116
Berlin kongressida qayta ko’rib chiqildi. Ruminiya, Serbiya, Chernogoriya,
Bolgariya mustaqil bo’ldi. Rossiya, Janubiy Ukraina, Bessarabiya, Qrim,
Shimoliy-G’arbiy Kavkaz, Kavkazning Qora dengiz bo’ylari, janubiy-g’arbiy
Gruziya, Shimoliy Armanistonga ega bo’ldi.Rossiya Uzoq Sharq masalasiga katta
e‘tibor berardi. Ayniqsa, Amurbo’yi va Primorega qiziqish kuchaydi. Bu hudud
garchi Xitoyga qarasada, unda birorta ham Xitoy fuqarosi yashamasdi. Shuning
uchun Rossiya Amurbo’yi va Ussuri o’lkasini bosib oldi. XIX asr 70-yillari
boshida Rossiya-Yaponiya munosabatlari yaxshi edi. Hatto ruslar yaponlarga
qarshi AQSH-Angliya-Fransiya ekspeditsiyasida ishtirok etmadi. Rossiya
Saxalinga egalik qilish uchun harakat qilardi. 1875 yil aprelda Peterburgda
Saxalinga egalik qilish uchun, Kuril orollarini Yaponiyaga berish to’g’risida
shartnoma imzolandi. Ammo XIX asr oxiri XX asr boshidagi kapitalistik
mamlakatlar o’rtasidagi dunyo bozorlari uchun kurash bu ikki davlatni bir-biriga
qarama-qarshi qilib qo’ydi.Rossiya-Yaponiya o’rtasida urush xavfi paydo bo’ldi.
Chor hukumati Manjuriya va Xitoy masalasida yon berishiga qaramay Yaponiya
muzokaralarni to’xtatib, 1904 yil 24 yanvarda urush boshladi.Rossiya va Yaponiya
o’rtasidagi bu urush Yaponiyaning Rossiyaga qarshi urushini manfat deb bilgan
davlatlar o’rtasidagi ziddiyatlar tufayli sodir bo’ldi.Urush adolatsiz, talonchilik,
bosqinchilik urushi bo’lib, u asosan Xitoy va Koreya hududida avj olib ketdi.Chor
Rossiyasi urushga tayyor emasdi. Uzoq Sharqda uning 100000 ga yaqin qo’shini
bo’lib, Vladivostok va Port-Arturda taxminan bittadan diviziya turardi
xolos.Yaponiya ham ancha zaif edi. Biroq uni Angliya va AQSH
quvvatladi.Yaponiya asosan dengiz janglarida, to’satdan hujum orqali ustunlikka
erishdi, masalan, Port-Arturga 1904 yil 27 yanvar kechasi hujum qilib, ikkita
brononsets va bir kreyserni portlatdilar, Ertasi kuni admiral Togo eskadrasi
shaharni bombardimon qildi, 17 iyuldan boshlab qamal qilindi va qamal 157 kun
davom etdi. General R.I. Kondratenko boshliq himoyachilar yaponlarning generali
Nogi boshliq armiyasi hujumlarini barchasini qaytardilar.1905 yil fevralda general
Nogi Mukdenga hujum boshladi. Bu jangda ham ruslar yengildi.1905 yil 15 mayda
Tsusima yonidagi jangda rus floti tor-mor qilindi. “Varyag”, “Admiral Makarov”
va boshqa rus kemalarining matroslari mardlarcha jang qilishiga qaramasdan,
Rossiya urushda to’la mag’lubiyatga uchradi. Mamlakatda norozilik
boshlandi.Rossiyaning ichki va tashqi siyosatidagi ahvoli yomonlashdi. Chorizm
Germaniya bilan yaqinlashishga intildi.1905 yil mayda Port-Smutda sulh
imzolandi. Unga ko’ra Rossiya Port-Arturva Dalniy portlaridan, Sharqiy Xitoy
temiryo’li va Saxalinning janubidan mahrum bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: