222
Markaziy bank tijorat banklariga bank operatsiyalarini amalga oshirish
uchun litsenziya berish yuzasidan qaror qabul qilishda asosiy omil bo‘ lib
quyidagilar hisoblanadi:
-
biznes rejaning maqbulligi;
-
kapitalning adekvatligi;
-
daromadlilikning kelgusi istiqbollari;
-
ko‘ zda tutilayotgan rahbaming malakasi va obro‘ -e’ tibori;
-
bankni ochish uchun taqdim etilgan hujjatlaming amaldagi qonunchilikka
muvofiqligi;
-
monopoliyaga qarshi choralar.
Dastlab tashkil etilayotgan banklaming ustav kapitalida bank-laming ishtirok
etishiga yo‘ l qo‘ yilmaydi, xorijiy kapital ishtirokidagi banklar va shu’ ba
banklami tashkil etish hollari bundan mustasno.
Tashkil etilayotgan bankning ustav kapitalida bir aksiyadoming ulushi
yigirma foizdan ortsa Markaziy bankdan oldindan rozilik olinishi lozim.Bir
aksiyador yoki o‘zaro bogTangan aksiyadorlar guruhining
tijorat banki ustav
kapitalidagi ulushi ustav kapitali umumiy miqdorining 25 foizidan ortiq boTishi
mumkin emas.
Yangidan tashkil etilayotgan tijorat banklarining muassislari moliyaviy
jihatdan barqaror bo’ lishlari lozim. Muassislaming moliyaviy barqarorligi
quyidagi omillar bilan belgilanadi:
•
balansning nolikvidligi;
•
toTovga qobiliyatsizlik yoki bankrotlik;
•
yuridik shaxs rasmiy ravishda bankrot deb eTon qilinishidan qat’ i
nazar
uning passivlari aktivlaridan oshib ketishi;
•
yuridik shaxs taqdim etgan shaxs zamr hoilarda ustav kapitalini oshira
olmasligini ko‘ rsatsa;
•
bankda mulk sotib olinishi ko‘ zda tutilishi natijasida bankka yoki uning
omonatchilariga moliyaviy xavf solinishi mumkinligini ko‘ rsatuvchi
boshqa hollar maTum boTsa.
223
Tijorat banklarini tashkil etishda barcha shaxslar ham ishtirok etishi
maqsadga muvofiq kelmaydi. Bunday shaxslar tarkibiga:
bankrotlikka uchragan yuridik
shaxsning sobiq rahbarlari, boshqamvi va
kuzatuv kengashi a’ zolari yoki yirik ishtirokchisi va yuridik shaxsning bankrotligi
ulaming harakatlari oqibatida yuzaga kelganligi faktlari ma'lum bolsa;
o‘ zining ishbilarmonlik va shaxsiy xattiharakatida ishlarni noto‘ g‘ ri
boshqarish va vijdonan yuritish mumkin emasligini namoyish qilgan shaxslar;
offshor hududlarda ro‘ yxatga olingan norezident yuridik shaxsiar;
davlat hokimiyati organlari, mahalliy boshqaruv organlari,
jamoat
birlashmalari, jamoat fondlari, byudjetdan tashqari fondlar, byudjet muassasalari
va tashkilotlari, agar boshqa holat qonunlarda ko‘ zda tutilmagan bo‘ lsa.
Yangidan tashkil etilayotgan tijorat bankiari quyidagi ta’ sis
hujjatlarini
Markaziy bankka taqdim etishi lozim:
a)
muassislar tomonidan imzolangan va ulaming muhrlari bilan tasdiqlangan
ta’ sis shartnomasi;
b)
muassis — aksiyadorlar yig‘ ilishi tomonidan tasdiqlangan va bank
Kengashi raisi tomonidan imzolangan bank ustavi;
d) ta'sis yig‘ ilishining bayoni. Bu hujjatda bankni tashkil etish, ustav kapitali
miqdori, ustav va biznes - rejani tasdiqlash, bank Kengashi, taftish komissiyasi va
boshqaruvini saylash to‘ g‘ risidagi qaror bo‘ lishi lozim.
Mustaqillikka erishgandan hozirgi kungacha boigan davrda turli mulk
shaklidagi qator banklar tashkil etildi, ulaming asosiy qismi mamlakatimiz moliya-
kredit bozorida samarali faoliyat yuritib kelmoqda.
Mamlakatimizda bozor munosabatlarining
takomillashuvi va iqtisodiy
islohotlaming chuqurlashuvi natijasida ulaming ayrimlarini maqomi o‘ zgartirildi,
ayrimlari boshqa banklarga qo‘ shilib yoki umuman faoliyatini to‘ xtatdi. 2018 yil
1 yanvar holatiga mamla-katimizda jami 28 ta tijorat banklari tashkil etilgan
bo‘ lib, ulaming uchtasi davlat banki, beshtasi xorijiy kapital ishtirokidagi
qo‘ shma banklar, 8
tasi xususiy banklar, qolganlari aksiyadorlik tijorat banklari
hisoblanadi.
224
Xulosa qilib aytganda, tijorat banklar iqtisodiyotning muhim moliyaviy
“ qon tomirlari”
hisoblanib, ularning faoliyatini tashkil etish va nazorat qilish
mamlakatning tegishli qonun va me’ yoriy hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
Mamlakatimizda bu boradagi jarayon doimiy ravishda rivojlanib va
takomillashib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: