O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta'lim vazirligi


 Iqtisodiy inqiroz shаroitidа jаmiyatni tаrаqqiyotigа hissа qo‟shishdа iqtisodchi-



Download 1,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/185
Sana30.12.2021
Hajmi1,49 Mb.
#93353
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   185
Bog'liq
iqtisodiy tarbiya nazariyasi

4. Iqtisodiy inqiroz shаroitidа jаmiyatni tаrаqqiyotigа hissа qo‟shishdа iqtisodchi-
pеdаgoglаrgа хos bo‟lgаn kаsbiy, ахloqiy хislаtlаr. 
 
Iqtisodchi  -  pedagog  ta‘lim  yо‗nalishini  tanlagan  talabalar  iqtisodchi  sifatida  iqtisodiy 
fanlarni  chuqur  bilishi,  olgan  bilim  va  kо‗nikmalarini  qо‗llay  bilishi  zarur  bо‗lsa,  pedagog 
sifatida  iqtisodiy  fanlarni  о‗quvchi-talabalar  ongiga  yetkazish  mahoratiga  ega  bо‗lishi  lozim. 
Demak, kasb ta‘limi yо‗nalishini tanlagan talabalar boshqalarga nisbatan ham mashaqqatli, ham 
faxrli mutaxassislikni tanlaganlari ularga qо‗shimcha mas‘uliyat yuklaydi. 
О‗qituvchilik-katta san‘atdir. Bu san‘atga u  yoki  bu pedagog osongina, о‗z-о‗zidan erisha 
olmaydi.  Shuning  uchun  о‗qituvchilik  kasbiga,  ya‘ni  sog‗lom  avlod  uchun  chinakam  murabbiy 
bо‗lishga  xavasi,  ishtiyoqi  zо‗r,  zamon  talablarini  tez  va  chuqur  tushunadigan,  о‗zining  ilmiy, 
ijtimoiy-siyosiy  saviyasini,  pedagogik  mahoratini  izchillik  bilan  amalga  oshirib  boruvchi, 
mustaqillik  g‗oyasi  va  mafkurasi  bilan  puxta  qurollantirilgan,  haqikiy  vatanparvar  va 
mehnatsevar kishilargina erisha oladilar. 
Pedagogik  mahorat  tug‗ma  talant  yoki  nasldan-naslga  о‗tuvchi  xususiyat  emas,  balki 
uning negizida izlanish va ijodiy mehnat yotadi. Shuning uchun ham pedagogik mahorat hamma 
о‗qituvchilar uchun standart, ya‘ni bir qolipdagi ish usuli emas, balki u har bir о‗qituvchining о‗z 
ustida ishlashi, ijodiy mehnati jarayonida tashkil topadi va rivojlanadi. 
Bu  jarayonda  ilg‗or  о‗qituvchining  pedagogik  mahorati  va  tajribalarini  boshqa  о‗qituvchi 
о‗rganishi,  undan  ijodiy  foydalanishi  va  о‗z  faoliyatini  ilg‗or  tajribalar  bilan  boyitishi  zarur. 
Ta‘lim jarayonida о‗qituvchi bilan о‗quvchi yoki talabalar о‗rtasida о‗zaro jonli til muloqoti, fikr 
almashuv munosabatlari, samimiy hurmat va asosiy maqsadga erishishda yaqin hamkorlik lozim. 
Mazmuni  sayoz,  amaliy  tajribadan,  turmushdan  ajralib  qolgan,  umumiy  sо‗z  va  quruq 
nasihatgо‗ylikdan  iborat  bо‗lgan,  rasmiyat  uchun  yuzaki  о‗tkaziladigan  dars  (ma‘ruza)  va 
boshqa о‗quv mashg‗ulotlari о‗quvchi, talabalarni qiziqtirmaydi, ularni ilmiy, g‗oyaviy jihatdan 
yetarli oziqlantirmaydi. 
Har bir о‗qituvchi о‗z qobiliyatini dars berishda namoyon qilib, ma‘ruza va nutqida о‗ziga 
xos  jihatlarini  kо‗rsatadi.  Ma‘lum  bir  mavzuni  yoritishda  о‗qituvchi  о‗zi  yaxshi  bilgan  yoki 
о‗zining  ilmiy  izlanishlari  bilan  bog‗liq  bо‗lgan,  lekin  shu  mavzuga  tо‗g‗ridan-tо‗g‗ri  bog‗liq 
bо‗lmagan savolga kо‗p vaqt ajratib, qolgan savollarni kо‗rib chiqish uchun vaqt yetmay qolishi 
mumkin. Bu - mavzuni bayon qilishda didaktikaning izchillik prinsiplarini buzilishiga olib keladi. 
Shu  sababli,  о‗quv  mashg‗ulotlarini  shunday  tashkil  qolish  kerakki,  ularning  ta‘sirida 
talabalarda  shu  fanga  nisbatan  turli  qarashlar,  ilmiy  tafakkur  va  e‘tiqodlar  vujudga  kelishi  va 
shakllanishi kerak. 
Pedagogik  qobiliyat  va  mahorat  о‗qituvchida  osonlik  bilan  shakllanmaydi.  Bu  kasbni 
tanlagan  kishi  о‗z  maqsadiga  erishish  uchun  uzluksiz  о‗qishi,  о‗rganishi  va  izlanishi,  ijodiy 
mehnat qilishi, о‗z yurti va dunyodagi real voqelikni tez anglashi va о‗z mehnatining mamlakat 
uchun qanchalik zarurligini chuqur his qilishi zarur. 
Uzluksiz ta‘lim tizimida dars va boshqa turdagi  barcha о‗quv mashg‗ulotlarini mukammal 
tashkil  qilish  -  о‗qituvchining  birinchi  navbatdagi  vazifasidir.  Yuqori  saviyada  о‗tkazilgan 
mashg‗ulotlar yoshlar ongida uzoq saqlanadi, ularda imon-e‘tiqod va mafkuraning shakllanishiga 
ijobiy ta‘sir kо‗rsatadi. Shu sababli, о‗qituvchining ilmiy saviyasi uning о‗z burchiga munosabati, 
yoshlarga  murabbiylik  ishtiyoqi,  pedagogik  mahorati  va  eng  avvalo,  sifatli  dars  bera  olishida 
kо‗rinadi.  Fan  о‗qituvchisining  faoliyatiga  beriladigan  baho  darajasini  ham  dars  va  boshqa 
turdagi mashg‗ulotlarning sifati belgilaydi. 
 


 
О‗qituvchi  maxsus  pedagogik,  psixologik  va  mutaxassislik  ma‘lumotiga  metodik 
tayyorgarlikka, shuningdek, yuksak axloqiy fazilatlarga ega shaxs sanaladi. Zamonaviy iqtisodchi 
- pedagog qiyofasida quyidagi fazilatlar namoyon bо‗la olishi kerak. О‗qituvchi: 
1.  Jamiyat  ijtimoiy  hayotida  rо‗y  berayotgan  о‗zgarishlar,  olib  borilayotgan  ijtimoiy 
islohotlar mohiyatini chuqur anglab  yetishi hamda bu borada о‗quvchi-talabalarga tо‗g‗ri, asosli 
ma‘lumotlarni berib borishi lozim. 
2.  Kuchli  va  keng  qamrovli  bilimga  ega  bо‗lishi,  ilm-fan,  texnika  va  texnologiya  
yangiliklari va yutuqlaridan xabardor bо‗lishi talab etiladi. 
3.  О‗z  mutaxassisligi  bо‗yicha  chuqur,  puxta  bilimga  ega  bо‗lishi,  о‗z  ustida  tinimsiz 
ishlashi va izlanishi lozim.  
4.  Gapirib  turib,  о‗ylashni  bilishi  kerak.  О‗qituvchilik  kasbining,  mehnatining, 
mahoratining  о‗ziga  xosligi  ham  shunda.  Dars  berishda  fikrlash,  о‗ylash  va  gapirish  jarayoni 
qо‗shilib ketadi. Avval о‗ylab olib, keyin sо‗zlashga fursat bо‗lmaydi. 
5.  Pedagogika  va  psixologiya  fanlari  asoslarini  puxta  bilishi,  ta‘lim-tarbiya  jarayonida 
о‗quvchilarning  yosh  va  psixologik  xususiyatlarini  inobatga  olgan  holda  faoliyat  tashkil  etishi 
kerak. 

Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish