Axborot iste’moli madaniyati va uni rivojlantirish yo‘llari bobning qisqacha mazmuni



Download 1,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/26
Sana17.05.2023
Hajmi1,03 Mb.
#939530
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26
Bog'liq
3-4-гуруҳ

ommaviy ishontirishning
quyidagi 
turlari
farqlanadi: 
1. Tinchlantiruvchi ta’sir, tinchlantirish, og‘riqli hissiyotlarni 
pasaytirish yoki og‘riqqa hissiy reaktsiyani yumshatishga 
yo‘naltirilgan. Jamiyatni tinchlantirish maqsadida televidenie orqali o‘z 
joniga qasd qilish, abortlar, jinoyatlar statistikasi atayin yashiriladi; 
iqtisodiyotning, ekologiya va xalqning ma’naviy axloqiy holati 
yumshatiladi. 
2. Tahrirlovchi ta’sir, jamiyatning ma’lum inqirozlariga munosabat 
hosil qilish va inqiroz sabablarining salbiy ahamiyatini yumshatishga 
xizmat qiladi. Ko‘r tartibsiz omma, ishontirishning mazkur turi 
ta’sirida, avvaldan hafsala bilan shakllantirilgan ko‘nikma bergan 
yo‘nalishda harakatlanadi. Har qanday keraksiz, asosiy g‘oyasi rasmiy 


31 
informatsion doktrinaga mos kelmaydigan axborot albatta, ortidan 
chalg‘ituvchi yoki yaqqol qarama-qarshi mazmundagi filmlar, 
ko‘rsatuvlarni namoyish etish orqali silliqlanadi. 
3. Rag‘batlantiruvchi ta’sir, xasta jamiyatning o‘rin bosuvchi 
mexanizmlarini safarbar qilish va ijtimoiy faolligini oshirishni maqsad 
qiladi.
INTERNETNI TA’SIRI 
Jamiyat yangi ermakni bir xil qabul qilmaydi: kompyuter 
imkoniyatlaridan hayratlanish havosida sergaklik, ko‘p hollarda esa 
yaqqol qoralash seziladi. Ommaviy axborot vostilarida butun 
kompyuterning va kompyuter o‘yinlarining o‘smirlar psixikasiga xavfli 
ta’siridan ogohlantiruvchi ko‘plab xabarlar paydo bo‘lyapti. Maqola 
mualliflari kompyuter bilan mashg‘ul bo‘lish – o‘ziga xos o‘smirni 
ko‘ngil yozishning boshqa turlariga o‘tolmaydigan qilib qo‘yadigan, 
atrofdagilardan ustunlik haqidagi o‘tkinchi hissiyot, o‘yinchi 
kompyuter o‘yinlari qahramonlari taqdirini hal qilish bilan orttirib 
oladigan «taqdirlar egasi» deb nomlangan sindromda namoyon 
bo‘ladigan tobelik ekanligi to‘g‘risida fikr bildiradilar. O‘smirning 
«to‘nkalashib» qolishi, uning hissiy dunyosi o‘yinchi g‘alaba 
qozonmoqchi bo‘lsa, doim o‘z hissiyotlarini jilovlab, sovuqqon holda 
qolishi kerakligidan kambag‘allashuvi xavfi ham ta’kidlanadi. 
Mualliflar fikriga ko‘ra, ayrim kompyuter o‘yinlari agressiv xulq-
atvorni, urush va zo‘ravonlikni, o‘ng ekstremizmni targ‘ib qiladi. 
Virtual o‘yin o‘ynagan tajriba ishtirokchilarda, nazorat guruhi bilan 
solishtirganda, juda kuchli fiziologik qo‘zg‘alish, shuningdek katta 
miqdorda agressiv fikrlar kuzatilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar bor. 
Kompyuter o‘yinlarining salbiy oqibatlari sifatida o‘smir 
qiziqishlari doirasining torayishi, o‘z dunyosini yaratishga intilishi, 
borliqdan uzoqlashish ko‘rsatiladi. Ayrim mualliflar fikriga ko‘ra, 
tengdoshlar bilan muloqot hisobidan kompyuter bilan yakkama-yakka 
mashg‘ul bo‘lish ijtimoiy yakkalanish va shaxslararo munosabatlarda 
qiyinchiliklarga olib keladi. O‘smirlar shaxsi rivojlanishi uchun aynan 
muloqot asosiy vosita bo‘lib xizmat qilar ekan, kompyuter tufayli 
yuzaga kelgan muloqot deprivatsiyasi xavfli ko‘rinish oladi. Negativ 
holatni o‘smirlar bo‘sh vaqtini «kompyuterlashtirish» oqibatida paydo 
bo‘ladigan somatik buzilishlar (ko‘rish o‘tkirligining pasayishi, tez 
charchash va boshqalar) to‘ldiradi. 
YUqorida keltirilgan fikrlar nafaqat matbuotda bildirilmoqda, 
balki, ilmiy doiralarda ham quvvatlanmoqda. 


32 
Virtual olamning tizim texnologiyalari rivojlanishi barobarida, bu 
hodisaga qiziqish bildirayotgan kishilar soni ham ortib bormoqda. 
Ko‘pgina kishilar uchun virtual olam bilan «muloqot» virtual 
kompyuter o‘yinlari darajasida tarqalgan. Ammo virtual olam 
tizimlarining tarqalishi inson faoliyatining ishlab chiqarish sohasida 
ham tezlashib borayapti. Virtual muhitga qiziqib qolgan kishilarning 
tobora ko‘proq qismini boshqa yo‘nalish – virtual addiktsiya 
(odamning kimyoviy bo‘lmagan psixologik jihatdan virtual olamga 
tobeligi) o‘ziga tortmoqda. Bu addiktsiyaning belgilari sifatida 
«geymerlar» ongini ishonchli zabt etib borayotgan kompyuter o‘yinlari 
tobeligida ko‘rish mumkin. 
Bu mavzuga to‘xtalar ekan, Bill Geyts bizni virtual olam istalgan 
video o‘yindan kuchli ekanligi va unga tobe bo‘lib qolish oson 
ekanligiga ishontiradi. Virtual olam tizimiga sayohat qilib tobelikka 
mubtalo bo‘lgan kishilarga bundan qutulishda tahminan giyohvandlar 
va ichkilikbozlarga ko‘mak beradigan reabilitatsion guruhlar yordam 
bera olishi mumkin. 
Virtual olamga tobelikning qanday darajasi inson ongida 
o‘zgarishlarga sabab bo‘la olishini aytish ayni kunda juda qiyin. Bu 
tobelik asosida yotadigan gipermotivlanganlik, afsuski, hali etarlicha 
o‘rganilmagan. Virtual olamga tobelik mavzusi alohida jiddiy izlanish 
bo‘lishi mumkin. 
Xulosa qilar ekanmiz virtual olam tizimlaridan foydalanishning, 
ulardan, 
masalan, 
jinoiy 
maqsadlarda 
foydalanishga 
(manqurtlashtirish (zombilash), ong ustidan nazorat, psixika ustida 
tajribalar va hokazo) yo‘l qo‘ymaslik uchun, huquqiy tamoyillarini 
ishlab chiqish zarurligi haqidagi A.YUxvidova fikrlariga qo‘shilish 
mumkin. 

Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish