zimmasiga ishonib toshpirilgan. Chunki yosh avlod tarbiyasi, uning tashkil etish, mazmuni
nafaqat shaxs kamolotini balki jamiyat taraqqiyotini ta‘minlashda muhim ahamiyatga ega.
Shuning uchun ham doimo bu masalaga alohida diqqat qaratilgan.
О‗zbekiston Respublikasining «Ta‘lim tо‗g‗risida» gi Qonunining 5-moddasi 7 bandiga
muvofiq pedagogik faoliyat bilan shug‗ullanish sud xukmiga asosan man etilgan shaxslarning
ta‘lim muassasalarida faoliyat olib borishlariga yо‗l qо‗yilmaydi.
Uzluksiz ta‘lim tizimini amalga oshirish jarayonida yosh avlodni kо‗ngildagidek о‗qitish va
tarbiyalash haqida gap borar ekan, bunday g‗oyat
murakkab va kо‗p qirrali vazifani faqat yuksak
malaka va pedagogik mahoratga ega bо‗lgan о‗qituvchi kadrlar bilangina amalga oshirish
mumkinligini ta‘kidlash lozim. Pedagogning ijodiy potensiali uning о‗z ijodkorlik sifatlarini
shakllantirishga intilishida, pedagogik odobining namoyon bо‗lishida, qobiliyati va kasbiy
malakasini takomillashtirishida, kutilmagan vaziyatlarda topqirlik qila olishida, о‗quvchi-
talabalarni komillik sari mohirlik bilan yetaklay olishida kо‗rinadi.
Pedagogik jarayonda о‗zining yangi g‗oyalarni ishlab chiqish qobiliyatini doimo
rivojlantiradigan va takomillashtiradigan о‗qituvchi iqtidorli hisoblanadi. Pedagogik ijodiyot - о‗z
mohiyatiga kо‗ra, odamning yangi bilimlarni hosil qilish va takomillashtirish bо‗yicha ijodiy
ishining kasbiy, maxsus ifodasidir. Pedagogik izlanish о‗qitishda doimo ma‘lum yо‗nalishdagi
subyektga nisbatan aniqlashtirilgan bо‗ladi. Pedagogik izlanish natijasida yangilikning asosiy
namoyon bо‗lish shakllari kundalik о‗quv-tarbiyaviy muammolarning nostandart yechimlari,
pedagogik ta‘sir usullarining metodik va nazariy jihatdan mukammal ishlab chiqilishi, ixtiro
etilishi va takomillashuvi hamda ulardan samarali foydalanishda kо‗rinadi.
Kadrlarning yangi avlodini tayyorlash muammosining samarali yechimi, birinchi navbatda,
hozirgi kun talablariga javob bera oladigan psixologiya, pedagogika, iqtisodiyot, ekologik
madaniyat, huquqshunoslik va shunga о‗xshash boshqa fanlarning bilim asoslarini chuqur
biladigan professional malakaga ega bо‗lgan, har tomonlama chuqur bilimga ega bо‗lgan
о‗qituvchi kadrlarning tayyorlanishi bilan bog‗liqdir.
О‗zbekiston Respublikasi aholisi uchun ta‘lim darajasini oshiruvchi omillardan biri bо‗lib,
ijtimoiy yо‗naltirilgan bozor iqtisodiyotiga jadal sur‘atlar bilan kirib borish jarayoni hisoblanadi.
Bu birinchi navbatda, bozor munosabatlarining rivojlanishiga bog‗liq bо‗lib, u jarayon bilim
darajasiga, iqtisodiyot va ekologiya (atrof-muhit), kompyuter texnikasi va zpmonaviy
texnologiyalar ustuvor bо‗lgan va milliy iqtisodiyotning tarmoqlari rivojlanishi va eng asosiysi
ta‘lim tizimining takomillashuvi va kadrlar tayyorlashga bog‗liq bо‗ladi.
Bugungi kun mutaxassisi har tomonlama rivojlangan yuqori darajadagi intellektga ega
bо‗lgan, fan asoslarini chuqur о‗rgangan
bilimdon, zukko, dono, fidoiy, ma‘rifatli va ma‘naviyatli
inson bо‗lishi kerak. U о‗z mutaxassisligi, iqtisodchilikdan tashqari, xorijiy tillardan birini bilishi
hamda axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalana olishi shart.
Shu darajada raqobatbardosh kadrlar tayyorlash uchun murabbiyning о‗zi yuksak darajada
malaka va kasbiy mahoratga ega bо‗lishi kerak. Shuning uchun ham «Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi» mutaxassis tayyorlovchi pedagogga qо‗yiladigan zamon talablari majmuini belgilaydi.
Bir-biriga bog‗liq bо‗lgan talablarning majmui, pedagogning umumlashtirilgan modelini
tashkil etadi. Umumlashgan modelga muvofiq о‗qituvchiga qо‗yiladigan asosiy talablar
quyidagilardan iborat:
- ta‘lim
berish mahorati;
- tarbiyalay olish
mahorati;
- о‗quv-tarbiya jarayonida inson omilini ta‘minlovchi
shaxsiy fazilatlari;
- ta‘lim oluvchilarning bilimlarini xolisona baholay olish va nazorat qila olish mahorati va
x.k.
Umumlashtirilgan modelning doirasidagi malakaviy zamon talablari pedagog «qiyofa»sini
ifodalaydi. Ideal iqtisodchi - pedagog modeli quyidagi chizmada ifodalangan bо‗lib, unda qabul
qilingan ta‘lim standartlari hamda unta kelajakdagi kasbi tomonidan quyiladigan talablar aks
ettirilgan.