Ona tili o‘qitish metodiкasi


«Ona tili o‘qitish metodikasi» fanining obyekti, predmeti



Download 5,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/232
Sana01.05.2023
Hajmi5,03 Kb.
#933800
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   232
Bog'liq
kurs ishi kitobi

«Ona tili o‘qitish metodikasi» fanining obyekti, predmeti
maqsadi va vazifalari. 
«Ona tili o‘qitish metodikasi» pedagogik 
sikldagi fan sifatida o‘zining ilmiy tadqiqot obyekti, predmeti, 
maqsadi va vazifalariga ega. 
Ona tili ta’limining samaradorligini oshirish, o‘quvchini ta’lim 
jarayonining subyektiga aylantirish, o‘quvchilarning egallagan bilim, 
ko‘nikma va malakalarini bilishning qulay yo‘llarini aniqlash, ona 
tilidan sinfdan tashqari ishlarni samarali tashkil etish singarilar bu 
fanning ilmiy tadqiqot obyekti bo‘lib sanaladi. 
«Ona tili o‘qitish metodikasi» fanining predmeti esa maktabda 
ona tili o‘qitish jarayonidir. Bu jarayon: 
a) ona tilidan o‘quvchilarga beriladigan zaruriy bilimlar silsilasi
b) shu bilimlarga muvofiq keladigan ko‘nikma va malakalar 
tizimi; 
v) ijodiy faoliyat usullari; 
g) o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatini o‘z ichiga qamrab oladi. 
Ona tilidan zaruriy bilimlar silsilasi bu bir-biriga uzviy bog‘liq 
bo‘lgan va o‘quvchilar egallashi zarur bo‘lgan til materiallari–
tushunchalar, qoidalar, ta’riflar, o‘quv topshiriqlarini o‘z ichiga 
qamrab oladi. 
Zaruriy malaka va ko‘nikmalar tizimi deganda egallangan 
bilimlarni amaliy faoliyatda qo‘llashga qaratilgan harakat va bu 
harakatlarning odatga aylanishi tushuniladi. 
Ijodiy faoliyat usullari til hodisalarini guruhlash, ularni qiyoslash 
asosida o‘xshash va farqli tomonlarini aniqlash, umumlashtirish va 
xulosalar chiqarish kabilarni o‘z ichiga qamrab oladi. 


19
O‘qituvchi faoliyati til materiallarini tanlash va uni o‘quvchiga 
berish usullaridan tortib, ularning o‘quv mehnatini tashkil etish, 
egallangan bilim, malaka va ko‘nikmalarni baholashga qadar bo‘lgan 
barcha jarayonlarni o‘z ichiga oladi. 
O‘quvchi faoliyati deyilganda egallangan bilimlarni ularga tanish 
va notanish sharoitlarda qo‘llash, shu asosda malaka va ko‘nikmalar 
hosil qilishga qaratilgan harakatlar yig‘indisi tushuniladi. 
Ona tili ta’limi jarayonida bilim oluvchi (o‘quvchi) va bilim 
beruvchi (o‘qituvchi) faoliyatlari o‘zaro qo‘shilib, bir butunlik hosil 
qiladi. 
«Ona tili o‘qitish metodikasi» fani o‘zbek filologiyasi bakalavr 
yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, 
o‘rta umumiy ta’lim (O‘UT) maktablarida «Ona tili» o‘quv fanidan 
dars beradigan o‘qituvchilarni tayyorlashni o‘z oldiga maqsad qilib 
qo‘yadi. 
К
urs bo‘lajak o‘qituvchilarni ona tili o‘qitish metodikasi 
bo‘yicha bazaviy bilim, malaka va ko‘nikmalar bilan qurollantirishni 
ko‘zlaydi. 
Oliy o‘quv yurtlarining yuqorida tilga olingan har ikki 
ixtisosligida «Ona tili o‘qitish metodikasi»ni o‘rganishning zaruriyati 
maktab ta’lim tizimida ona tili fanining tutgan o‘rni bilan belgilanadi. 
Modomiki, O‘UT tizimida «Ona tili» o‘quv fani sifatida asosiy va 
markaziy o‘rinni egallar ekan, o‘z-o‘zidan ravshanki, malakali ona tili 
o‘qituvchilarini tayyorlash hayotiy zaruriyatdir. 
«Ona tili o‘qitish metodikasi» kursi
 
quyidagi vazifalarni o‘z 
zimmasiga oladi: 

talabalarni ona tili o‘qitish metodikasining tarixi bilan 
tanishtirish; 

«Ona tili» dasturlari va darsliklarining tarixiy taraqqiyot yo‘li 
xususida ma’lumot berish; 

O‘zbekiston mustaqilligi sharoitida maktab ona tili ta’limining 
maqsadi, mazmuni va usulini yangilash bilan bog‘liq bo‘lgan 
masalalar yuzasidan bo‘lajak o‘qituvchilarni xabardor qilish; 

ona tili ta’limini o‘quvchilarda mustaqillik, ijodiy fikrlash, fikr 
mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og‘zaki va yozma shakllarda 


20
to‘g‘ri, ravon ifodalash ko‘nikmalarini shakllantirish va 
rivojlantirishga qarab burish imkoniyatlari bilan tanishtirish; 

ona tilining har bir sathi doirasida o‘quvchilarga beriladigan 
zaruriy bilim, egallanadigan malaka va ko‘nikmalar majmuasi bilan 
tanishtirish; 

o‘quvchini dars jarayonining subyektiga aylantiradigan eng 
qulay va samarali yo‘llaridan foydalanishga o‘rgatish; 

ona tilidan olingan bilim, hosil qilingan malaka va 
ko‘nikmalarning natijasini reyting tizimida baholash yo‘llarini 
o‘rgatish; 

ona tilidan sinfdan va maktabdan tashqari ishlar tizimi bilan 
tanishtirish. 

Download 5,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish