6. Bir psixologik holatdan boshqa holatga oson о‗ta olishi kerak. О‗qituvchining ishonchli
dalillari, ilmiy, asosli mulohazalari, uning fikrlarini talabalarga ta‘sirini bir necha marta oshiradi.
О‗ziga ishonchi esa keng doiradagi bilimi, о‗z fikrini ilmiy asoslab bera olish qobiliyatiga ega
bо‗lishda shakllanadi.
7. Metodik mukammallik va sayqallangan kasbiy mahoratga, ta‘lim-tarbiya jarayonida eng
samarali shakl, metod va boshqalardan unumli foydalana olish, о‗quvchi-talabalarning
munosabatini, ulardagi о‗zgarishni tо‗g‗ri aniqlashi uchun kuzatuvchilik qobiliyatiga ham ega
bо‗lishi kerak. Auditoriyaning psixologik holati (sukunat, shovqin va hokazolar) ni tez
ilg‗ashi zarur.
8. Ijodkor, tashabbuskor va tashkilotchilik qobiliyatlariga ega
bо‗lishi shart.
9. Yuksak darajadagi pedagogik mahoratga, chunonchi kommunikativlik layoqatiga ega
bо‗lishi, pedagogik texnika nutq, yuz, qо‗l - oyoq va gavda harakatlari (mimika, jest,
pantomimika) qonuniyatlarini chuqur о‗zlashtirib olishga erishishi, notiqlik san‘ati - ma‘ruza
о‗qish qobiliyatiga, imlo savodxonligi, nutq madaniyatiga ega bо‗lishi kerak. О‗qituvchida
talabalarni о‗z fikriga mahliyo qilish, о‗zini qanday tutishni bilish qobiliyati bо‗lsa, u haqiqiy
talant sohibidir. Buyuk faylasuf, «birinchi muallim» Aristotel har bir sо‗zni qanday aytishni
avval soatlab oynaga qarab, mashq qilgan ekan.
10. О‗qituvchi kiyinish madaniyatiga (sodda, ozoda bejirim kiyinish, ta‘lim-tarbiya
jarayonida о‗qituvchining turli xil diqqatini kо‗p jalb etuvchi bezaklar (oltin, kumush
taqinchoklar)dan foydalanmasligi, fasl, yosh, gavda tuzilishi, yuz qiyofasi, hatto soch rangi va
turmagiga muvofiq ravishda kiyinishni о‗zlashtirishga erishish) ega bо‗lishi lozim.
11. О‗qituvchi shaxsiy hayotda pok, atrofdagilarga о‗rnak bо‗la olishi lozim. Yuksak
axloqiy va insoniy fazilatlarga ega bо‗lishi zarur.
О‗qituvchi shaxsining mazkur talablarini о‗zida aks ettira olgan qiyofasi uning о‗quvchi-
talabalar, hamkasblar hamda ota-onalar о‗rtasida obru e‘tibor qozonishini ta‘minlaydi. Uzluksiz
ta‘lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning ikki muhim kо‗rsatkichi — sifat va
samaradorlik aynan о‗qituvchining salohiyati va kasbiy mahoratiga uzviy aloqadordir.
О‗qituvchining kasbiy fazilatlari: о‗z sohasining puxta bilimdoni bо‗lish, hunar sirlarini sodda
usulda о‗rgata olish, hayotiy tajribalari asosida tarbiyalovchilik, shogirdlar ehtiyojlari va yutuq-
kamchiliklarini idrok eta oluvchanlik, shaxsiy namuna bо‗la olishlik va boshqalarni о‗z ichiga
oladi.
Odatda, kо‗pchilik о‗qituvchilar shaxsni о‗rgatish va tarbiyalashdagi vazifasini о‗z о‗quv
fani doirasida о‗quvchini tegishli bilim va kо‗nikma hamda malakalar bilan qurollantirish, ularda
tahlil qilish, umumlashtirish va qiyoslash sifatlarini shakllantirishda kо‗radilar. Vaholanki,
о‗qituvchining mehnati va uning pedagogik faoliyati keng qamrovlidir. U о‗qitishning uchta
muhim ijtimoiy funksiyasi - ta‘lim berish, tarbiyalash va shaxsni rivojlantirish bilan bog‗liq
vazifalarini bajarishga mas‘uldir.
Iqtisodiy hayotning yangi qirralari, muammolari ularni yechish yо‗llarini о‗rganish
jarayonida betо‗xtov chuqurlashib boradi. О‗quv jarayonida yangi metodlar qо‗llaniladi, yangi
о‗quv kurslari kiritiladi. Iqtisodiy fanlardan dars berishni ma‘naviy, nazariy tomondan yuqori
bosqichga kо‗tarish kо‗p jihatdan ta‘lim-tarbiya jarayonida qо‗llaniladigan о‗quv shakllari,
metodlari, talabalarni iqtisodchi olimlarning ishlarini о‗rganishlari berayotgan voqelikka jamiyat
taraqqiyoti va jahon miqyosidagi jarayonlar birligi nuqtai nazaridan qarashni о‗rganishlari bilan
bog‗liq. Bozor iqtisodiyotiga о‗tishimiz iqtisodiy fanlarning rolini nihoyatda oshishiga olib keldi.
О‗z navbatida, bu fanlarni о‗qitish zamon talabiga javob berishi zarur. Buning uchun esa har bir
о‗qituvchi о‗z ishiga ijodiy yondashishi, о‗z ustida muttasil ishlab, izlanishi, malakasini oshirishi
va yuqorida keltirilgan fazilatlarga ega bо‗lishi lozim. Shunday qilib, iqtisodchi pedagoglardan
nafaqat iqtisodiyotni, balki iqtisodiy bilimlarni о‗quvchi-talabalar ongiga yetkazish mahoratiga
ham ega bо‗lishlari talab qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: