17-mavzu. Tarbiyaning mazmuni va vazifasi. Reja



Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/40
Sana05.05.2023
Hajmi0,57 Mb.
#935497
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   40
Bog'liq
17-MAVZU

-Shirinso‘zlik-
muomala madaniyatining eng muhim ko‘rinishlaridan biridir. 
Har qanday jamiyatda, odam odamsiz yashay olmaganini ko‘z o‘ngimizda keltirsak, 
shirinso‘zlik naqadar zarurligini o‘z-o‘zidan ayon bo‘lib keladi.
Dag‘al, sovuq gapiradigan, og‘ziga yomon so‘z oladigan odamni madaniyatli 
deb bo‘lmaganidek, tildan bol tolib turgan shirinso‘z kishini ham madaniylik 
sharafidan mahrum qilib bo‘lmaydi. 
Goho odamlar muomalasida uchrab turadigan dag‘allik ta’bimizni ko‘p xira 
qiladi. ba’zilar bu dag‘allikni ko‘rib, sababiga tushunolmay, hayron bo‘ladilar. 
Ezginlik, ho‘rlik, yo‘qlik asabi bo‘sh odamlarda tajanglik tug‘dirar, muomalada 
pardani ko‘taradi. qorni och, usti yupun, huquqi poymol kishilar ba’zan o‘zlarini 
tutolmay boshqalarga tashlanar, og‘ziga kelganini bo‘g‘zidan qaytarmay o‘shqirar 
edi. Haq gapni aytganda, bunday ahvolga tushib qolganliklari uchun odamlarning 
o‘zlari emas, o‘sha zamon, o‘sha tuzum aybdordir. 
Agar odam odamga do‘st bo‘ladigan bo‘lsa, do‘st do‘stning jonini hech qachon 
og‘ritmaydi. Aksincha, do‘sti biron kayfiyat orasida bilmasdan dag‘allik qilib 
qo‘ysa, do‘st kishi dag‘allikka dag‘allik bilan javob bermaydi, balki o‘rtaga tushgan 
sovuqlikni yaxshi muomala bilan yo‘q qiladi. boshqacha qilib aytganda uni shirin 
so‘z bilan hovuridan tushiradi. SHoirimiz Tolib Yuldoshning aytganicha: 
Bir so‘z bilan har kishi o‘zligini ko‘tarar, 
So‘z gavharin ko‘pincha dono olar, ko‘rsatar.
4-o‘quv savoli. Jismoniy chiniqish va ruhiy tetiklik tarbiyasi.


Jimoniy tarbiya barcha tarbiya tizimlarining ajralmas bo‘lagi. Yuksak 
rivojlangan ishlab chiqarishga asoslangan hozirgi jamiyat uchun jismonan sog‘lom 
va baquvvat, mahsuldor mehnat qilishga qodir, har qanday qiyinchiliklarga chiday 
oladigan, Vatan mudofaasiga tayyor yosh avlod kerak. Aqliy va mehnat faoliyatida 
muvafaqqiyatga erishish uchun zarur sifatlarni tarkib toptirishda ham jismoniy 
tarbiyani o‘rni katta. 
Jismoniy tarbiyaning maqsadi-shaxsning tanasidagi barcha a’zolarni sog‘lom 
o‘sishini ta’minlash barobarida ularni aqliy va jismoniy mehnatga, shuningdek
Vatan mudofaasiga tayyorlash yotadi. Abdulla Avloniyning fikricha, sog‘lom fikr,
yaxshi axloq ilm ma’rifatga ega bo‘lmoq uchun badanni tarbiya qilish zarurdir. 
Ayniqsa sport inshoootlari qurilganligini (
«Olimpiya shon-sho‘hrati» muzeyi, 
«Jar» va boshqa shu kabi inshootlar
) alohida ta’kidlash lozim. SHu asnoda 
harbiylarni sportni sevish va bu bilan shug‘ullanishga undash kerak. 
O‘zbeklar qadim-qadimdan pahlavon, jasur, botir, qo‘rqmas xalq bo‘lganligi 
tarixdan ma’lum. Mustaqilligimizning o‘nikki yiligida nishonlanishi lozim bo‘lgan 
buyuk ma’naviy merosimiz bo‘lmish «Alpomish» dostonning 1000 yilligi, 
jaloliddin manguberdining 800 yilligi munosabati bilan har inson merosimizning 
tarixiy, ma’naviy ahamiyatini harbiylarimizga tushuntirishimiz lozim. 
Jismoniy 
tarbiya 
harbiylarga 
katta 
ta’sir 
ko‘rsatib,salomatligini 
mustahkamlaydi, ishlash qobiliyatini oshiradi, uzoq umr ko‘rishga yordam beradi. 
Sport-har qanday yoshda ham qaddi-qomatni tarbiya qilish, kuch-quvvatni saqlab 
turishning vositasi hisoblanadi. 
Jismoniy tarbiyaning vazifalarini hayotda qo‘yidagicha aks ettirishmiz 
mumkin: 

Salomatlikni mustahkamlash, jismonan to‘g‘ri rivojlanishga hamjihatlik 
qilish; 

Aqliy va jismoniy ishchanlik qobiliyatini oshirish; 

Tabiiy harakatga soluvchi sifatlarni rivojlantirish va takomillashtirish: 

Harakatlarning yangi turlarga o‘rgatish; 

Asosiy harakatga keltiruvchi sifatlarni (kuch, chaqqonlik, chidamlik va 
boshqalar) rivojlantirish; 

Gigienik malakalarni shakllantirish; 

Axloqiy sifatlarni tarbiyalash (botirlik, tirishqoqliq, qat’iyat, intizomlik
javobgarlik, jamoaizm va boshqalar); 

Jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam va izchil ravishda shug‘ullanish 
ehtiyojini shakllantirish; 

Sog‘lom, tetik bo‘lishiga, o‘ziga va atrofidagilariga quvonch baxsh 
etishga intilishni rivojlantirish. 
Barkamol avlodni jismoniy barkamolsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi, bu 
tarbiyaning bosh maqsadi jismonan chiniqqan, mard va sabotli, qat’iyatli va 
vatanparvarlarni kamol toptirishdir. Bu vazifalarni hal qilishda jismoniy tarbiya
aqliy, estetik va mehnat tarbiyalari bilan hamkorlik qiladi. 
Mashhur yunon donishmandi Aflotun baxt haqida so‘z yuritib: «Inson uchun 
birinchi baxt-uning sog‘lig‘i, ikkinchisi-go‘zallikidir» degan ekan. 


Insonning kuch va qobiliyatlarini tahlil etganda, u uchta narsaga bo‘linadi: 
birinchi-jismoniy, ikkinchi-aqliy, uchinchi-axloqiy. SHunga binoan insonning bu 
kuch-qobiliyatlarining taraqqiysi yuksalinishi ta’min etadigan tarbiya ham uch 
qismga ajaratiladi: badan tarbiyasi, aql tarbiyasi va axloqiy tarbiyaisidir. 
Qadimda xalqimizning badan tarbiyani 
riyozat
deb atashgan. Abu Ali Ibn Sino 
«Tibbiy doston» asarida riyozat-badan tarbiyasi haqida to‘xtalib, uning bir necha 
turlari bo‘lishi, bu jismoniy mashqlar bilan o‘rtacha shug‘ullanish sog‘liqqa foydali 
ekanligini bunday ta’riflaydi: 

Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish