Mamatova Zilolaxon Xabibulloxonovna,
Farg’ona davlat universiteti, o’qituvchi
Annotatsiya:
Matematikani o‘qitish jarayonida fikrlash formalarini paydo qilish metodikasi
yaxshi yoritiladi, ya’ni matematik bilimlarni axborot texnologiyalari yordamida o’quvchiga osonlik
bilan yetkazib berishdir. Matematik tushuncha va uni o‘quvchilar ongida shakllantirish metodikasi,
matematik hukm va uning turlarini elektron darslar orqali ko’rgazmali tassavur uyg’otib,
o‘quvchilarga pedagogik texnologiyalar orqali o‘rgatish metodikalari yoritilgan.
Tayanch iboralar:
Axborot-kommunikatsion texnologiyalar, elektron darslik,
matematik
muammo, diagramma, animatsion video, audio animatsiya.
Annotation:
The method of developing forms of thinking in the process of teaching mathematics
is well covered, that is, the easy transfer of mathematical knowledge to the student t hrough the use of
information technology. Mathematical concepts and methods of their formation in the minds of
students, methods of teaching mathematical judgment and its types to students through pedagogical
technologies, evoking a visual image through e-learning.
Keywords:
Information and communication technologies, electronic textbook, mathematical
problem, diagram, animated video, audio animation.
XXI asrga kelib insoniyat hammaga birdek axborot olish imkoniyatini beruvchi ochiq axborot
jamiyatini shakllantirish tomon jadal bormoqda. “Elektron hukumat”, “elektron uy”, “elektron
tijorat”, “elektron ta’lim” kabi raqamli borliq elementlari hayotimizga kirib ulgurdi va odatiy hol
bo`lib qoldi. Endilikda insoniyat elektron resurslardan shunchaki axborot manbasi sifatida emas, balki
interfaol muhitda ulardan aql bilan foydalanishni maqsad qilib qo`ymoqda. Bu jadal yangilanib
borayotgan axborot kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan muloqot darajasida
foydalanish, ma’lumotlarni qayta ishlash va qaysidir ma’noda odam o`rnida “o`ylash”ga majbur
qilishni talab qiladi.
Axborot texnologiyalari texnik imkoniyatkari, intelektual va texnologik ko’p qirraligi bilan fan
taraqqiyotiga katta hissa qo’shadi. Masalan: matematika fani boshqa fanlarga qaraganda ko’proq aqliy
mehnatni talab qilgani bois aksariyat o’quvchilarning bu fanga qiziqishi susayishi tabiiy. O’quvchi
yoshlarda fanga qiziqish uyg’otish uchun turli matematik dasturlardan foydalanish mumkin.
Qolaversa o’quv materialining elektron taqdimotda animatsiyalar shaklida berilishi o’tilayotgan
mavzuni tushunishni yengillashtiradi va ko’rgazmalilikni oshiradi. Oddiy matematik amallardan turli
xil hisob kitobli o’yinlar tashkil qilish o’quvchilarning og’zaki hisoblash malakasini oshishiga,
tezkorlikka undaydi, fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi.
Matematik masalarni tasavvur qilish uchun animatsion vodeolardan foydalanish masala yechimiga
osonlik bilan erishish mohiyatni to’liq anglab yetishda, ularni eslab qolishda terminga oid surat,
videolar ko’rish, audiolar tinglash esa katta ahamiyatga ega. Kompyuter texnologiyasida matnlar,
tasvirlar, ovozlar shakllar va shunga o’xshash boshqa ishlarni amalga oshirish imkoniyatlari maxsus
dasturlash yordamida juda yengil va tezkorlik bilan hal etiladi.
Oddiy misol boshang’ich sinf matematika darsliklarida berilgan qo’shish, ayrish, ko’paytirish,
bo’lish, katta, kichik kabi oddiy amallami elektron shaklda qo’llash hech bir o’quvchida qiziqish
uyg’otmay qolmaydi. Shuning uchun matematika, fizika va shunga o’xshash bir qator fanlarni
o’qitishda axborot kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanish ijobiy natijalarga olib kelmoqda.
Matematika sohasida axborot texnologiyalaridan foydalanish nafaqat bog’cha, maktab
tarbiyalanuvchilari, balki oliy ta’lim muassalari talabalaring ham katta yutuqlarga erishishiga zamin
yaratadi. Malumotlarni diagramma shaklida namoyish etish, juda katta hajmdagi sonlarni ko’rgazmali
tasvirlash va ular orasida aloqadorlikni aniqlash kabi imkoniyatlarni beradi. Hususan, keyingi o’n
Do'stlaringiz bilan baham: |