Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti “Umumiy tarix” kafedrasi


partiyalarini tuzdilar, bu partiya rasman



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/107
Sana12.05.2023
Hajmi1,17 Mb.
#937276
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   107
Bog'liq
Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti


partiyalarini tuzdilar, bu partiya rasman 
«
Markaziy inqilobiy qo’mita» deb atalsa-
da, aslida blankichilar partiyasi deb nom bilan atalaverdi. Partiyaning 
yo’lboshchisi, Kommuna zamonidagi maorif komissari Eduar Vayyan 
ozodlik kurashiga astoydil sodiq kishi edi. Ishchi partiyasi rasmiylashtirilgandan 
keyin oradan ko’p o’tmasdan uning saflarida keskin ikki kurash
vujudga keldi.Partiyada ikki oqim: Ged va Lafarg rahbarligidagi inqilobiy oqim 
hamda «Bruss hamda Malon rahbarligidagi mayda reformistik oqim tashkil etardi. 
Opportunistlar Jyul Ged boshchiligidagi ish tashlashlarni qoralab, iqtisodiy 
masalalarni hal qilishni, demokratik ozodlikni, taraqqiyparvar islohotlarni, umumiy 
va majburiy ta‘limni joriy qilishni talab qilib chiqdilar. Sotsialistik partiyaning 
asosan parlamentchilikdan iborat faoliyatidan qanoatlanmagan ishchilar anarxo-
sindikalistlar ta‘siriga berilib ketdilar. 90-yillarning oxirida umummehnat 
konfederasiyasida o’rnashib olgan yarim anarxistlar asta-sekin kurashning nazariy-
amaliy usullarini ishlab chiqdilar.Bu tizim anarxo-sindikalizm nomini oldi. 
Anarxo-sindikalizm 
doktrinasi asosan Bakunin va Prudong’oyalarining 
aralashmasidan iborat edi. Anarxo-sindikalizm tarafdorlari siyosiy kurashning 
barcha turlarini rad etardilar. Ular stachka, boykot, sabotajni bevosita 
harakatlarining amaliy usullari deb taklif qildilar, hokimiyat uchun kurashning 
demokratik usullariga qarshi chiqdilar. Sotsialistik partiyalarning parlamentdan 
tashqari siyosiy kurash olib borish vositalarini pisand qilmayottanidan norozi 
bo’lgan inqilobiy kayfiyatdagi ishchilarning ko’pchiligi anarxo-sindikalizm 
harakati safiga o’ta boshladilar. Fransuz sindikat - kasaba uyushmalarida a‘zo 
bo’lganlarning soni 1900 yilda 492000 kishini tashkil etgan bo’lsa, 1910 yilda 
977000 kishiga yetdi. «Dreyfus ishi»1887 yilgi siyosiy tanglikdan keyin J.Grevi 
o’rniga Sadi Karno( 1887-1894) Prezident bo’ldi. Bulantizm Respublikaga xavf 
tug’dirdi. Mamlakatda Panama kanali aksionerlarining qallobliklari fosh etildi. 
Ziddiyatlar keskinlashib turgan bir vaziyatda yashirin kurashni demokratiya bilan 
reaksiya kuchlari o’rtasidagi ochiq jangga aylantirib yuborish uchun salgina 
bahona ham kifoya qilardi. 1894 yilda Sadi Karno o’ldirilganidan keyin Kazimir 
Per‘e oz vaqt hokimiyat tepasida turdi. Undan so’ng Feliks For( 1895-1899) 
Prezident bo’ldi. 1894-yilda Harbiy sud Bosh shtab kapitani Alfred Dreyfusni 
Shayton oroliga umrbod qamoqqa surgun qiladi. A. Dreyfus yahudiylardan bo’lib, 
fransuz armiyasining harbiy sirlarini Germaniyaga yetkazishda ayblangan edi. 
Dreyfusni jazoga tortishdan reaksion unsurlar shovinistik tadqiqot uchun, 
Fransiyada respublikaga, demokratiyaga qarshi kurashda foydalandilar. Haqiqiy 
josus, vengr avantyuristi Estergazi o’rniga Dreyfusni ataylab jazoga tortgan edilar. 


69 
Estergazi esa fransuz armiyasining ofitseri bo’lib olgan va aristokrat jamiyat 
doiralari unga panoh berib yurardilar. 1897 yidda bu ma‘lumotlar matbuotga yetib 
bordi. 1898 yil yanvarda Emil Zolya respublika Prezidenti F.Forga yozgan 
maktubini e‘lon qildi. Bu maktubda oliy harbiy amaldorlar, Bosh shtab va harbiy 
sud begunoh kishini ataylab jazoga tortgani aytilgan edi. Mashhur yozuvchining 
maktubi portlagan bomba singari ta‘sir qildi.(Avantyura –(fransuzcha avente 
«sarguzasht») mavjud shart-sharoitlarni hisobga olmasdan,tavakkal ish tutish va 
uni barbod bo’lishi.) Reaksion militaristik guruh Zolyaga qarshi hujum boshladilar. 
Fransiyaga shon-shuhrat keltirgan yozuvchi sudga berildi. Uch hafta sud
bo’lganidan keyin Zolya o’z vatanidan chiqib ketishga majbur bo’ldi. Reaksion 
millatchi bandalar Parij va boshqa shaharlar ko’chalarida demokratlarni va 
«Dreyfus ishi» ni qayta ko’rish tarafdorlarini urib, o’zboshimchalik qildilar. 1898 
yilning fevralida F.For to’satdan vafot etdi. «Mo’‘tadil» respublikachi Emil‘ Lube 
(1899-1906) Prezident etib saylandi. U «Dreyfus ishi» ni qayta ko’rish tarafdori 
edi. 1899-yil 2-iyunida yangi hukumat tuzildi, bu hukumat o’zini «respublikaga 
homiy hukumat» deb atadi, unga Valdek Russo boshchilik qildi. Kommunani 
«qonga botirgan» jallod, general Galifebu hukumatda harbiy ministr bo’lib qoldi, 
respublika tarixida birinchi marotaba sotsialist Mileran savdo ministri qilib taklif 
etilgan edi. Mileran respublikani himoya qilish, islohotlar o’tkazish uchun harakat 
qilaman deb ta‘kidladi.Valdek Russo hukumati demokratiya kuchlariga yarim-yorti 
yon berish taktikasini ham qo’llab keldi. Dreyfusning gunohi kechirildi. 
Galifening armiyaga bergan buyrug’ida «mojaro tugatildi» deb e‘lon qilishgan edi.
Valdek Russo, Mileran hukumati mamlakatda keskinlashib boryotgan siyosiy 
vaziyatni biroz yumshatib, burjuaziyaning mamlakat siyosiy hayotidagi rahbarlik 
poziiyalari mustahkamlanib olishiga yordamlashdi. 

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish