Microsoft Word navoiy xamsatul mutahayyirin lotin ziyouz com doc



Download 344,61 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/63
Sana19.05.2023
Hajmi344,61 Kb.
#940970
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   63
Bog'liq
navoiy xamsatul mutahayyirin lotin ziyouz com (1)

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
8
Barcha hujum qilib, faqirg‘a g‘ulu qildilar. Faqir ayttimkim: «Chun siz barcha bir jonib 
bo‘ldungiz, men yalg‘uz. Sizga o‘z muddaomni sobit qila olmon, ammo bir kishini hakamliqg‘a 
musallam tutsangiz, garav bog‘larmen». 
Barcha ittifoq qilib ayttilarkim, Hazrati maxdum olam afozilining hakami, balki hokimidur, alarni 
musallam tutmas kishi yo‘qtur. Chun so‘z mung‘a qaror topti. Faqir alar bila garav bog‘lab, majlisning 
kayfiyatin va ul bahsning sababin va ul baytda «xun» lafzi munosibroq yo «durr» lafzi muvofiqroqdur 
deb, maqsudning isnodin hamul zamon bitib, ul Hazrat xizmatlarig‘a yiborildi. Bir yaxshi zamondin 
so‘ngra borg‘on kishi javob kelturdi va ul Hazrat bu misrani bitib erdilarkim: 
«Suxan «durr» astu taalluq ba go‘shi shah dorad
46
 
Ul jamoat mulzam bo‘lub, faqirg‘a alarning tarbiyat va madadlari bu nav’ yetti. Ma’lum emaski, 
hargiz kishi bu nav’ muxtasar javob hech savolda aytmish bo‘lg‘ay. Tonglasi bu so‘z shuhrat tutti. El 
yod tutub majolisda naql qilurlar erdi.
* * * 
Podshoh ul yilki Xuroson taxtin olg‘ondakim, «Jahonoro» bog‘i tarhin soldilar. Bir panjshanba 
kuni ul hazrat xizmatlarida Gozurgohidin
47
Dasht yuzi bila Xiyobon
48
sori boriladur erdi. Sayyid 
G‘iyoskim, ul bog‘ning ta’miri va bog‘bonlig‘i ang‘a mutaayyin erdi, yo‘lda yo‘luqtikim, arobalarg‘a 
ulug‘roq sarv yig‘ochlarin bog‘lardin sotun olib, qo‘ngarib yuklab, «Jahonoro» bog‘iga eltadur erdi: Ul 
Hazratg‘a salom berib, iltifot qilib, mutoyaba bila dedilar: 
— Yana hech sarv yig‘ochi qoldimu? Ne, buyla sarv yig‘ochi yuklabsen, oyo necha yig‘och 
bo‘lg‘ay? 
Ul dedikim: 
— Sanabbiz, yuz to‘rt adaddur. 
Alar dedilarkim: 
— Ajab adaddur. 
Faqir dedikim:
— Munosib adaddur, nevchunkim, «qad» adadi bila munosibdur. Alar dedilarkim: 
— Rostdur, — dag‘i faqirni tahsin qildilar. 
* * * 
Bir kun alar yo‘l bila boradur ermishlar. Mahmud Habib otlig‘ devonai xumoriyi abtariy bor erdi
mast va oshufta, alarg‘a yo‘luqub, beadabona so‘zlar aytib, balki safohatlar qilibtur, ammo alar mutlaq 
iltifot qilmaydurlar, dag‘i aning sori boqmaydurlar. Yana bir kun faqir alar xizmatida boradur erdim. 
Hamul devona faqirni alar bilan ko‘rdikim, boradurmen. Ul yerdinkim, junun ahli va abtar xaloyiq 
fosid xayoloti bo‘lg‘ay, sog‘inmish bo‘lg‘ankim, alar aning tuno kungi beadabliqlaridin faqirg‘a 
shammai izhor qilg‘aylar yo qilmish bo‘lg‘aylar. Alarga betaqrib so‘z qotib, uzrxohliqlar boshladi. 
Faqir taajjub qilib, alardin istifsor qildimkim: «Bu devonaning parishon uzrxohliqlari, oyo, ne jihatdin 
erkin?». 
Alar so‘zni o‘zga sori yutkab, tuno kun o‘tgan holatdin hech nima izhor qilmadilar. Ammo 
ashobdin tuno kun o‘tgan so‘z ma’lum bo‘ldi. Ul devona bee’tidolliqlar qilsa erdi, anga ta’zir va adab 
46
Misra’ning mazmuni:
So‘z – durr [inju], shoh qulog‘iga taalluqi bor. 
47
Gozurgoh – Hirotda tog‘ etagidagi xush manzara maydon. 
48
Xiyobon – Hirotning markaziy ko‘chasi. Arabcha yozuvdagi «qad» so‘zining harflari miqdori abjad hisobida 104 bo‘ladi. 


Alisher Navoiy. Holoti Sayyid Hasan Ardasher 

Download 344,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish