278
olishi, koʻpaytirishi, tarqatishi va hatto undan daromad topish maqsadida foydalanishi
mumkin, faqat uning patentiga ega boʻla olmaydi. Shunday platformalar orasida
MOODLE platformasi oʻzining koʻp funksionalliligi, moslashuvchan interfeysga
egaligi, turli oʻquv tizimlari (reyting, baho, kredit, modul) da ishlatish imkoniyati
mavjudliligi va eng muhimi foydalanish mutlaqo tekin ekanligi bilan ajralib turadi.
Shu sababli ham bugungi kunda bu platform dunyo boʻyicha eng koʻp
foydalaniladigan oʻquv platformasi hisoblanadi. Jumladan, Oʻzbekistonda ham
deyarli barcha Oliy ta‘lim muassasalarida ushbu platformadan foydalanib onlayn
oʻquv jarayonlari tashkil etilmoqda.
Ammo shu oʻrinda ta`kidlash lozimki, bugungi kunda juda koʻpgina oliy oʻquv
yurtlarida MOODLE tizimining imkoniyatlaridan toʻla va toʻgʻri foydalanilmayapti.
Jumladan, masofaviy taʼlim jarayonida video konferensiyalar tashkil etish uchun juda
koʼp hollarda boshqa dasturlarda, xususan ZOOM dasturidan foydalanish
uchramoqda. Vaholanki, MOODLE platformasining ichida ham talabalar bilan video
- konferensiya tashkil etish imkoniyati mavjud. ZOOM dasturidan foydalanishning
noqulay tomoni shundaki, u pullik dastur boʼlganligi sababli, har 40 minutda
avtomatik oʻchib qoladi. Undan tashqari ZOOM da tashkil etilgan on-line darslarga
talabalarning qatnashishini nazorat qilish uchun oʻqituvchi qatnashuvchilar roʻyxatini
har safar yozib olishiga toʻgʻri keladi. MOODLE da video konferensiya tashkil
etilganda esa ushbu muammolar vujudga kelmaydi. Undan tashqari konferensiya
boʻladigan virtual xona adresi ham aniq boʻladi.
Ikkinchi masala talabalar bilan darsdan tashqari vaqtlarda oʻquv jarayonlariga
doir suhbat va xabarlashishlar uchun ijtimoiy tarmoqlar, masalan, telegram,
tarmogʻidan foydalanishmoqda. Vaholanki, MOODLE tizimida talabalar bilan aloqa
qilish uchun bir qancha imkoniyatlar yaratib berilgan. Jumladan, chat xonasi, tizim
ichida shaxsiy xat yozish imkoniyati, va turli masalalarni muhokama qilish uchun
forum tashkil etilgan. Ayniqsa forum turli masalalarni talabalar bilan muhokama
qilishda juda qulay hisoblaniladi. Chunki unda har bir masala boʻyicha alohida
mavzu yaratib qoʻysa boʻladi. Telegram ijtimoiy tarmogʻida esa bunday imkoniyat
yoʻqligi sababli, ma‘lumotlar aralashib, kerakli masalani topish qiyinlashib ketadi.
Xulosa qilib aytganda, masofaviy oʻqitishda MOODLE platformasidan
foydalanilganda uning toʻla imkoniyatlaridan foydalanilsa, ta‘limni tashkil etish
jarayoni yanada osonroq boʻlgan boʻlar edi. Ushbu plarformaning qoʻshimcha
imkoniyatlari haqida
http://www.docs.moodle.org
saytidan ma‘lumot olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: