tashkil topgan xarakter va 
layoqatlar. 


12 
Bunday yondoshuvning asosiy kamchiligi shundan iborat ediki, shaxs 
umumiy tuzilishi uning biologik va ijtimoiy belgi, xususiyatlarining yig‘indisi 
sifatida izohlanar edi. Natijada shaxs psixologiyasida shaxsdagi ijtimoiy va 
biologik xususiyatlar nisbati muammosi asosiy muammolardan biri bo‘lib qoldi. 
Lekin, aslini olganda, biologik xususiyatlar inson shaxsi tarkibida ijtimoiyga 
aylanadi. 
XX asr 70-yillarning oxirida shaxs muammosiga tuzilishli yondoshuv 
yo‘nalishi tizimli yondoshuvni qo‘llash tendensiyasi bilan almashindi. SHu 
munosabat bilan A.N. Leontyev g‘oyalari alohida e’tiborga loyiq. Uning fikricha, 
shaxs, - bu insonning jamiyatdagi hayoti natijasida yuzaga keladigan alohida 
turdagi psixologik hosila. Turli faoliyatlarning birgalikda bo‘ysunishi 
ontogenezda shakllanadigan shaxsning asosini yaratadi. SHu o‘rinda, 
A.N.Leontyev ko‘rsatib o‘tganidek, shaxsga tegishli bo‘lmagan, avvalambor, 
irsiyat tomonidan belgilangan: tana tuzilishi, asab tizimining turi, temperament, 
biologik ehtiyojlarning o‘sish kuchi, affektivlik, tug‘ma layoqatlar kabi, 
shuningdek, orttirilgan ko‘nikma, bilim va malakalar, hamda, – kasbiy belgilarni 
ta’kidlab o‘tish joiz. Uning fikricha, sanab o‘tilganlar, insonning individual 
xossalarini tashkil etadi. 
Shaxs avvalgi tajribalar bilan boyitilgan individ emas. Individ xususiyatlari 
shaxs xususiyatlariga aylanmaydi. 
A.N. Leontyev tomonidan belgilab berilgan shaxs muammosini o‘rganishga 
umumiy yondoshuv A.V.Petrovskiy va V.A.Petrovskiylarning ishlarida 
rivojlantirildi. Ularning fikriga ko‘ra, shaxs hamkorlikdagi faoliyatning har bir 
ishtirokchisi o‘rtasida o‘rnatilgan mazmun-mohiyati, qadriyatlari vositasidagi 
barqaror shaxslararo aloqalar tizimida o‘rganilishi mumkin. 
Bayon etilganlar shaxsni faoliyat va muloqotda yuzaga keladigan individual 
munosabatlarning (subyekt – obyekt – subyektiv va subyekt – subyekt – 
obyektiv) barqaror tizimiga nisbatan subyekt sifatida o‘rganish imkonini beradi. 
A.V.Petrovskiy va V.A.Petrovskiylar shaxs tuzilishini individning «o‘ta sezgir» 
tizimli xususiyati sifatida ko‘rib chiqadilar. Shaxsni subyektiv munosabatlar 
tizimida ko‘rib chiqib, individ shaxsiy turmush tarzining uch xildagi 
atributsiyasini (qo‘shib yozish, belgilash) yoki shaxs tushunchasining uch xil 
nuqtai nazarini ajratadilar. 
Ko‘rib chiqishning birinchi nuqtai nazari – intraindivid shaxsiy atributsiya: 
shaxs subyektning o‘ziga xos bo‘lgan xossasi sifatida tushuntiriladi; shaxs individ 
turmush tarzining ichki muhitiga kiritilgan holatda bo‘ladi. 
Ikkinchi nuqtai nazar – shaxslararo aloqalar muhiti shaxsni aniqlash va 
mavjudlik sohasi bo‘lib xizmat qilganida shaxsni tushunish vositasi sifatidagi 
interindivid shaxsiy atributsiya. 


13 
Ko‘rib chiqishning uchinchi nuqtai nazari – metaindivid shaxsiy atributsiya. 
Ushbu holatda individning o‘z faoliyati orqali boshqalarga ko‘rsatadigan ixtiyoriy 
yoki ixtiyorsiz ta’siri ko‘zda tutiladi. Shaxsga yangicha nazar bilan qaraladi: 
uning individ sifatlari qatoridagi muhim xususiyatlarini faqat o‘zida emas, balki 
boshqa odamlardan ham izlash taklif etiladi. Bunda shaxs boshqalarda ideal 
tarzda tasavvur etilishi, ularning o‘zga turmush tarzi, uning shaxs sifatida 
alohidalanishida yuzaga keladi. 
Bunday ideal tasavvur etishning mohiyati – subyekt faoliyati yoki uning 
hamkorlikdagi faoliyatini yuzaga chiqaradigan boshqa odamning aqliy va
affektiv-ehtiyojiy sohasidagi real faol o‘zgarishlardan iborat. Bunday holatda gap 
shaxsning boshqalarda o‘z hayotini davom ettirishi mumkin bo‘lgan faol jarayon 
haqida, boshqalarda o‘zining davomiyligini ko‘ra bilishi haqida ketadi.

Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish