Pedagogik texnologiya - ta‘lim shakllarini optimallashtirish maqsadida о‗qitish va
bilimlarni о‗zlashtirish jarayonining inson salohiyati va texnik resurslarni qо‗llash, ularning
о‗zaro ta‘sirini aniqlashga imkon beradigan tizimli metodlar majmuasidir.
Pedagogik texnologiya bu sohadagi nazariy va amaliy izlanishlarni birlashtirish doirasidagi
faoliyat yо‗nalishlarini aniqlaydi. Bu yerda izlanishning mohiyati - pedagogik tizimni tashkil
etuvchi elementlarni о‗rganish asosida modernizatsiya qilishdan iboratdir. Sababi, har qanday
о‗quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish u yoki bu pedagogik tizimni aks ettiradi. Demak, PT -
amaliyotga joriy etish mumkin bо‗lgan ma‘lum pedagogik tizimning loyihasidir.
Unda, pedagogik tizim mohiyati nimadan iborat? Pedagogik tizim о‗zaro bog‗liq bо‗lgan
vositalar, usullar va jarayonlar yig‗indisi bо‗lib, shaxsdagi muayyan sifatlarini shakllantirishga
pedagogik ta‘sir etishni maqsadga muvofiq tarzda amalga oshiradi. Binobarin, har bir jamiyatda
shaxsni shakllantirish maqsadi belgilab olinadi va unta mos ravishda pedagogik tizim mavjud
bо‗lishi kerak. Agar maqsad о‗zgarsa tizim ham о‗zgarishi shart.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» jamiyat, davlat va oila oldida о‗z javobgarligini his
etadigan har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalashni asosiy maqsad qilib qо‗ydi. Demak,
milliy dastur bizda ta‘lim va tarbiya sohasidagi davlat buyurtmasi sifatida qabul qilinayapti. Faqat
davlat buyurtmasigina ta‘lim va tarbiyaning aniq maqsad va vazifalarini belgilab beradi yoki
ta‘lim uchun pedagogik texnologiyaning mavjudlik shartlarini kafolatlaydi.
Pedagogik tizimga uzluksiz ravishda ijtimoiy buyurtma о‗z ta‘sirini kо‗rsatadi va ta‘lim-
tarbiya maqsadini umumiy holda belgilab beradi. Maqsad esa pedagogik texnologiyaning bosh
bо‗g‗ini hisoblanib, u pedagogik tizimning qolgan elementlarini, о‗z navbatida, yangilash
zaruratini keltirib chiqaradi. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ta‘lim-tarbiyaning maqsadini
yangi yо‗nalishga burdi, ya‘ni ta‘lim tizimini о‗tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va
sarkitlardan tо‗la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma‘naviy va
axloqiy talablarga javob beradigan yuqori malakali kadrlar tayyorlashni ustuvor vazifa, deb
belgiladi. Demak, ta‘lim-tarbiya maqsadi yangilandi, unga mos holda mazmunning yangilanishi
tabiiydir.
Ta‘lim mazmuni davlat ta‘lim standartlari (DTS), о‗quv dasturlari, darslik va о‗quv
qо‗llanmalarida о‗z ifodasini topadi. Shu munosabat bilan olimlarimizga fan sohalari bо‗yicha
ta‘lim mazmunini ishlab chiqish kabi sharafli va mas‘uliyatli vazifa yuklatildi.
Shunday qilib, pedagogik texnologiyada didaktik masalalarning о‗z yechimlarini topishi -
milliy dasturni rо‗yobga chiqarishning muhim bosqichidir.
Zamonaviy pedagogik texnologiya о‗zining pedagogika va boshqa fan yutuqlari bilan
bog‗liq xususiy nazariyasiga ega; u birinchi galda о‗quv-tarbiyaviy jarayonini ilmiy asosda
kо‗rishga yо‗naltirilgan, о‗qitishning axborotli vositalaridan va didaktik materiallardan, faol
metodlardan keng foydalanishga asoslangan о‗qituvchi va о‗quvchilarning birgalikdagi
faoliyatiga zamin yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |