yaxshilik bilan tugashiga umid bilan tavakkal qilib ish yuritish tarzida talqin qiladi. Tilshunos
olim Ojegov S.I. esa yuz berishi mumkin bо‗lgan xavf, muvaffaqiyatli natijaga xavf soluvchi
xatar sifatida tariflaydi. Risk sо‗zi о‗zbek tilida 1) xavf, xavf-xatar, tahlika, qaltis ish; 2) tavakkal,
tavakkalchilik tarzida tarjima qilinadi. Birinchisi bо‗yicha falokat, halokat, baxtsiz hodisaning
yuz berish xavfi ma‘nolari ustun darajada bо‗lib, ikkinchisida uzoq mulohaza qilib ultirmay, nima
bо‗lsa bо‗ldi qabilida ish yuritish yoki butun umidni xudoga bog‗lab, har ish xudodan deb,
yaxshilik bilan tugashiga umid qilib, xudoga ishonib ish yuritish ma‘nosida qо‗llaniladi. Lekin
bir sо‗z bilan natijasi noaniq faoliyat, yaxshilik bilan tugashiga umid qilingan tavakkalchilik,
muvaffakiyatli natijaga xavf soluvchi xatar, zarar keltirishi mumkin bо‗lgan faoliyat sifatida
aynan zarur tarzda ifodalash imkoniyati bо‗lmagan hollarda iqtisodiy adabiyotlarda
ifodalanayotgan fikrning ma‘nosiga kо‗ra о‗zbek tilida ham risk sо‗zi ishlatilmoqda.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida axborot assimmetriyasi doimo mavjud bо‗lar ekan, uning
salbiy oqibatlarini oldini olish yoki yumshatish uchun chora-tadbirlar belgilash zarur.
Birinchidan, respublikamizda, Ayniqsa, viloyatlarda xо‗jalik yurituvchi subyektlarni
axborot bilan ta‘minlanishini yaxshilash lozim. Hozirgi paytda axborotlar turli-tuman
manbalardan olinadi. Ularning manbalari rasmiy va norasmiy bо‗lishi mumkin. Axborotga
bо‗lgan talabni rasmiy kanallar bilan ta‘minlash uchun respublikada, ayniqsa, viloyatlarda hali
kо‗p ishlar qilinishi kerak.
Rasmiy axborotlar fond birjalari, tovar, xom ashyo birjalari gazeta, jurnal, radio,
televideniye, turli maxsus reklama nashrlari, global kompyuter tarmog‗i internet, О‗zbekiston
Davlat statistika qо‗mitasi, О‗zbekiston axborotlashtirish va aloqa agentligi chop etadigan
maxsus ma‘lumotlar tо‗plami va boshqalardan olish mumkin. Hozirgi kunda, ayniqsa, internetdan
foydalanishga katta ahamiyat berilayapti. Internet tarmog‗idan foydalanayotganlar 2003 yili
avvalgi yilga nisbatan 2 baravar о‗sib, 0,5 mln kishiga yetdi. Lekin xali respublikamizda axborot
bozori tо‗la shakllanib ulgurgani yо‗q. Shuning uchun tumanlarda xizmat kо‗rsatishning shakli
sifatida axborot markazlari tashkil qilish kerakki, ular murojaat qiluvchilarni qiziqtirgan barcha
axborot bilan ta‘minlash imkoniga ega bо‗lsinlar.
Ikkinchidan, tavakkalchilik natijasida katta zarar, tang ahvoldan chiqishga yordam berish
chorasini kо‗rish zarur. Bu tavakkalchilik xatari boshqacha aytganda riskni sug‗urtalash orqali
amalga oshiriladi.
Bu sug‗urta turi xо‗jalik subyektlari qiyin ahvolga tushib qolgan taqdirda ularni zararlarini
qoplashga yordam beradi. Shu bilan birga sug‗urta faoliyatida yuz beradigan axborot
asimmetriyasi davlatni sug‗urta faoliyatini tashkil etish va amalga oshirishga aralashuvini taqozo
etadi.
Uchinchidan, respublikamizda axborot asimmetriyasi tufayli kelib chiqadigan salbiy
oqibatlarni kamaytirsh uchun antimonopol, iste‘molchilarni huquqini himoya qiluvchi qonunlar
qabul qilingan. Lekin olinadigan foyda, nafdan kо‗ra transaksion xarajatlarni yuqoriligi ana shu
qonunlar asosida iste‘molchilarni о‗z huquqdarini himoya qilishga undamaydi. Shuning uchun bu
sohada faoliyatni tashkil etish va amalga oshirishda monopoliyadan chiqarish va raqobatni
rivojlantirish davlat qо‗mitasining faol aralashuvini talab etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: