3
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS, KASB-HUNAR
TA`LIMI MARKAZI, BUXORO VILOYAT O`RTA MAXSUS TA`LIM
BOSHQARMASI BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI QOSHIDAGI 4-SON
AKADEMIK LITSEY
Kazakov A.S, Sanoqulov L.A, Sanoqulova S.A
Biologiya fanidan masalalar
(yangi 5-6-7-8-9 sinflar
va Akademik litsey, Kasb-hunar kollejlari darsliklari
asosida masalalar to`plami)
To`plam
Abituriyentlar, Maktab va Akademik Litsey o`quvchilari uchun
Buxoro 2017
4
Ushbu qo`llanma Buxoro Davlat Universiteti qoshidagi
4-son Akademik litsey ilmiy pedagogika kengashining
2017-yil 10-yanvar 5-sonli bayonnomasiga muvofiq
nashrga tavsiya etildi
O`zbekiston mustaqillikka erishgach, ta`lim sohasida tub o`zgarishlar
amalga
oshirila boshlandi. Oliy o`quv yurtiga kiruvchi abituriyentlar orasida raqobat
kuchaydi. Turli sohalarda yuz bergan islohotlar qatorida ta`lim sohasida ham
beqiyos o`zgarishlar sodir bo`ldi va davom etmoqda. Shulardan biri talabalar
bilimini xolisona, obyektiv baholashga xizmat qiladigan, 1992-yildan boshlab oliy
o`quv yurtlariga kiruvchilar uchun joriy etilgan masalalar
Ushbu qo`llanmada biologiya fanining tarkibiy qismlari bo`lmish botanika,
zoologiya, anatomiya, sitologiya va genetika, seleksiya, genetik injeneriya va
biotexnologiya, evolutsiya bo`limlariga oid masalalar to`plangan. Masalalar
bo`limlar shaklida berilgan. O`quvchilar nazariy bilimlarini masalalar
yechish
asosida sinab ko`rishlari mumkin.
Taqrizchilar:
BuxDU tabiiy fanlar fakulteti biologiya kafedra
mudiri, b.f.n. dots. B.B.Toxirov
BuxDU qoshidagi 4-son akademik litsey o`qituvchisi
S.U.Sattorova
Buxoro-2017
5
Moddalar almashinuvi
va ATF sintezi
1.200 gramm suv fotoliz bo`lishi natijasida hosil bo`lgan karbonat angidriddan glukoza hosil bo`lish reaksiyasida
sarflangan ATF ni necha gramm glukozani kislorodsiz parchalab olish mumkin? J:750
2.Glukoza to`liq parchalanganda 6400 kj issiqlik energiyasi ajraladi, ushbu glukoza aerob sharoitda
parchalanishidan ajralgan ATF da to`plangan energiya miqdorini toping? J:7600
3.Tana massasi 55 kg bo`lgan odam bir kecha kunduzda bahorda va kechasi odam qimirlamay yotganda nafas
olishi, yuragi, buyraklari, jigari va boshqa hayotiy muhim organlari normal ishlab turishini ta`minlash uchun
sarflanadigan energiya miqdorini topingJ:1320
4. Energiya almashinuvi bosqichida 360 g glukoza to`liq va 3 mol glukoza to`liqsiz parchalangan bo`lsa, hosil
bo`lgan energiyaning necha %i issiqlik sifatida ajraladi? J:47 %
5. Maqsud 15 kg li toshni 2 metr balandlikka 1 marta ko`tarishi uchun 8,44 kj ATF energiyasi sarflaydi. U ushbu
toshni 20 marta ko`tarishi uchun uning organizmida necha (g) glukoza oksidlanishi kerak? J:20
6
.
Fotosintezda 72 molekula karbonat angidrid qatnashgan bo`lsa, jarayon oxirida necha molekula organik birikma
hosil bo`ladi? J:12
7.Hayvon hujayralarida 1800 g glukoza parchalandi. Shu parchalanishning faqat glikoliz bosqichida hosil bo`lgan
energiya miqdorini toping J:2000
8.Beda o`simligi hujayralarida yorug`lik energiyasi hisobiga va aerob sharoitda 1240 molekula ATF sintezlangan
bo`lsa, shu vaqt oralig`ida o`simlik xloroplastida sintezlangan ATF da to`plangan energiya miqdorini toping
J:48000