149
sifatida har ikkala tomon birbiri bilan o’ zaro
aloqalardan kelib chiquvchi
majburiyatlarni bajarishini moddiy jihatdan kafolatlay olishi kerak. Majburiyatlarni
bajara olish qobiliyatini hisobga olgan holda mustaqil huquqiy sub’ ekt sifatida
tomonlar iqtisodiy munosabatga kirishishlari kerak.
ikkinchidan,
qarz beruvchi va qarz oluvchi
manfaatlari birbiriga mos
tushgan taqdirdagina kredit zaruriyatga aylanadi. Bu manfaatlar, avvalambor, ob’ ektiv
jarayonlar, o’ zaro manfaatlarni taqozo etuvchi aniq vaziyat bilan bog’ liq.
Kreditor(qarz beruvchi) tomonidan pul mablag’ larini qarzga berish
bo’ yicha, qarz oluvchi tomonidan esa shu mablag’ larni olish bo’ yicha qiziqish
tug’ ilgan taqdirdagina kredit munosabatlari vujudga keladi.
Kreditning
vujudga
kelishi
kredit
munosabatlari
ishtirokchilari
manfaatlarining yo’ nalishiga bog’ liq. Tomonlar manfaatlarining
mos kelishi kredit
shartnomasi tuzilishini ta’ minlaydi. Lekin kredit munosabatlari ishtirokchilari manfaati
nafaqat vaqt va makon jihatdan, shuningdek, sifat
jihatdan ham mos tushgan
taqdirdagina bu munosabatlar reallikka aylanadi. Shu bilan birga, kreditning bu muhim
sifatlari kredit munosabatlari sodir bo’ lishining asosiy sababi bo’ lolmaydi. Kredit
vujudga kelishi uchun,
yuqorida aytilgandek, aniq bir iqtisodiy asos fondlarning
doiraviy aylanishi va shunga o’ xshash boshqa aniq sharoitlar bo’ lishi zarur. Faqatgina
ana shu ta’ sir etuvchi omillar bo’ lgan taqdirdagina kreditning vujudga kelishi
reallikka aylanadi. Ba’ zi iqtisodiy adabiyotlarda kreditning zarurligi xususida bir necha
boshqa fikrlar ham uchraydi. Masalan, kredit korxonalar faoliyatini
nazorat qilishni
amalga oshirish uchun zarur, deb ta’ kidlanadi. Agar bu fikr to’ g’ ri deb qaraydigan
bo’ lsak, kreditning zarurligi faqat kreditor uchun tushunarli bo’ ladi,
chunki u qarz
berish orqali qarz oluvchi faoliyatini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo’ ladi.
Bunday sharoitda kreditning chegarasi ishlab chiqarish fondlarining doiraviy
aylanishiga asoslangan ob’ ektiv jarayonlarga emas, balki bankning kredit
operatsiyalari orqali qarz oluvchining faoliyatini nazorat qilish istagiga bog’ liq bo’ lib
qoladi.
150
Bu mulohazalardan kelib chiqqan holda
xulosa qilib aytish mumkinki
,
kreditning ob’ ektiv zarurligi takror ishlab chiqarish jarayonida fondlarning doiraviy
aylanishi qonuniyatlariga asoslangandir.
Kreditga zarurat tug’ ilganda quyidagi manbalardagi bo’ sh mablag’ lardan
kredit resurslar sifatida foydalanish mumkin. Bu manbalar asosan quyidagilardir:
Do'stlaringiz bilan baham: