1. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda hisob-kitoblarning tasnifi, tafsifi hamda hisobining vazifalari


debitorlik qarzlar (olinadigan schyotlar)



Download 0,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/22
Sana12.05.2023
Hajmi0,7 Mb.
#937842
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
11-mavzu Majburiyatlar hisobi

 debitorlik qarzlar (olinadigan schyotlar) 
deb ataladi. 
Bularga, aktivlarni sotish, xizmatlarni ko‘rsatish, ishlarni bajarish natijasida vujudga 
keladigan xaridorlar va buyurtmachilarning qarzlari, ta’minotchilarga, byudjet va 
byudjetdan tashqari maqsadli fondlarga o‘tkazilgan xodimlarga ish xaqi hisobidan yoki 
xizmat safari xarajatlari uchun berilgan bo‘naklar, xodimlarning yetkazgan zararlari, 
yuridik va jismoniy shaxslarga berilgan qarzlar va boshqa shu kabilar misol bo‘ladi. 
O‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirilishi natijasida xo‘jaliksub’ektlarining boshqa 
yuridik va jismoniy shaxslarning oldida hosil bo‘lgan qarzlari
majburiyatlar 
(to‘lanadigan schyotlar) 
deb ataladi. Bularga moddiy va nomoddiy aktivlarni sotib 
olinishi, ko‘rsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlar uchun ta’minotchilar oldida vujudga 
keladigan qarzlar, hamda xizmat ko‘rsatish uchun yuridik va jismoniy shaxslardan olingan 
bo‘naklar, xodimlarga ish xaqi yoki xizmat safari uchun to‘lovlar, byudjet va byudjetdan 
tashqari maqsadli fondlar oldigi qarzlar, olingan kreditlar va boshqa shu kabilar misol 
bo‘ladi, 
Debitorlik qarzlar (olinadigan schyotlar) va
majburiyatlar (to‘lanadigan 
schyotlar)
turli belgilariga ko‘ra tasniflanadi. 
 Hisobot davrlariga
ko‘ra debitorlik qarzlar (olinadigan schyotlar) va majburiyatlar 
(to‘lanadigan schyotlar)
 
qisqa muddatli (bir yilgacha) va uzoq muddatli (bir yildan oshiq)
bo‘lishi mumkin. 
 To‘lov muddatiga 
ko‘ra
 
debitorlik qarzlar (olinadigan schyotlar) va majburiyatlar 
(to‘lanadigan schyotlar)
 
to‘lov muddati o‘tmagan va to‘lov muddati o‘tib ketgan qarzlarga 
bo‘linadi. O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan tartibga asosan 90 kungacha 
olinmagan va to‘lanmagan schyotlar muddati o‘tmagan debitorlik qarzlar (olinadigan 
schyotlar) va majburiyatlar (to‘lanadigan schyotlar), 90 kundan ortiq muddatda olinmagan 
va to‘lanmagan schyotlar to‘lov muddati o‘tib ketgan debitorlik qarzlar (olinadigan 
schyotlar) va majburiyatlar (to‘lanadigan schyotlar) bo‘lib hisoblanadi. Respublikamiz 
qonunlariga muvofiq 90 kundan to‘lov muddati oshib ketgan debitorlik qarzlariga yo‘l 
qo‘yganligi uchun xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning rahbarlari va bosh hisobchilari
ma’muriy va moliyaviy ja’zoga tortiladi. 
Da’vo muddatiga
ko‘ra debitorlik qarzlar (olinadigan schyotlar) va majburiyatlar 
(to‘lanadigan schyotlar) da’vo muddati o‘tib ketmagan va da’vo muddati o‘tib ketgan 
qarzlarga bo‘linadi. To‘lov muddati 3 yildan oshmagan debitorlik qarzlar (olinadigan 
schyotlar) va majburiyatlar (to‘lanadigan schyotlar) da’vo muddati o‘tmagan qarzlar, 
to‘lov muddati 3 yildan oshib ketgan debitorlik qarzlar (olinadigan schyotlar) va 
majburiyatlar (to‘lanadigan schyotlar) esa da’vo muddati o‘tib ketgan qarzlar bo‘lib 
hisoblanadi. Soliq to‘lovlari bo‘yicha to‘lov muddati 5 yildan oshmagan qarzlar da’vo 
muddati o‘tmagan qarzlar, to‘lov muddati 5 yildan oshib ketgan qarzlar esa da’vo muddati 
o‘tib ketgan qarzlar bo‘lib hisoblanadi. Respublikamiz qonunlariga muvofiq da’vo 


muddati o‘tib ketgan qarzlar balansdan chiqarilishi, da’vo muddati o‘tib ketmagan qarzlar 
asossiz balansdan chiqarilmasligi lozim.

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish