5.4.
O‘ zbekiston Respublikasi pul tizimi barqarorligini ta’ minlash
Tayanch iboralar: pul tizimi,
evolyutsiyasi,bimetallizm,monometallizm,
pul tizimi
elementlari, milliy va jahon valyuta tizimi.
Pul tizimi va uning mazmuni.
Pul tizimi
pul muomalasini tashkil etishning tarixiy jihatdan
qaror topgan va qonun
bilan mustahkamlab qo’ yilgan shaklidir. Boshqacha aytganda, bu pul muomalasining
aniq bir mamlakatda muayyan vaqt ichida qo’ llaniladigan qoidalari va normalari
majmuidir. Milliy valyuta tizimi pul tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi. Pul
mablag’ lari iqtisodiyotda amal qiladigan shaklga qarab pul mablag’ larining ikki turi:
metall pullar muomalasi tizimi va pul belgilari muomalasi tizimi farqlanadi.
Metall pullar muomalasi tizimlari pullik tovar (oltin va kumush)
bevosita
muomalada bo’ lgan sharoitda amal qilgan. Bunda mazkur metall pullarning barcha
funktsiyalarini bajargan, mavjud kredit pullar esa metallga erkin almashtirilgan.
Metall pul belgilarining muomalasi tizimida bimetallizm davri va monometallizm
davri farqlanadi. Bunday holda bimetallizm iqtisodiy jarayonlarda ikkita asl
metallarning bir vaqtda foydalanishi
bilan tavsiflanadi, monometallizm esa umumiy
ekvivalent sifatida bir metallga o’ tishni anglatadi. Bunda bimetallizm holatida
quyidagicha xillar ajratib ko’ rsatiladi:
1) parallel valyuta tizimi – oltin bilan kumush o’ rtasidagi o’ zaro nisbat bozorda
stixiyali ravishda belgilanadi;
2) qo’ shaloq valyuta tizimi – ikki metall o’ rtasidagi o’ zaro nisbat davlat
tomonidan ushbu metallarga bo’ lgan talabga,
shuningdek, ushbu davlatdagi iqtisodiy
va siyosiy vaziyatga qarab belgilanadi;
3) nuqsonli valyuta tizimi – metallar iqtisodiy tizimda mavjud bo’ ladiyu, lekin
teng huquqlarga ega bo’ lmaydi. Odatda, davlat kumush valyutaning zarb qilinishi va
foydalanishiga cheklashlar kiritadi.
Faqat bir metallning amal qilishi tizimi sifatidagi
monometallizmda ham ayrim
o’ zgarishlar yuz berdi:
1) oltin tangali standart – to’ laqonli oltin valyutaning amal qilishi, unda
tovarlarning qiymati ham ushbu valyuta bilan hisoblanadi;
2) oltin yombili standart – oltin muomalada bulmaydi, lekin unga katta
miqdorlardagi (yombi miqdorida) almashinish amalga oshiriladi;
3) oltin valyutali (oltin devizli) standart – pullarning
almashinishi faqat oltin
yombili standartli mamlakatlarning valyutalariga amalga oshiriladi.
Valyuta tizimi - bu, mamlakatlar o’ rtasida valyuta munosabatlarini tashkil etish
shaklidir.
Valyuta tizimi - bu, xo’ jalik aloqalarini baynalmilallashuvi
asosida tarixan
shakllangan, valyuta amali bilan bog’ liq iqtisodiy munosabatlar yig’ indisidir.
Valyuta tizimining mohiyati, tashkil etilish shakllari va roli jamiyatning iqtisodiy
tizimi bilan belgilanadi.
Valyuta tizimi davlat, rezident va norezident shaxslarga tashqi iqtisodiy faoliyatni
amalga oshirish uchun sharoit yaratib beradi. Sub’ ktlarning ushbu faoliyati amalga
oshishida valyuta qonunchiligi alohida ahamiyat kasb etadi.
Maxsus adabiyotlarda valyuta tizimlarining 3 ko’ rinishi farqlanadi, ya’ ni milliy,
jahon va hududiy valyuta tizimlari.
Do'stlaringiz bilan baham: