Annotation.
The article analyzes the development of the economy of the Republic of Uzbekistan,
the role of taxes, ongoing tax reforms and their role in the development of the country.
Keywords:
tax policy, tax burden, improvement and simplification of tax policy.
O’zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning tub maqsadi albatta mamlakat aholisining
turmush tarzini yaxshilashni nazarda tutadi,shu jumladan soliq siyosati ham. Soliq yukini izchillik
bilan kamaytirish, soliq solish tizimini soddalashtirish va soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish
- iqtisodiyotni jadal rivojlantirish hamda mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini yaxshilashning
eng muhim shartlari hisoblanadi
O’tgan davr mobaynida mamlakatimizda soliq sohasida bir qator islohotlar amalga oshirildi.
Xususan bu borada O’zbekiston Respublikasining bir qator qonunlari, prezident farmonlarining soliq
siyosatiga daxldor bolgan bir qator qaror va me’yoriy hujjatlari qabul qilinganligini qayd etish
maqsadga muvofiqdir. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son
Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi mamlakatning davlat va jamiyat rivojlanishi
istiqbolini strategik rejalashtirish tizimiga sifat jihatdan yangi yondashuvlarni boshlab berdi. Ayni
paytda iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish sohasida soliq tizimi isloh qilinmoqda, halol
soliq to’lovchilar – xo’jalik yurituvchi subyektlarga soliq ta’tillari berilishi nazarda tutilmoqda.
1
Statistik ma’lumotlarga nazar tashlaydigan bo’lsak, 2020 yilda to‘g‘ridan-to‘g‘ri soliqlardan
tushumlar 43,8 trln.so‘mni tashkil etdi va o’tgan yilning joriy davriga nisbatan 1,5 barobardan ziyod
o‘sdi. shu jumladan, daromad solig‘i bo‘yicha tushumlar 2019 yilga nisbatan 1,9 martaga oshdi.
Davlat byudjetning umumiy daromadlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri soliqlarning ulushi 25,4 foizdan 33,0
foizgacha o‘sdi.
Bilvosita soliqlar bo‘yicha to‘lovlar 47,8 trln.so‘mni tashkil etdi (o‘tgan yilga nisbatan 3,7 foizga
kamaydi). Shu bilan birga, byudjet daromadlari tarkibidagi egri soliqlarning ulushi 44,3 foizdan 35,9
foizgacha kamaydi. Ushbu tushumlarning kamayishi qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha
tushumlarning 11 foizga, shuningdek aylanmadan soliqning 31,7 foizga kamayishi bilan bog‘liq.
Resurs soliqlaridan byudjet daromadlari 21,3 trln.so‘mni tashkil etib o‘tgan yilga nisbatan 8 foizga
ko‘pni tashkil etdi, ularning byudjet daromadlaridagi ulushi 17,5 foizdan 16 foizgacha kamaydi.
Bilvosita va resurs soliqlarining kamayishi koronavirus pandemiyasi davrida iqtisodiy faoliyatning
cheklanishi, tadbirkorlik sub’yektlariga soliq imtiyozlari va preferensiyalar berilishi, shuningdek
tashqi talabning pasayishi bilan bog‘liq bo‘ldi.
Shu bilan birga, jahon bozorlarida qimmatbaho metallar narxlarining ko‘tarilishi ushbu
yo‘qotishlarni qoplashga va belgilangan prognoz parametrlariga erishishga hissa qo‘shd i. Jahon
bozorlarida oltin narxlarining 2019 yilda o‘rtacha bir troy unsiyasi uchun 1392,2 dollardan 2020 yilda
1 770,4 dollarga o‘sishi, qimmatbaho metallarni ishlab chiqaruvchilar tomonidan to‘lanadigan
soliqlar jami byudjet daromadlaridagi ulushi 8,9 foizgacha ko‘tarildi. Koronavirus pandemiyasiga
qarshi kurashishda sog‘liqni saqlash muassasalarni qurish va zarur infratuzilma bilan ta’minlash,
tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab quvvatlash uchun soliq imtiyozlari berilishi, aholining zaif
qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish, Pensiya jamg‘armasidagi zararlarni qoplashga qaratilgan ustuvor
chora tadbirlarni amalga oshirish orqali davlat byudjeti xarajatlari yalpi taklifni rag‘batlantiruvchi
asosiy omil sifatida xizmat qildi.
1
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha
Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947-son Farmoni
Do'stlaringiz bilan baham: |