b, m, p
lab
undoshlari mavjud. Sirg‘aluvchi lab undoshi
f
yo‘q. O‘rxun yozuvida
v
uchun
49
maxsus harf kuzatilmaydi. Uning o‘rnida
b
ni bildiruvchi harf ishlatiladi. Uyg‘ur
yozuvida esa
v
uchun maxsus harf bor. Qadimgi turkiy tilda bo‘g‘iz undoshi
h
va
til orqa
x,
sirg‘aluvchi
j
undoshi mavjud boʻlmagan.
Qadimgi turkiy tilning asosiy soʻz boyligini, shubhasiz, turkiy tilga xos
bo‘lgan qatlam tashkil qiladi. Bu qatlam hozirgi turkiy tillarning barchasiga
tegishli bo‘lgan leksemalardir. Koʻhna yodgorliklarda qo‘llanilgan leksik
birliklarning ko‘pchiligi monosemantik so‘zlar hisoblananadi:
qan
– xon,
yoğčï
–
azachi,
söŋük
– suyak,
tanuq
– guvoh,
tamğa
– tamğa,
alpağu
– qahramon. Ayni
paytda, polisemantik birliklarning ham o‘z o‘rniga ega ekanligini guvohi bo‘ldik.
Xususan,
arïğ
so‘zi qadimgi turkiy tilda, ya’ni “Oltun yorugʻ”, Toʻnyuquq, Turfon
matnlarida «toza», «olijanob», «haqiqiy» ma'nolarini ifodalagan.
Törü
leksemasi
Turfon matnlari va «Oltun yoruq»da «urf-odat», “tartib-qoida”, «to‘y bazmi»
semalarida kelgan.
Qadimgi turkiy til morfologik tip jihatidan turkiy tillar singari
agglyutinativdir. So‘z shakllari so‘zning negiziga maxsus qo‘shimchalarni
muayyan tartibda qo‘shish yo‘li bilan yasaladigan tillar agglyutinativ tillar deb
ataladi. Ammo qadimgi turkiy tildagi morfemalar hozirgi o‘zbek adabiy tili va
singarmonizmni yo‘qotgan shevalardan singarmonistik variantlarining borligi bilan
farqlanadi. Lekin bu sof morfologik farq bo‘lmay, fonetik farqdir.
Hozirgi o‘zbek adabiy tili morfologiyasidan qadimgi turkiy til
morfologiyasining umumiy, farqli jihatlari quyidagilardan iborat:
1. Hozirgi oʻzbek tilida morfemalari miqdoran qadimgi turkiy tildagiga
nisbatan ko‘p va mazmunan boy.
2. Oʻrganilayotgan davr tilida hozirgi o‘zbek tilida mavjud bo‘lmagan
morfemalar ham koʻzga tashlanadi.
3. Qadimgi turkiy tilda so‘z va shakl yasovchi oʻzlashma morfemalar
uchramaydi.
4. Qadimgi turkiy tilda murakkab morfemalar juda ozchilikni tashkil etadi.
Qadimgi turkiy tilning morfologik strukturasi: so‘zlarning yasalishi,
otlarning ko‘plik, egalik va kelishik qo‘shimchalarini olishi, fe’lning harakat nomi,
50
ravishdosh, sifatdosh funksional shakllari, shuningdek, bu so‘z turkumining
orttirma, majhul darajalari, zamon kategoriyasi, sifat, ravish va yordamchi so‘z
turkumlari hozirgi turkiy tillardan deyarli farq qilmaydi. Faqat sonlar struktura
jihatidan, turli affikslarning har xil fonetik ko‘rinishlarda bo‘lishi bilan o‘ziga xos
xususiyatlarga ega. Qadimgi turkiy tildagi faol so‘zlar, so‘z va shakl yasovchi
affikslar davrlar o‘tishi bilan arxaiklashgan, ayrimlari esa hozirgi ba’zi turkiy
tillarda faol ishlatilmoqda. Jumladan, qadimgi turkiy tilda keng qo‘llangan tushum
kelishigi affiksi
–i
hozirgi turk tilida ham mavjud. Jamiyat tarixiy taraqqiyoti
tilning lug‘at tarkibidagi so‘zlar, affikslar adabiy shaklga tomon siljib boradi
9
.
Qadimgi turkiy tilda “d” hodisasi amal qilgan. Shu bois S.Malov runik va
uyg‘ur yozuvi yodgorliklari tilini “d” guruhidagi tillarga kiritadi.
Ma’lumki, turkiy qabila-urug‘larning yetakchiligida barpo bo‘lgan
qoraxoniylar davlati zamonida adabiy tilga bo‘lgan munosabat kuchaydi. Shuning
uchun qoraxoniylar davlatining hukmron doiralari turkiy tilda yozilgan har bir
asarni ma’qullar va taqdirlar edi. Qoraxoniyla davlatida, turli qabilalar orasida
chigillar muhim rol o‘ynar edi, chunki ular boshqa turkiy qabilalarga qaraganda
madaniy jihatdan ustun edi. Ularda yozuv an’anasi ancha keng tarqalgan edi.
Shuning uchun ham qoraxoniylar zamonidan yozilgan dastlabki asar shu dialekt
zaminida yozilgan. Chigillar dialekti turkiy tillarning d-gruppasiga mansubdir. D-
dialekti qadimgi turkiy tilda muhim ahamiyatga ega bo‘lganligi ma’lum. Mazkur
dialekt qoraxoniylar zamonidagi adabiy tilni yaratishda ham alohida ahamiyatga
ega bo‘lgan. Shu tilda «Qutadg‘u bilig», «Hibatul haqoyiq» va XIV asrning
o‘rtalariga qadar ma’lum bo‘lgan qator asarlar yozildi. Shu o‘rindda aytish joizki,
“d” dan “z” o‘tish jarayoni X-XI asrlar uchun xarakterlidir: adaq – azaq, qo‘d -
qo‘z, kidim – kizim, adin - azin kabi. Shuningdek, “z” ning “y”ga o‘tishi XI asrda
boshlangan. Buni “Qutadg‘u bilig” va “Devonu lug‘otit turk” asarlaridagi ayrim
misolarda ko‘rish mumkin: azaq- ayaq, azig‘ – ayig‘, qazg‘u – qayg‘u singari.
9
Abdushukurov B. Qadimgi turkiy til. - Т.: Navoiy universiteti, 2019.
-
B.39.
51
Qoraxoniylar zamonidagi adabiy til mo‘g‘ullar hukmronligi davrida ham
davom etdi. Mo‘g‘ullar davlatida uyg‘urlar butun madaniy ishlarni boshqargan.
Uyg‘urlar vositasida qoraxoniylar an’anasi uzoq asrlar davomida o‘z
xususiyatlarini saqlab qolgan. Lekin XIV asrga kelib O‘rta Osiyodagi vaziyat
birmuncha o‘zgardi. Mo‘g‘ullar davlatining inqirozga yuz tutishi munosabati bilan
O‘rta Osiyo, Kavkaz va Qrim, Kichik Osiyoda har xil turkiy davlatlar tuzildi.
Davlat chegaralarining aniqlanishi borgan sari shu territoriyadagi qabila-urug‘lar
asosida muayyan xalqlarning tarkib topish ishlari uchun zarur sharoit tug‘dirdi.
Asta-sekin mo‘g‘ullarning O‘rta Osiyodagi siyosiy yetakchiligi zaiflashdi, adabiy
tilga mahalliy shevalar ta’sir eta bordi. Natijada XIV asr davomida adabiy tilning
tayanch dialekti Sirdaryo bo‘yidagi y-lashgan dialektni tashkil qildi. “D” “z”
dialektlari XIV asr boshlarigacha qo‘llanilgan. “Qisasi Rabg‘uziy” asari buning
yorqin dalilidir. Qolaversa, XI-XIV asrlarda yaratilgan aksar manbalar tilida har
uchala dialekt paralel ishtirok etgani kuzatiladi. XIV asrning o‘rtalaridan boshlab
yuzaga kelgan yodgorliklar “y” dialekti zaminida yozildi. Bu dialektning dastlabki
yodgorligi Xorazmiyning «Muhabbatnoma» asaridir. Demak, “d”, “z”, “y”
dialektlarining o‘zbek adabiy tilidagi o‘rnini aniqlash uchun qadimgi turkiy til va
XI-XIV asr yodgorliklarini puxta o‘rganish lozim bo‘ladi.
Umuman, qadimgi turkiy adabiy til ta’sirida o‘zbek tilining lug‘at tarkibi,
grammatikasi va badiiy tasvir vositalari me’yorlasha bordi. Natijada, o‘zbek adabiy
tilining o‘ziga xos adabiy me’yorlari shakllandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |