72
90.Ko`z shoh pardasining ko`rligi(katarakta) va polidaktiliya dominant gen bo`lib, ular jinsga birikkan
holda irsiylanadi. Onasi faqat katarakta bo`yicha gomozigota kasal, otasi esa faqat polidaktiliya bo`yicha
gomozigota kasal bo`lgan oilada tug`ilgan qiz bu belgilari bo`yicha sog`lom yigitga turmushga chiqdi.
Oilada katarakta bilan tug`iladigan bolalar ehtimolini aniqlang.J:50
91.Mushuklar junining ikkita allel bo`lmagan genlar nazorat qiladi. Genotipdagi dominant K geni qora
rangli, k geni esa malla rangli jun hosil bo`lishiga sabab bo`ladi. I gen esa K va k genlar funksiyasini
pasaytirib, rangning kulrang tusda bo`lishiga olib keladi. Geterozigota mushuklar chatishganda avlodda
fenotip bo`yicha ota-onaga o`xshamagan mushuklar necha foizni tashkil etadi? J:25
92.Albinizmning har xil irsiy shakllari bo`lib, ulardan biri qisman albinism autosoma-dominant tipda,
ikkinchi xili to`liq albinism autosoma retsessiv tipda nasldan-naslga o`tadi.
Agarda ota-onalardan
birining genotipi digetreozigotali bo`lib, qisman albinism
bilan kasallangan, ikkinchisi to`liq albinism
bilan kasallangan bo`lib, uning avlodida qisman albinism hech qachon kuzatilmagan bo`lsa, shu oilada
albinizmning har ikkla turi bo`yicha kasallangan farzandlarning tug`ilish ehtimoli qanday?
93.Tovuqlar jinsiy xromosomasida joylashgan k gen letal xususiyatga ega bo`lib, jo`jalar tuxumdan
chiqmasdanoq nobud bo`ladi. Agar X
K
X
K
x X
K
Y genotipga ega xo`roz va tovuqlar chatishtirilsa, jo`jalarning
necha foizi tuxumdayoq nobud bo`ladi? J:20
94.Drozofila meva pashshasi retsessiv s gen tananing kalta bo`lishiga sababchidir. Mazkur belgi bo`yicha
geterezigota urg`ochi drozofila kalta tanali erkagi bilan chatishtirilgan. Hosil bo`lgan duragay
drozofilalarning genotipini aniqlang?
J:X
S
X
s
, X
S
X
s
, X
S
Y, X
S
Y
95.Drozofilla pashshasida qanot shakli va tana rangini ifodalovchi genlar
bitta xromosomada
joylashgan. Erkak va urg`ochi drozofilla pashshalariga A va B genlari faqat otasidan o`tgan.
Digeterozigota kulrang tanali, normal qanotli urg`ochi va erkak drozofilla pashshalari o`zaro
chatishtirildi. Avlodda allel genlarning o`rin almashishi natijasida krossingover foizi 34% ni tashkil
etadi. Avlodning necha foizini kulrang tanali, kalta qanotli va qora tanali,
normal qanotli pashshalar
tashkil etadi?
96.Odamlarda A va B genlari bitta autosoma xromosomada joylashgan bo`lib, ikki xil kasallikni yuzaga
keltirib chiqaradi. Ayol ikkala kasallik bilan kasallangan bo`lib, unga bu genlardan biri onasidan o`tgan.
Erkak ikki belgisi bo`yicha sog`lom. Agar nazariy jihatdan krossingover 18 foizni tashkil etsa, shu
oilada A va B geni bo`yicha kasal farzandlarning tug`ilish foizini toping?
97.Drozofilla pashshasida tananing kulrang bo`lishi qora rang ustidan, qanotining uzun bo`lishi kaltaligi
ustidan dominantlik qiladi. Bu genlarni yuzaga chiqaruvchi genlar bitta xromosomada joylashgan. Qora
tanali, kalta qanotli urg`ochi pashsha,
digeterozigota kulrang tanali, uzun qanotli erkak pashsha bilan
chatishtirildi. Avlodning necha foizi ota-onaga fenotip jihatdan o`xshash bo`lmagan?
98.Daltonizm va shapko`rlikni yuzaga chiqaradigan retsessiv genlar X xromosomalarda joylashgan
bo`lib, birikkan holda irsiylanadi. Onasi shapko`r, otasi daltonik bilan kasallangan, o`zining ko`rish
qobiliyati normal ayol shapko`rlik bilan kasallangan erkakka turmushga chiqdi.
Agar ayol
krossingoveri 40% ga teng bo`lsa, oilada sog`lom farzandlar tug`ulish ehtimoli necha foiz?
99.Daltonizm va shapko`rlikni yuzaga chiqaradigan retsessiv genlar X xromosomalarda joylashgan
bo`lib, birikkan holda irsiylanadi. Onasi shapko`r, otasi daltonik bilan kasallangan, o`zining ko`rish
qobiliyati normal ayol shapko`rlik bilan kasallangan erkakka turmushga chiqdi. Agar ayol
krossingoveri 40% ga teng bo`lsa, qiz farzandlarning bir belgi bo`yicha sog`lom tug`ilish ehtimoli necha
foiz?
73
100.Digeterozigota kulrang tanali, uzun qanotli erkak drozofilla pashshasi( dominant genlarni faqat
onasidan olgan) qora rangli rudiment qanotli urg`ochi pashsha bilan chatishtirilganda olingan 1680 ta
pashshalarning (rudiment qantlilarni hisobga olmaganda) genotipik sinflari soni nechta?
101.Fransiyada juni normal sigir va buqa chatishtirilgan, 3 ta junsiz erkak buzoq va bitta normal junli
urg`ochi buzoq olingan. Bu urg`ochi buzoq keyinchalik otasi bilan qayta chatishtirilgan. U junsiz erkak
buzoq tuqqan. Chatishtirishda ishtirok etgan buqa bilan boshqa sigirlar bilan chatishtirilganda sigirlarning
hammasi normal junli buzoq tug`ilgan. Chatishtirishda ishtirok etgan ona va erkak sigirlarning genotipini
aniqlang? J:X
A
X
a
x X
A
Y
102.Bronzarang kurkalarda tana titrashi bilan kechadigan o`ziga xos kasallik mavjud bo`lib, bu kasallikni
yuzaga chiqaruvchi gen jinsiy X xromosomaga birikkan holda irsiylanadi. Kasallarning yashovchanligi
normal, lekin kasal kurkalar o`zaro chatishtirilganda avlodning bir qismi nobud bo`lgan bo`lsa, yashab
qolgan 78 ta jo`janing nechtasi erkak, nechtasi urg`ochi? Nobud bo`lgan jo`jalarning genotipi qanday? J:26
ta erkak, 52 ta urg`ochi; X
A
X
A
103.Bronzarang kurkalarda tana titrashi bilan kechadigan o`ziga xos kasallik mavjud bo`lib,bu kasallikni yuzaga
chiqaruvchi gen jinsiy X xromosomada joylashgan.Kasallarni yashovchanligi normal, lekin kasal kurkalar o`zaro
chatishtirilganda avlodlarni bir qismi nobud bo`ldi.Chatishtirishdan keyin ¼ qismi nobud bo`lgan bo`lsa,yashab
qolgan 78 ta jo`jani nechtasi erkak,nechtasi urg`ochi?Yashab qolgan qolgan jojalarni genotipi qanday?
J:26 ta ♀ X
A
Y, 52 ta ♂ X
A
X
A
, X
A
X
a
104.1-qon guruhli daltonizm bo`yicha tashuvchi ayol, 4-qon guruhli daltonik va gipertrixoz bilan kasal(gipertrixoz
ikki yelkali xromosomada joylashgan) erkak bilan turmush qurdi.ushbu nikohdan ikkala kasallik bilan kasallangan
bollarning tug`ilish ehtimolligini va qon guruhini ko`rsating?
A.50%; 2,3 B.25%;1,2 C.25%; 2,3 D.50%;3,4
105.Bollarda immunited yetishmasligi qonda globulin sintezlanmasligi oqibatida vujudga keladi. Bu kasallik
agammaglobulinemiya deb ataladi, ushbu kasallikni keltirib chiqaruvchi genninh bir turi autosomada ikkinchi turi
jinsiy X xramasomada joylashgan. kasallik belgisi ikkala holda ham retsessiv irsiylanadi. Ona 2 belgi bo‟yicha
geterozigotali Ota sog‟lom va uning avlodlarida kasallik kuzatilmagan. ularning farzandlari orasida quydagi qaysi
genotip uchramaydi?
A. AaX
b
Y B. AaX
B
X
B
C.AA X
B
X
B
D. aa X
B
Y
Do'stlaringiz bilan baham: