Fan/modul kodi


Pul tizimining elementlari



Download 5,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/251
Sana07.05.2023
Hajmi5,52 Mb.
#936170
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   251
Bog'liq
PUL VA BANKLAR FANIDAN MAJMUA

Pul tizimining elementlari.
Zamonaviy pul tizimi quyidagi elementlarni uz ichiga oladi: pul birligi; valyuta 
kursini o’ rnatish qoidalari, baxolar masshtabi; pul ko’ rinishlari; emissiya tizimi; 
davlat yoki kredit apparati. 
Pul tizimining tarkibiy qkismi milliy valyuta tizimidir. 
Pul biriligi - konuniy tarzda urnatilgan pul belgisi bulib, barcha tovarlar baxosini 
uzaro solishtirish va ifodalash uchun xizmat kiladi. Kupincha pul biriligi mayda 
bulinuvchi kismlarga ajraladi. Kupchilik mamlakatlarda 
unlik
bulinish tizimi urnatilgan. 
Masalan, 1:10:100 (AKSh dollari 100 tsentga, 1 funt sterling - 100 pensga, 1 Indoneziya 
rupiyasi - 100 senga teng va x.k) 
Rasman baxolar masshtabi o’ zining iktisodiy ma’ nosini davlat monopolistik 
kapitalizmi rivojlanishi va kredit pullarni oltinga almashinishi to’ xtatilgandan so’ ng 
yo’ kotdi. 1976-1978 yilda o’ tkazilagan Yamayka valyuta isloxoti natijasida oltinning 
rasmiy narxi va pul birliklarning oltin tarkibi bekor qilindi. 
Qonuniy to’ lov vositasi bo’ lgan pul ko’ rinishlari - bular asosan bank kredit 
biletlari, qog’ oz pullar (xazina biletlari) va tangalardir. Masalan,AQSh da muomalada 
kuyidagi pullar mavjud: 100, 50, 20, 15, 5 va1 dollarlar, bank biletlari. Xazina 
biletlaridan tashkari 
;
kumush-mis va mis-nikel tangalar (50,20, 10, 5, 1 tsentli) 


chiqariladi Buyuk Britaniyada muomalada 50, 20, 10, 5, 1 f. st. banknotalar: 1 f. st., 50, 
10, 5, 2 pennli, 1 va 1/2 pensli tangalar amal qiladi. Yana eski 2 va 1 shilling tagalari 
yuritiladi, ular yangi 
10 va 5 pensga teng. Agar rivojlangan mamlakatlarda asosan bank biletlari 
chiqarilsa, qator rivojlanayotgan mamlakatlarda ko’ prok xazina biletlari chiqarish keng 
tarqalgan. Masalan, Indoneziyada 50, 25, 10, 5, 1 sen qiymatli, Xindistonda - 1 rupiya 
qiymatli xazina biletlari chiqariladi. 
Respublika hukumati tomonidan iqtisodiy mustaqillikka erishish borasida qat’ iy 
chora-tadbirlar amalga 
oshirildi. Bu, ayniqsa, iqtisodiyot tarkibini tubdan 
o’ zgartirishda, shu jumladan an’ anaviy sektorlarni zamonaviylashtirish va mamlakat 
ichida nisbatan yuqori darajadagi qo’ shilgan qiymat hosil qilishga qodir bo’ lgan yangi 
tarmoqlarni tashkil etishda yaqqol ko’ zga tashlandi. Mazkur chora-tadbirlar oxir-
oqibatda milliy pul tizimini shakllantirish va iqtisodiyotda islohotlarning navbatdagi 
bosqichini amalga oshirishning poydevori bo’ lib xizmat qildi. 
Yuzaga kelgan vaziyat va pul tizimi rivojining yuqorida ko’ rsatilgan variantlari 
tahlili asosida dastlab O’ zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 12 
noyabrdagi «O’ zbekiston Respublikasi hududida so’ m-kuponlarni muomalaga 
kiritishni joriy qilish to’ g’ risida»gi qaroriga muvofiq 1993 yil 15 noyabrdan boshlab 
oraliq valyuta sifatida «so’ m-kupon» 1 so’ m - 1 rubl nisbatda muomalaga kiritildi. 
1994 yilda milliy valyutaning muomalaga kiritilishi bank tizimi rivojlanishining 
birinchi bosqichini yakunladi va ikkinchi bosqichini boshlab berdi. Bu iqtisodiyotda 
amalga oshirilayotgan islohotlarda sifat jihatidan yangi bosqich boshlanganidan darak 
berardi. Bu davrda Markaziy bank asosiy e’ tiborni makroiqtisodiy barqarorlikni 
ta’ minlashga va shu asosda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiy o’ sish 
uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratdi. 
Shu paytdan boshlab, Markaziy bankning asosiy kuch va vositalari mustaqil pul-
kredit siyosatini ishlab chiqish va uni amalga oshirish, tijorat banklari faoliyatini tartib-
ga solish va nazorat qilish, samarali to’ lov tizimini yo’ lga qo’ yishga erishishga 
yo’ naltirildi. 
Bu davrda pul tizimining huquqiy bazasi mustahkamlanib, bank qonunchiligi 
takomillashtirildi. 1995 yili «O’ zbekiston Respublikasining Markaziy banki 
to’ g’ risida»gi Qonuni va 1996 yili O’ zbekiston Respublikasining «Banklar va bank 
faoliyati to’ g’ risida»gi Qonunining yangi tahrirda qabul qilinishi zamonaviy pul 


tizimini tashkil etilishini, tijorat banklarini xalqaro moliya bozorlariga chiqishini, aholi, 
korxonalar va xorijiy sarmoyadorlarning pul tizimiga bo’ lgan ishonchini 
mustahkamlanishini, barqaror iqtisodiy o’ sishni hamda xalq farovonligini oshirilishini 
ta’ minlashga qaratilgan istiqbollarni belgilab berdi. 

Download 5,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   251




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish