Ona tili o‘qitish metodiкasi



Download 5,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet163/232
Sana01.05.2023
Hajmi5,03 Kb.
#933800
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   232
Bog'liq
kurs ishi kitobi

Zukkolar bellashuvi
» tashkil 
etish mumkin. O‘quvchilarga ma’lum so‘zlar guruhi tavsiya etiladi va 
1-guruhdagi zukkolar shu so‘zlarni atov gap tarzida, 2-guruhdagi 
zukkolar esa shu so‘zni gapning bir bo‘lagi sifatida qo‘llab, gaplar 
tuzishadi. 
Namuna:
1-guruh: 
Bahor. 
Tong. 
2-guruh: 
O‘lkamizda bahor kezmoqda. 
Bug‘doy o‘rimi tong pallasida qizg‘in boshlandi. 


276
Hayot. 
Vatan! 
Hali murg‘ak yoshimdan hayot tashvishlarini his 
qildim. 
Har bir inson vatan tuyg‘usi bilangina baxtli yashaydi. 
«So‘z-gaplar» mavzusini o‘rganishda o‘quvchilar dialoglar tuzish
so‘z-gaplarni qatnashtirib gaplar tuzishga oid amaliy o‘yin-topshi-
riqlarni bajarishlari maqsadga muvofiqdir. Bunday bellashuvlarda 
o‘qituvchi qaysi mavzuda dialogik matn tuzish lozimligini aytadi. 
O‘quvchilar tomonidan tuziladigan matnlar «savol-javob», «savol-
savol», «xabar-xabar» qolipida bo‘lishi mumkin. O‘qituvchi 
tuziladigan matnning dialogik tarzda bo‘lishi lozimligini ham qayd 
qiladi. Masalan, «
К
utubxonada» mavzusida savol-javob qolipidagi 
quyidagicha matn tuzilishi mumkin. 
Namuna:
– Assalomu alaykum, Nazira opa. 
– Vaalaykum assalom, Tohirjon, keling. 
– Menga «Imlo lug‘ati» kerak edi. Qanday topsam bo‘ladi? 
– Bu kitob bizning fondimizda bor. Hozir topib beraman. Mana, 
marhamat «Imlo lug‘ati» kitobini oling. 
– Rahmat, sog‘ bo‘ling. 
– Xayr, yana kelib turing. 
Birinchi bellashayotgan guruh, asosan kutubxona mudirasi 
(mudiri) vazifasini bajarsa, 2-guruh kitobxon o‘quvchi sifatida ishtirok 
etadi. 
 Qo‘shma gap sintaksisini o‘qitish metodikasi
. 9-sinfda ona 
tilini o‘rganishga 68 soat vaqt ajratilgan bo‘lib, shundan 5 soati kirish 
va takrorlash, 4 soati qo‘shma gaplar tasnifi, 9 soati bog‘langan 
qo‘shma gaplar, 22 soati ergashgan qo‘shma gaplar, 6 soati 
bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar, 9 soati ko‘chirma gapli qo‘shma gaplar, 
11 soati nutq uslublari va ijodiy ishlarga, 2 soati esa takrorlash 
mashg‘ulotlarini o‘tkazishga ajratilgan. O‘qituvchi sharoitga qarab 
katta mavzularga ajratilgan soatlarni kamaytirishi yoki ko‘paytirishi 
mumkin. 


277
К
irish va takrorlash soatlari dunyo tillari orasida o‘zbek tilining 
o‘rni, tillar oilalari, turkiy tillarning asosiy guruhlari, o‘zbek tilining 
bu oiladagi o‘rni, sodda gap yuzasidan 8-sinfda egallangan bilimlarni 
takrorlash hamda qo‘shma gap sintaksisini o‘rganishga bag‘ishlanadi. 
Qo‘shma gap sintaksisini o‘rganish «Qo‘shma gaplar» mavzusini 
o‘rganish bilan boshlanadi. O‘quvchilar berilgan gap juftlarini sodda 
gaplar va qo‘shma gaplar kabi guruhlarga ajratish, qo‘shma gapning 
asosiy belgisini aniqlash orqali (gap tarkibida ikki va undan ortiq 
shakllangan kesimning mavjudligi) 5-sinfda o‘rganilgan bilimlarni 
xotirada tiklaydilar. 
Shundan so‘ng qo‘shma gapning bog‘lovchi vositalar asosida 
tasnifi beriladi. Ular berilgan matnni tahlil qilish, undagi gaplarni 
sodda gaplar va qo‘shma gaplarga ajratish orqali qo‘shma gaplarni 
ikki sodda gapli qo‘shma gaplar va ikkitadan ortiq sodda gapdan 
tuzilgan qo‘shma gaplarga ajratadilar. Matnni tahlil qilish natijasida 
«Agar qo‘shma gap ikki sodda gapdan iborat bo‘lsa, oddiy qo‘shma 
gap, uch va undan ortiq sodda gaplardan iborat bo‘lsa, murakkab 
qo‘shma gap sanaladi», degan xulosaga keladilar. 
Darsning keyingi bosqichlarida o‘sha berilgan matn yana qayta 
o‘qilib, undagi gaplarni teng bog‘lovchili qo‘shma gaplar va 
ergashtiruvchi bog‘lovchili qo‘shma gaplarga ajratish topshiriladi. Bu 
bilan o‘quvchilar 7-sinfda teng bog‘lovchilar va ergashtiruvchi 
bog‘lovchilar xususida olgan bilimlarini xotiralarida tiklaydilar va 
bog‘lovchilardan qaysilari qanday ma’no ifodalab kelayotganligini 
aniqlaydilar. 
«Qo‘shma gaplar» mavzusini o‘rganishda o‘quvchilarga qo‘shma 
gap tarkibiy qismlari orasidagi ma’noviy munosabatning 
ifodalanishiga ko‘ra: birin-ketinlik, sabab, o‘rin yoki payt, vaziyat, 
izohlash yoki qiyoslash; qo‘shma gap qismlari orasidagi funksional 
munosabatlariga ko‘ra: tenglik(biriktiruv, zidlov, ayiruv), tobelik(ega-
kesim, aniqlovchi-aniqlanmish, to‘ldiruvchi-to‘ldirilmish, hol-
hollanmish); qo‘shma gaplarning ifoda maqsadiga ko‘ra: darak, 
so‘roq, buyruq gaplar, qo‘shma gap turlarining ma’nodoshligi kabi 
mavzular ham tavsiya etiladi. 


278
Mazkur mavzu qo‘shma gaplarni ularning tarkibiy qismlarini 
bog‘lovchi vositalariga ko‘ra necha turga ajratish mumkinligi haqida 
umumlashma hosil qildirish bilan yakunlanadi. O‘quvchilar mustaqil 
ijodiy mushohada yuritish natijasida qo‘shma gaplarni ularning 
bog‘lanish vositalariga ko‘ra quyidagi besh turga ajratadilar: 
1. Teng bog‘lovchi bilan bog‘langan qo‘shma gaplar. 
2. Tobe bog‘lovchilar bilan bog‘langan qo‘shma gaplar. 
3. Yuklamalar bilan bog‘langan qo‘shma gaplar. 
4. Nisbiy so‘zlar bilan bog‘langan qo‘shma gaplar. 
5. Ohang bilan bog‘langan qo‘shma gaplar. Berilgan yangicha 
tasnif 

Download 5,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish