SCIENCE COMMUNITY: WEB OF CONFERENCES
October-December, 2021
20
Soliq tizimini isloh qilish maqsadida bir qator qonun hujjatlari ishlab chiqildi. O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019 yilning 10 iyulda “Soliq ma’muriyatchiligini
takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi.
1
Shu bilan bir qatorda Ozbekiston Respublikasi Soliq Kodeksiga o’zgartirishlar va yangilanishlar
kiritildi. O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasining amaliyotga
joriy etilishi natijasida mehnatga haq to‘lash jamg‘armasiga soliq yuki kamaytirildi, aylanma
mablag‘lardan olinadigan soliqlar optimallashtirildi, davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy
ajratmalarni bekor qilish va yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkasini kamaytirish orqali
soliq tizimi qayta ko‘rib chiqildi.
Moliya vazirligi hamda Davlat soliq qo’mitasi 2021-yilda yuridik va jismoniy shaxslarning soliq
to’lash tartibi haqida bergan ma’lumotiga ko’ra ,QQS ya’ni qo’shilgan qiymat solig’i soliq stavkasi
15 foiz miqdorida saqlab qolinmoqda Tushum hajmidan qat’iy nazar QQS to‘lovchi korxonalar
doirasi alkogol mahsulotlari, shu jumladan pivoni chakana sotish bo‘yicha turg‘un savdo
shaxobchalari, bozor va savdo komplekslari hisobiga kengayotganini ham aytish joiz. 2021-yil uchun
aksiz solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi saqlab qolindi. Aksiz solig’i elektrotexnika
maxsulotlari, traktor va yarim tirkamalar, oziq ovqat mahsulotlari uchun bekor qilinmoqda. Xususan
foyda solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lashning 2020 yilda amalda bo‘lgan tartibi, shuningdek soliq
stavkalari ham 2021-yil uchun saqlanib qolinmoqda. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad
solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi, shuningdek 12 foiz miqdorida soliq stavkasi saqlab
qolinmoqda. Qat’iy belgilangan miqdorlardagi soliqni to‘lovchi soliq to‘lovchilar uchun quyidagilar
nazarda tutilgan:
ushbu toifadagi soliq to‘lovchilari uchun soliq stavkalari Soliq kodeksida belgilanmoqda. Bunda,
2020 yilda amalda bo‘lgan soliq stavkalari miqdori saqlanib qolinmoqda;
O‘zbekiston Respublikasining “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti
to‘g‘risida” Qonunida nazarda tutilgan, ushbu soliq stavkalari qo‘llanilishi bilan bog‘liq alohida
normalar Soliq kodeksiga o‘tkazilmoqda; jismoniy shaxslarning mol-mulkini ijaraga berishdan olgan
daromadiga 12 foiz miqdoridagi soliq stavkasida soliq solinadi. Yuridik va jismoniy shaxslardan
olinadigan mol-mulk solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibi, shuningdek, yuridik shaxslar uchun bazaviy
soliq stavkasi 2 foiz miqdorida saqlab qolinmoqda. Yuridik va jismoniy shaxslar uchun yer solig‘ini
hisoblash va to‘lash tartibi, shuningdek qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha qishloq
xo‘jaligi ekinzorlarining normativ qiymatiga nisbatan belgilangan 0,95 foiz soliq stavkasi saqlab
qolinmoqda. Jismoniy shaxslarga yakka tartibda uy-joy qurish va yashash uylarini obodonlashtirish
uchun berilgan tomorqa yer uchastkalariga, yakka tartibda uy joy qurish bilan band bo‘lgan yer
uchastkalariga jismoniy shaxslar uchun belgilangan soliq stavkasi qo‘llaniladi.
Xulosa qilib aytganda soliqlar davlat byudjeti daromadlarining asosiy manbaini tashkil etib soliq
sohasidagi har qanday yangiliklar, har qaysi o’zgartirishlar,har qanday islohotlar jumladan,soliq
siyosatini takomillashtirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilar raqobatbardoshligini oshirish orqali
soliqlar yigʻiluvchanligiga erishish eng avvalo mamlakatning rivoji uchun,shuningdek aholining
turmush tarzini yaxshilash uchun xizmat qilishi nazarda tutilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |