ФИО авторов:
Erkinjonov Farruxbek, Rustamov Dilyorbek
Andijon viloyat yuridik texnikum
talabalari
Название публикации:
«
KELAJAK XALQ TANLOVIGA BOG’LIQ!»
Anostatsiya
: Demokratik huquqiy davlatning qaror topishi va rivojlanishining
muhim sharti huquqiy jihatdan kafolatlangan saylovlarning muqarrar ravishda
o’tkazilishidan iborat.
Saylov qonunchiligimizning asosiy maqsadi samarali ishchan vakillik
organlarini saylash va yuqori fuqarolik va huquqiy ma’daniyatli saylovlarni
shakillantirishdir.
Kalit so’zlar
: Saylov; demokratiya; mojaritar; o’zbek xalqi; texnika asri; yosh
kadrlar; qurollanish poygasi; vakllik organlari; jamiyat ko’zgusi; erkinlik; huquqiy
davlat; insonlarning ruhiyati.
O’zbek xalqi necha ming yilliklar davomida taraqqiy etib rivojlanishdan
to’xtamay kelayotgan xalqlardan biri hisoblanadi.Garchi yillar og’ushida ma’lum bir
voqealar sodir bo’lgan bo’lsada o’zligini, xalqini hamda millat mustaqilligini hamisha
saqlab qola oldi. Tarixdan bizga ma’lumki, xalqimiz juda katta qiyinchiliklarga va
yo’qotishlarga duchor bo’ldi. Vaqti kelganda boshimizga turli xil kulfatlar yog’ildi.
Urush davomidagi ma’naviy zararlar orqalixalq yemirildi. Shu o’rinda tanqidiy bir
savol keladi: “Nega xalq yemirildi?’’ Shuni aytib o’tish joizki, mustaqillik yillaridan
oldingi sovuq urushlar har bir millatni chetlab o’tmadi qanchadan-qancha olimlarimiz,
yetuk mutaxassis hamda haqiqiy yurt posbonlari, fidoiylari xalq yo’lida mustaqillik va
vatan uchun o’z jonlarini fido qilishdi. XX asrning eng ayanchli voqealaridan bo’lgan
birinchi va ikkinchi jahon urushlari xalqlarning yemirilishi, millatlarning esa zavol
topishiga olib keldi. Maqsadlar mushtarakligi esa urush ishtirokchilarining asosiy
g’oyasi edi. Ya’ni bo’lingan dunyoni qaytadan bo’lib olish. Har bir davlatning ham
asosiy maqsadi ham shu ediularning qurollanish poygasi esa bir-biridan ustunlik qildi,
666
buning natijasida kimlardir mag’lubiyatning achchiq ta’midan, kimlardir esa totli
g’alaba ta’midan bahramand bo’ldi. Urushning asosiy sababchisi bo’lgan davlatlar esa
o’z maqsadlariga ham erishdi. Ammo bu davlatlarning g’olibligi-yu mag’lubiyatidan
ko’ra talofatlar keng xalq ommasi ustiga yog’ila boshladi. Odamlarda ruhiy zaifliklar
keng tarqala boshladi. Ammo aholi fikrlashdan, demokratiya tomon intilishlardan hech
ham to’xtamadi. Dunyoda keng o’zgarishlar bo’ldi urush yillaridan so’ng ma’lum
vaqtlar o’tib dunyo ham davlatlar ham asta sekin o’zgarib bordiendi dunyoni
globallashuv jarayonidan to’xtatib bo’lmasdi. XXasr oxiri XXIasr boshlarida axborot
va texnologiyalar dunyosida katta o’zgarishlar va shiddatli o’sishlar sodir bo’la
boshladi. Urush davomida barbod bo’lgan dunyo qayta tiklandi. Aholining mustaqilligi
tiklandi, davlatlar esa jadal rivojlanish yo’lini tanladi. Albatta bularning barchasi tezlik
bilan bo’lmadi, ma’lum bir to’siqlar va sinovlar paydo bo’ldi. Davlatlar sekin asta
ma’lum bir tuzumlardan mustaqil bo’ldi. O’zbekiston urush yillari davomida Sobiq
sovet sotsialistik respublikasiga ma’lum bir vaqt davomida qaram bo’lib qoldi. Afsuski
yurtimiz mustamlakaligi paytida ham keng muhokamali va achinarli holatlar yuzaga
kelgan edi. Sovet respublikasi millatning huquqini ochiq oydin poymol qilgan holda
millatning ma’naviyatiga hamda shaxsiyatiga o’z ta’sirini o’tkazdi. Vatanimiz o’tgan
davr mobaynida istiqlol uchun intilar va ko’plar bu yo’lda o’z jonini tahlikaga solar
edi. Ma’lumki, Til millat ko‘zgusi, g‘ururi, tafakkur manbaidir. Buyuk ma’rifatparvar
bobomiz Abdulla Avloniy yozganidek: “Har bir millatning dunyoda borlig‘ini
ko‘rsatadurgan oyinai hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini
yo‘qotmakdur”. Yurtimiz istiqloldan avval o’z davlat tilini mustahkamlar ekan,
xalqimizning so’z erkinligini bir tomondan mustaqil qilgan edi. 1991-yil 31-avgust kuni
O’zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimov
davlat mustaqilligni qabul qildi. Mustaqillik yillari va undan keyingi yillar davomida
ham aholining yashash tarzi va turmush sharoiti o’zgarib bordi. Yuqorida aytganimdek
sovuq urush asosan odamlarning ma’naviyatiga katta ta’sir o’tkazar va og’riqli zarbalar
berib borar edi. Yillar davomidagi qiyinchiliklardan so’ng mamlakatimiz tobora
rivojlanish tomon ildamlab bordi. Davlatning mustaqilligini ko’rolmagan va undan
turli xil g’araz yo’llar orqali foydalanmoqchi bo’lganlar ham bo’ldi. Mamlakatimiz
667
birinchi prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimov yurtimizning rivojlanishi va
taraqqiy topishi yo’lidagi vazifa va funksiyalarni keng belgilab chiqdi. Mustaqillik
deklaratsiyasi yangi qabul qilingan davrda deyarli mamlakatda yetuk salohiyatga ega
bo’lgan kadrlar va yoshlar jamoasi yo’q edi, ular sovuq tuzum ostida ulg’ayishgandi.
Millat mustaqil bo’ldi, mustaqilligi davomida o’zining huquq va erkinliklari,
daxlsizligini tiklay oldi. O’zining milliy davlatchiligiga asos soldi, o’z hokimiyatini
tikladi, ijtimoiy va iqtisodiy, siyosiy sohalarda katta yutuqlarga erishdi. Siyosiy tizim
jadallashib borayotgan davrda xalqning manfaatlari erkinlik va huquqlarini tiklash
maqsadida qator qonunlar qabul qilindi hamda ularning ijrosi ta’minlandi. Xalqning
davlat organlari va jamoat tashkilotlarining huquq va erkinliklari, huquqiy
manfaatlarini tartibga solish uchun keng ko’lamli islohotlar amalga oshirildi.
Mustaqilligimiz qabul qilingandan so’ng xalqning ishongan vakili sifatida O’zbekiston
Respublikasining birinchi prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimov o’z prezidentlik
nomzodini qo’ydi va yigirma besh yil davomida davlatni boshqardi va O’zbekiston
Respublikasi nomidan ish ko’rdi. Saylovlar demokratik davlatlar taraqqiyotida va
fuqarolarning siyosiy huquqlari tizimida muhim konstitutsiyaviy-huquqiy institut
sifatida markaziy o’rin egallab kelgan. Aynan mazkur institut orqali fuqarolar bevosita
yoki o’zlari saylagan vakillari timsolida davlat va jamiyatni boshqarish imkoniyatiga
ega bo’ladi. Saylovlar yangi davr kashfiyoti emas. Antik dunyoda ham saylovlar
demokratiyaning belgilaridan biri sifatida baholangan. Keyingi asrlarda saylovlarga
imtiyozlarga ega bo’lgan tabaqalarning huquqi sifatidas qaraldi. Hozirgi kunda jamiyat
hayotida saylovlar singari keng yoyilgan boshqa siyosiy tadbirni ko’rish qiyin. Saylov
va demokratiya bir biri uzviy bog’langan tushunchalardir. Siyosiy saylovlarsiz
demokratiyani tasavvur etib bo’lmaydi. Saylov demokratiyaning yorqin ifodasidir:
“Demokratiya va saylov tushunchalari doimo yonma-yon yuradi, ular o’zaro birlashib
ketgan. Saylov – demokratiya, demokratiya bu saylov degani. O’zbekiston
Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimov saylovlarga oid masalaga alohida
to’xtalib: Hayotda adolat o’rnatish, albatta, ijtimoiy taraqqiyotning ko’pdan-ko’p
omillariga bog’liq. Ammo eng muhim, hal qiluvchi omillardan biri – bu erkin, odil
saylov tizimidir. Ya’ni har qaysi pog’onada- jamoami, mahallami, tumanmi, shaharmi,
668
viloyatmi, davlatmi, uning rivoji va taqdiri ko’p jihatdan munosib yoki nomunosib
shaxslarni, vakolatlarga ega bo’lgan rahbarlarni, shu jumladan, hayotmiz –
kelajagimizni ishonib topshirgan noib-deputatlarni saylab olishimizga bog’liqdir’’-
deb ta’kidlagan edi. Mustaqillik yillarda prezidentlik uchun ham davlat boshqaruvi
uchun ham keng ko’lamli saylovlar bo’lib o’tdi. O’zbekistonda ilk prezidentlik saylovi
1991-yilning 29-dekabr kunida o’tkazilgan. Birinchi saylovda ikki nomzod ishtirok
etgan: O’zbekiston xalq-demokratik partiyasidan Islom Abdug’aniyevich Karimov va
Erk demokratik partiyasidan Muhammad Solih. Saylovda saylovchilarning 94,2 foizi
(9.9 mln) ishtirok etgan. Unda katta ustunlikka ega bo’lgan Islom Karimov 87,1 foiz
(xalqning katta ishonchini qozongan holda) ovoz bilan (8 514 136) g’alaba qilgan
hamda O’zbekistonning birinchi prezidentiga aylangan. 1 220 474 kishi uning raqibiga
ovoz bergandi – 12,5 foiz. O’sha saylovda “Barchaga qarshi” ovoz berish ham
mumkin bo’lgan va bu tanlov 36 525 kishi tomonidan amalga oshirilgan. 129 823
byulleten esa haqiqiy deb topilmagan. O’zbekiston Respublikasining birinchi
prezidenti Islom Karimovni saylov natijalaridan so’ng esa qasamyod qabul qilgan
hamda prezidentlik lavozimiga kirishgan. Mamlakatni boshqarish yo’lidagi samarali
mehnatlaridan so’ng huquqiy demokratik davlat qurish prinsiplari ishlab chiqildi
hamda O’zbeksiton demokratiyaga asoslangan milliy rivojlanish tizimiga o’tdi. 1995-
yilning 26- martida referendum bo’lib o’tdi va unda prezident vakolatini uzaytirish
masalasi o’rtaga tashlanadi. Ushbu referendumda ishtirok etganlarning 99,6 foizi
qo’llab-quvvatlab, prezident vakolati 2000- yilgacha uzaytirildi. Yillar davomidagi
saylov natijalardan so’ng yana Islom Karimovning vakolat muddati uzaytirilib
borilgan. Har bir saylovlarda yetarli darajada saylov harakatlari olib borilgan lekin
ovozlar soning ko’pligi va xalqning o’z prezidentiga bo’lgan ishonchi orqali Islom
Karimov mamlakatni to 1991-yildan 2016-yilgacha boshqardi. 2016-yilning 2-
sentabrida O’zbekiston Respublikasinign birinchi prezidenti Islom Abdug’aniyevich
Karimov vafot etdi va maxsus majlisda “O’zbekiston Respublikasi prezidenti saylovi
to’g’risida’’gi qonunga asosan shu yilning 4-dekabrida muddatidan oldin Prezidentlik
saylovlari o’tkazilishi belgilandi. Markaziy saylov kommisiyasi ma’lumotiga ko’ra, 4-
dekabr kuni bo’lib o’tgan saylovda 17,94 million saylovchi ishtiok etdi va davomat
669
87,83 foizni tashkil qildi. Bu O’zbekistondagi prezidentlik saylovlari tarixidagi eng
past ko’rsatkichdir. Yuqorida aytib o’tganimdek, 2007- yilgi saylovda davomat 90,06
foizni, 2015- yilgi saylovda esa 91,01 tashkil qilgandi. O’zbekiston Respublikasi
Prezidenti saylovi yakunlari to’g’risidagi axborot saylovdan keyinb 10 kun
kechiktirmay Markaziy saylov komissiyasi tomonidan matbuotda e’lon qilnishi
belgilangan. Lekin odatda saylov natijalari saylov o’tgandan keyin 1 kun ichida e’lon
qilinadi. 2016- yilgi saylovlarning natijasi esa 5-dekabr kuni soat 16:00 da e’lon
qilingan. Saylov natijalari rasman e’lon qilingach, 2 oy ichida yangi prezident
inauguratsiyasi tashkil etiladi. Davlat rahbari har biri 5 yil muddatdan ikki marotabadan
ortiq saylana olmaydi.Hozirgi kunda ham yurtimizda O’zbekiston Respublikasi
prezidentligiga nomzod uchun ham keng ko’lamli saylov islohotlari amalga
oshirilmoqda. Ayni kunlarda saylov va saylov oldi tashviqotlarboshlandi. Nomzodlar
haqida ma’lumotlar berildi va ularning 5 yilga mo’ljallangan maqsadi, reja va dasturlari
e’lon qilindi. Har bir viloyatlarda esa nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvi
bo’lib o’tmoqda. Bu yilgi saylov jarayonlarigi tayyorgarliklar ijobiy tarzda ketmoqda.
O’z yashash joyidan uzoqdagi talabalar uchun jazoni ijro etish muassasalaridagi
mahkumlar uchun ham yetarli darajada saylovga tayyorgalik ishlari olib borilmoqda.
Saylovlarni ro’yxatga olish uchun esa elektron saytlar ishlab chiqildi. “Saylovlar aslida
nega kerak?” aynan shu savolni ma’lum bir fikr doiramda izohlab bermoqchiman.
Saylov huquqi har bir O’zbekiston Respublikasi fuqarolariga beriladi. Saylov huquqi-
davlat boshlig’i, vakillik organlarini saylash tartibini belgilab beruvchi huquqiy
normalar yig’indisi; fuqaroning saylovda ovoz berishi, ishtirok etishi, saylash huquqi
va saylov asosida tashkil etiladigan davlat hokimiyati va fuqarolarning o’zini o’zi
boshqarish organlariga saylash huquqi. Mamlakat taqdiri va istiqbolli yo’llari uchun
ham saylovlar albatta kerak. Chunki saylovlar jamiyat ko’zgusi. Biz bilamizki har bir
davlat vakillik organlari va davlat hokimiyati uchun ham saylovlar bo’lib o’tadi.
Chunki yurtimizda saylovlar har besh yil mobaynida o’tkaziladi va shu besh yillik
uchun nomzodlar o’z fikrlari, g’oya va qarashlari hamda mamlakatni rivojlantirish
uchun 5 yillik istiqbolli yo’llarini xalqqa taqdim etadi. Aytib o’tganimdek saylov
jamiyat ko’zgusi nomzodlarning bergan saylov oldi tashviqotlari orqali jamiyat
670
o’zining rivojlanish yo’lini tanlaydi. Bir so’z bilan aytganda esa o’zining kelajagini
kelgusi hayot yo’li hamda yurt va millat taraqqiyotini belgilab berishi ayni haqiqat. Har
bir berilgan ovoz esa nihoyatdamuhim ahamiyatga ega. Saylovlar har besh yil
mobaynida o’tkazilishining asosiy sabablari hokimyatda ma’naviy qarashlar va
g’oyalarning almashinuvi hamda davlat hokimiyatiga keng salohiyatga ega bo’lgan
yosh kadrlarning kelishi. Saylovlar deganda faqatgina bir saylov turini tushunish emas
balki ko’p tarmoqli saylovlarni tushunish kerak. Saylovlarning o’tkazilish tartibi qay
yo’nalishda bo’lishidan qat’iy nazar har besh yilda o’tkaziladi. Saylov tushunchasi ham
ma’lum bir turlarga bo’linadi; mojaritar, proporsional va aralash saylov turlari. Bu uch
turdagi saylov turi ham jahon tajribasida keng qo’llaniladi. Mamlakatimizda esa asosan
mojaritar saylov turidan foydalaniladi. Saylov insonlarning tanlash huquqi, fikr huquqi
va madaniy huquqidir. Saylov bu imkoniyat va ma’suliyat ya’ni qaysi ma’noda
imkoniyat deganda yoshlar va xalq uchun berilgan imkoniyat. Ma’suliyat
tushunchasida esa ham mansabdor shaxsga ham fuqarolarga nisbatan berilishi
tushuniladi.Saylov bu har bir fuqaroning o’z demokratik erkinligi va fikrlarini ochiq-
oydin ifoda etish yo’lining asosiy tarmog’idir. Fikrimcha saylovga befarq bo’lgan
inson o’zining kelajagiga befarqligi nafaqat o’zi balki xalq va davlat uchun
qayg’urmasligi deb o’ylayman. Saylov haqida turli xil qarashlar va fikrlar mavjud,
ammo ularning mujassamligi esa demokratik saylovning yuzidir. Bugungi O’zbekiston
bu kechagi emas, albatta xalqimiz ham. Biz Yangi O’zbekistonda yashamoqdamiz,
erkinlik va farovonlik esa yangi hayotimizning asosiy yo’lidir. Yurtni obod qilmoq
uchun avval o’zing obod bo’lmog’ing kerak. Ozodligimiz va obodligimiz uchun
adolatli, shaffof va erkin saylovlar muhim!
“Saylovlar xalqqa tegishli. Bu ularning qarori.”
- Avraam Linkoln
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Saylov jarayonida xalqaro tajriba va standartlar. ( Davra suhbati materiallari 1998 yil
15-16 oktyabr )
671
2.
Germaniyaning saylov tizimi. ( Aliqul Rahmonov, Toshkent – 2015 )
3.
O’zbekiston Respublikasining Qonuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi
to’g’risida.
672
Do'stlaringiz bilan baham: |